Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)


Mavzzu: Sanoatda hududiy klasterlarning vujudga kelishi


Download 209 Kb.
bet11/22
Sana06.04.2023
Hajmi209 Kb.
#1335232
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzzu: Sanoatda hududiy klasterlarning vujudga kelishi
Shu kunlarda, xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, mamlakatimiz poytaxtida esa elektronika va mebel bo‘yicha sanoat klasterlarini tashkil etish masalalari o‘rganilyapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri "O‘zeltexsanoat" uyushmasi ma’lumotiga asoslanib.
Ushbu hududiy klasterlar davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 12 avgust kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimizning 18 avgustdagi "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida ham Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat klasterlarini tashkil etish dasturini kiritish vazifasi topshirilgan edi.

Bu borada "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan "Elektrotexnika sanoati klasteri" konsepsiyasi ustida izchil ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. Klaster siyosati ― klaster tarkibiga kiruvchi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning shakllanishini ragʻbatlantiruvchi institutlarni rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan klasterlar va klaster tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat va jamoat chora-tadbirlari va mexanizmlari majmuidir.
Mamlakat yoki mintaqaning klaster siyosati uni amalga oshirishning taʼsiri va xatarlari nuqtai nazaridan optimallashtirilgan klaster tashabbuslari portfelini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar sifatida taqdim etilishi mumkin.
Davlat klaster siyosati, mintaqaviy klaster siyosati va tarmoq klaster siyosatiga boʻlinadi
Klaster siyosati odatda muayyan korxonalar yoki tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, anʼanaviy „sanoat siyosati“ning muqobili sifatida qaraladi.
Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasining klaster siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu masalada ijro etuvchi hokimiyat organlarini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini shakllantirish uchun javobgardir. Mintaqaviy darajada klaster siyosati Rossiya Federatsiyasining federal okruglari va sub’ektlarining strategiyasi doirasida shakllantiriladi va mintaqaviy ijro etuvchi hokimiyat organlari va klasterni rivojlantirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqlarda klaster siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar (Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Rossiya sanoat vazirligi va boshqalar) mas’uldir. 2010-yildan beri Rossiyada klasterni rivojlantirish markazlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari amalga oshirilmoqda. 2012-yilda Rossiya hukumati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan innovatsion hududiy klasterlar roʻyxatini tuzdi. Klaster yondashuvi davlat dasturlarini, federal okruglarning strategiyalarini, Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining strategiyalarini shakllantirishda qoʻllaniladi.



Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling