Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)


Mavzu: Paxtachilik klasterining rivojlanishi


Download 209 Kb.
bet10/22
Sana06.04.2023
Hajmi209 Kb.
#1335232
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzu: Paxtachilik klasterining rivojlanishi
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan joylarda bosqichma-bosqich zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari parkini yaratish, sohani mexanizatsiya darajasini oshirish, yetishtirilgan hosilni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetishtirishda band bo‘lgan aholini sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga o‘tkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan qishloq xo‘jaligida ish samaradorligini oshirish maqsadida texnikalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash bo‘yicha jami qiymati 1 trillion 900 milliard so‘mlik 16 mingdan ziyod, shundan 2019 yilning o‘zida 1 trillion 200 milliard so‘mlik 14 mingga yaqin qishloq xo‘jalik texnikalari xarid qilindi.
Suv resurlaridan oqilona foydalanish, paxtachilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qarori ijrosi yuzasidan 13 ta paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 2753 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etildi. Natijada sug‘orish uchun suv sarfi 40-50 foizga, yonilg‘i-moylash mahsulotlari 30-35 foizga kamayib, mehnat unumdorligini 20-25 foizga oshirishga erishildi.
Klasterlar tomonidan mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi natijasida fermer xo‘jaliklariga talab qilinadigan me’yordagi o‘g‘itlar bilan ta’minlanishiga imkoniyat yaratildi. Jumladan, joriy yilda g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda sof holda azotli o‘g‘itlar 275 ming 85 tonna, fosforli o‘g‘itlar 85 ming 45 tonna va kaliyli o‘g‘itlar 33 ming 19 tonnaga ta’minlandi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 110 ming 259 tonna azotli, 26 ming 446 tonna fosforli va 13 ming 468 tonna kaliyli o‘g‘itlar “O‘zagrokimyohimoya” AJ korxonalaridan xarid qilindi va 7 ming 261 tonna azotli, 13 ming 340 tonna fosforli va 2 ming 52 tonna kaliyli o‘g‘itlar chetdan olib kelindi. Yuqorida ta’kidlanganidek, natijadan ko‘ngil to‘ladi. Bugungi kunga qadar paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2 million 36 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi, yilning o‘tgan 10 oyi davomida qiymati 2,3 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 13,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2020 yildan boshlab respublikamizda paxta xom ashyosi yetishtirish to‘liq klaster tizimida amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2020-2021 yillarda jami 4,8 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Klasterlarning o‘zlariga 125 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan bo‘lsa, 552 ming gektarda 16 mingta fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomalari asosida sanoat xom ashyosi yetishtirildi. Buning uchun klasterlarga qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 4 trillion 114 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, klasterlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 2,1 trillion so‘m yo‘naltirilib, paxta xom ashyosi yetishtirishga jami 6,2 trillion so‘m mablag‘ sarflandi.


Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling