Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)


Mavzu: Mustaqillik davrida O'zbekiston demografik jarayondagi o'zgarishlar


Download 209 Kb.
bet12/22
Sana06.04.2023
Hajmi209 Kb.
#1335232
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzu: Mustaqillik davrida O'zbekiston demografik jarayondagi o'zgarishlar

Demografik rivojlanish tarixi


Bolalar Registonda suratga tushishmoqda. Oʻzbekiston aholisining toʻrtdan bir qismidan oshigʻi 14 yoshgachadir.
Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.
Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sugʻ'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari GerodotStrabonArrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar.
Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.
Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. oʻzbek va voha tojikla riga xos Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi toʻliq shakllanadi.
Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. 7-asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan.
8-asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.
911-asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan sodir boʻlgan etnik jarayonlar oʻzbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich boʻldi. Aynan shu davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -maʼnaviy umumiylik, etnik oʻzlikni anglash maʼlum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan oʻta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112-asr boshlarida oʻzbek xalqi shakllandi.
Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʻatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi.


Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling