Mavzu: O'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish Reja
Mustaqillik yillari respublikamizda bank tizimi
Download 54.74 Kb.
|
O\'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish
Mustaqillik yillari respublikamizda bank tizimi.
Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda ulkan yutuqlarga erishildi. Bularning barchasi Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan rivojlanishning “oʼzbek modeli”ga va zamonaviy davlatchilikni tashkil etish yoʼli va strategik tamoyillariga sodiqlik va 2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy oʼzgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarini kompleks amalga oshirilishi yalpi ichki mahsulotning 7,8 foiz oʼsishini taʼminladi. Bunday iqtisodiy oʼsish milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida zaruriy sifat oʼzgarishlari boʼlishiga olib keldi. 2016 yil natijalariga koʼra sanoat hajmi 6,6 foiz, pudrat qurilish ishlari 12,5 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,4 foiz, xizmatlar 12,5 foiz oʼsdi. Oʼzlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlar hajmi esa 11,3 foizga oʼsib, 3,7 milliard АQSh dollaridan koʼp boʼldi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning bunday yuqori barqaror surʼatlar bilan rivojlanishini taʼminlashda oʼz hisobida 27 ta tijorat banklarini saqlab turgan Oʼzbekiston bank tizimining hissasi benihoya kattadir. Tijorat banklarining eng muhim vazifalaridan biri bu mamlakat iqtisodiy rivojlanishida moliyaviy vositachi sifatidagi ishtiroki hisoblanadi. Bunda tijorat banklari oʼzlariga jalb qilingan barcha pul mablagʼlari(kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlari hamda iqtisodiy sohalar boʼyicha qayta taqsimlanishini taʼminlaydi. Tijorat banklarining likvidliligini va barqarorligini taʼminlash masalasining nazariy va amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi olimlar - D.MakNoton, D.Polfreman, J.Matuk, I.Noskova, K.Barltrop, O.Lavrushin, E. Dolanlarning ilmiy izlanishlarida oʼz aksini topgan [13,14]. Oʼzbekistonlik iqtisodchi olimlardan А.Vaxabov, T. Bobakulov, N.Jumaev, O.Sattarovlarning ilmiy izlanishlarida tijorat banklari barqarorligi va likvidliligini taʼminlash masalalarining nazariy va amaliy jihatlari oʼz ifodasini topgan. Banklar faoliyatini tadqiq etishda ularning likvidliligi bilan toʼlov qobiliyati hamda barqarorligi tushunchalari oʼrtasida qanday umumiylik va farqlar mavjud ekan, degan savol tugʼilishi tabiiy. Ushbu tushunchalarining oʼxshash jihatlari boʼlsa-da, ular oʼrtasidagi chegaraga aniqlik kiritish talab etiladi. Ushbu savollarga javob topish maqsadida biz, banklarning likvidliligi va toʼlov qobiliyati, barqarorligi borasida ayrim iqtisodchi olimlarning qarashlarini tahlil qilishga harakat qildik. Baʼzi mualliflar bank balansining“toʼlov qobiliyati” tushunchasiga uning kreditorlari oldidagi oʼz majburiyatlarini koʼrsatilgan muddatda va toʼliq hajmda bajara olish qobiliyati deb, “likvidlilik”ka esa, bankning pul shaklidagi majburiyatlarini oʼz muddatida bajara olishini taʼminlash qobiliyati, deb taʼrif berishgan. Mashhur amerikalik iqtisodchi P.Rouz bank mablagʼlarini oʼziga maqbul narxlarda hamda aynan shu mablagʼlar zarur boʼlganida jalb eta olsa bank likvidli hisoblanadi” deya izoh beradi. Umuman olganda, ular bank likvidliligini mablagʼlar jalb etish orqali taʼminlash mumkinligiga eʼtibor qaratganlar. Download 54.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling