Mavzu: O’zbekiston Respublikasi fiskal siyosatining o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.52 Mb.
bet1/5
Sana18.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1282993
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1506694095 66954

Organizmlarning turli jismoniy yuklamalarga adaptatsiyasi va zahira qobiliyatlari

Reja:

  • Kirish
  • Adaptatsiya haqida tushuncha
  • Adaptatsiyaning fiziologik va biokimyoviy asoslari
  • Jismoniy yuklamalar va ularning adaptatsiyasi
  •  Organizmning zahira qobiliyatlari
  • Xulosa

Mavzunning dolzarbligi

  • O’quvchi va talabalar ongida adaptatsiya va uning ahamiyatini yaxshiroq shakllantirish, yuklamalar va zahira qobiliyatlarining insonlar organizmida qanday darajada ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish mavzuning dolzarb tomoni hisoblanadi. Bunda jismoniy tarbiya va spor bilan muntazam shug’ullanish esa yuqoridagi kuch va sifatlarning samarasini oshirishda xizmat qiladi. Ayniqsa bugungi kunni hisobga olib aytadigan bo’lsak sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishga doir tushunchalar dastlab oiladan berilmog’i lozim. Ma’sul pedagog xodimlar esa oilada olgan ko’nikmalar asosida yoshlarning yuklamalarga adaptatsiyasini va zahira qobiliyatlarining oshishini ta’minlash sirlarini yosh avlodga o’rgatib kelmoqdalar. Bizning vazifamiz esa mana shu bilimlar asosida ilmiy yangiliklar olib borish va aynan moslashishning ortib borish sirlarini o’sib kelayotgan yosh kadrlarga tushuntirib borishdir.

Ishning maqsad va vazifalari:

  • Organizmlarning turli jismoniy yuklamalarga adaptatsiyasi va zahira qobiliyatlari mavzusini yoritib berishda :
  • Adaptatsiya haqida tushuncha
  • Adaptatsiyaning fiziologik va biokimyoviy asoslari
  • Jismoniy yuklamalar va ularning adaptatsiyasi
  • Organizmning zahira qobiliyatlari

1-reja

  • Adaptatsiya- muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga organizmning moslashish jarayonidir. Adaptatsiya- xalqaro atama bo’lib, organizmning tabiatga, ishlab chiqarishga, ijtimoiy sharoitlarga moslashishini bildiradi. Adaptatsiya hujayra, organ sitsema va organizmdagi orttirilgan moslashish faoliyatining hamma turlarini o’z ichiga oladi. Adaptatsiya adekvat bo’lmagan muhit sharoitlarida gomeostaz turg’unligini saqlaydi, ish qobiliyatini, hayotning maksimal muddatini va ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Lekin hamma kishilar ham muhitning aynan sharoitlariga va bir xilda to’liq adaptatsiya qila olmaydi, bunda kishining jinsi, yoshi, nerv sitsemasining turi, salomatlik darajasi, jismoniy chiniqqanligi muhim ahamiyatga ega.
  • Adaptatsiya ikkiga bo’linadi: tezlik bilan yuzaga keladigan (takomillashmagan) va uzoq muddatda (takomillashgan) yuzaga keladigan adaptatsiya.
  • Ko’pchilik adaptatsiyalarning rivojlanishida ikki bosqich kuzatiladi: boshlangich - “shoshilinch” adaptatsiya va keyingi “uzoq muddatli“ adaptatsiya.
  • Markaziy Osiyo hududida yuqori haroratga moslashishning ahamiyati katta. Yuqori harorat organizmga muntazam ravishda ta’sir qila boshlaganda shoshilinch ravishda ishga solinadigan reaktsiyalar sodir bo’ladi.
  • Adaptatsiya- yashash sharoitlariga moslashish tirik materiyaning eng asosiy xossalaridan biridir. Bola tug’ilishidan boshlab, bexosdan butunlay boshqacha sharoitga tushib qoladi va barcha a’zolar va tizimlar faoliyatini unga moslashtirishga majbur bo’ladi. Molekulyar, hujayra, a’zolar va tizimlar darajasida yuzaga chiqadigan o’zgarishlar adaptatsiyaning asosini tashkil qiladi. Organizm iqlim-geografik, ishlab chiqarish va ijtimoiy sharoitlarga moslashadi.
  • Tirik organizmlar moslashuv xulq-atvorining uch tipini ajratish mumkin: noqulay ta’sirlagichdan ko’chish (masalan, sovuq ta’sirida ba’zi hayvonlarning inlarida yashirinishi), unga nofaol moslashishi (poykiloterm xayvonlarda tana harorati pasayishi va mavsumiy uyqu ) va adaptatsiya reaktsiyalari orqali faol qarshilik ko’rsatish — maxsus va nomaxsus adaptatsiya mexanizmlarini ishga solishi.
  • Organizmning nomaxsus, umuman moslashishi ichki muhit barqarorligini saqlashga qaratilgan. Birinchi galda yuqori reaktivlikka ega tizimlar (nafas, qon aylanishi ) faollashadi. Organizm energiya manbalari safarbar etilib, metabolizm o’zgaradi, plastik jamg’armalarni ferment faollikka ega bo’lgan oqsillar va tuzilma oqsillari sinteziga sarflanishini tezlashtiradi, organizmning o’z-o’zini himoya qilish imkoniyatlarini oshiradi.
  • Ko’rsatilgan umumiyliklardan tashqari har bir muayyan omilga maxsus moslashishning o’ziga hos xususiyatlari bor.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling