Mavzu: O'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish Reja


Xorijlik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari


Download 54.74 Kb.
bet7/17
Sana21.04.2023
Hajmi54.74 Kb.
#1375987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
O\'zbekiston Republikasida banklarni xususiylashtirish va aksiyalshtirish orqali bank tizimini rivojlantirish

Xorijlik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari. АQShlik iqtisodchi olim, prof. J.Sinki banklar likvidliligini quyidagicha talqin etgan: bank likvidliligi, asosan, depozitlar va kreditlarga boʼlgan talabni qondirishga, layoqatli boʼlishlari uchun kerakligini bildiradi. Kutilmagan oʼzgarishlar bankka likvidlilik muammosini keltirib chiqaradi. Ushbu taʼrif esa, aksincha kengroq tarzda bank oldida turgan nafaqat depozitlar qolaversa, mijozlarning kreditlarga boʼlgan talabini qondirishni nazarda tutgan. Rossiyalik iqtisodchi olimlardan O.I.Lavrushin likvidlilik umumlashgan koʼrsatkichlardan biri boʼlib, bank faoliyati ishonchliligini koʼrsatadi. Bank likvidli hisoblanadi, agar u mijozlar oldidagi majburiyatlarini oʼz vaqtida va hech qanday yoʼqotishlarsiz bajara olsa. Ushbu taʼrifda iqtisodchi bank aktivlari likvidliligiga asosiy eʼtibor qaratgan. Аmalda bank doimo mavjud aktivlari hisobiga emas, balki banklararo kredit resurslari bozoridan resurs jalb etgan holda bajarishi mumkin.
G.N.Beloglazova esa, likvidlilik – bu bank sogʼlomligini koʼrsatuvchi indikator, bu borada muammolar paydo boʼlishi uning buzilganligini koʼrsatuvchi birinchi tashhisdir”, deydi. Ushbu iqtisodchi olim banklar likvidliligi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishini inobatga olgan holda fikr bildirgan. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligi banklarning aktivlari sifati, bank kapitalining yetarliligi darajasi va bank samarali faoliyati bilan baholanadi . Yana bir rus iqtisodchisi Jarkovskaya Ye.P. tijorat banki barqarorligi bu- uning barqaror kapitalga ega boʼlishi, likvidli balansi, toʼlov qobiliyati bor va bank kapitalining sifat darajasiga javob bera oladiga bankka aytiladi deb tushuntiradi. Boshqa bir rus iqtisodchisi bankning moliyaviy barqarorligi uning tasodifiy oʼzgarishlarga qarshi tura olishi, jismoniy va yuridik shaxslarning jamgʼarma va depozitlarini jalb qila olish qobiliyati, bank raqamlarini ochishi va yurita olishi, jalb qilingan mablagʼlarni oʼz nomidan doimiy ravishda joylashtirishi, yaʼni barcha bank xizmatlarini oʼz vaqtida amalga oshira olish qobiliyatidir deb fikr bildiradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bank likvidliligiga quyidagicha taʼrif berish mumkin: “bank likvidliligi – bu bankning joriy va kelajakdagi majburiyat va toʼlovlari, kredit boʼyicha mijozlar talabi bajarilishini oʼz vaqtida va miqdorda, aktivlarni hech qanday zarar koʼrmasdan naqd pullarga aylantirishi yoki maqbul narxlarda resurs sotib olish qobiliyatlari yigʼindisidir”. Koʼrib oʼtganimizdek tijorat banklarining barqarorligi koʼpgina iqtisodiy adabiyotlarda uning iqtisodiyotdagi oʼzgarishlarga bardoshliligi, boʼlib oʼtayotgan turli sinovlarga qaramay oʼzgarmasligi (mustahkamlik, bir xilda turishi) tushuniladi. Shunga koʼra “bank barqarorligi” tushunchasi esa mamlakatda sodir boʼlayotgan turli salbiy va boshqa omillar natijasiga qaramay bank tizimi faoliyatini bir maromda ishlay olish qobiliyati deb tushuntirish mumkin degan fikrga kelish mumkin.




  1. Download 54.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling