Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning


O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tarkibiy tuzilishi


Download 171.56 Kb.
bet2/7
Sana17.02.2023
Hajmi171.56 Kb.
#1205244
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va uning moliyaviy nazoratni tashkil etishdagi o’rni

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tarkibiy tuzilishi


O‘zbekiston Repsublikasi Hisob Palatasining tarkibiy tuzilishi mamlakat Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan belgilanib, 2017 yilda yangidan tasdiqlangan nizomda ushbu organning
shtat birligi belgilab berildi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlarining cheklangan soni 70 nafarni tashkil etmoqda20.
Hisob palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan hamda keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi.
Hisob palatasining raisi:

  • Hisob palatasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning ishini tashkil etadi;

  • Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshirishlar tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

  • Hisob palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

  • Hisob palatasi faoliyatiga tegishli masalalarni ko‘rib chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va uning qo‘mitalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida qatnashadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy majlisi palatalariga Hisob palatasining faoliyati bo‘yicha yillik hisobotlarni taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Hisob palatasining, shu jumladan Davlat budjetiga tushumlarni to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida tizimli ravishda ma’lumot berib boradi;

  • berilgan vakolatlari doirasida boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

O‘z navbatida Hisob Palatasi raisiga 2 ta o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish sho‘‘basi (12 ta shtat birligi) bo‘ysunadi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish Inspeksiyasi boshlig‘i hisoblanadi. Inspeksiya o‘z tarkibiga Qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash axborot-tahlil sho‘‘basi (10 ta shtat birligi) hamda Soliq, moliya organlari va soliq to‘lovchilar bilan ishlash sho‘‘basini (30 ta shtat birligi) oladi.
Inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. Inspeksiya boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi21:



20 Izoh: dastlab tashkil etilganda 9 nafar, keyinchalik 20 ta shatat birligi mavjud bo‘lgan

  • soliq solish tizimi, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini tahlil qilish va baholash asosida budjet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash;

  • soliqlar turlari va hududlar kesimida soliq va bojxona to‘lovlarining yig‘iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, uning tarmoq va hududlar kesimida pasayishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning oqibatlarini aniqlash;

  • hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va soliq to‘lash salohiyatini hisobga olgan holda Davlat budjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash;

  • soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, manzilli yo‘nalishlar va nazorat dasturlarini, shu jumladan soliq va boshqa moliya organlarining axborot tizimlari ma’lumotlarini tahlil va monitoring qilish asosida shakllantirish;

  • davlat organlari va tashkilotlarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarining

ishonchliligini baholash;

  • daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligi va soliq to‘lovchilarhisobining to‘liqligini ta’minlashda moliya va soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama ko‘maklashish choralarini ko‘rish.

Hisob palatasi raisi yana bir o‘rinbosariga Budjet tizimi budjetlarining shakllantirilishi va xarajat qismining ijro etilishini nazorat qilish sho‘‘basi(10 shatat birligi) va Pul-kredit va valyuta siyosati sho‘‘basi (5 shatat birligi) bo‘ysunadi.
Hisob palatasi raisiga zarur hollarda Hisob palatasining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilgan.



  1. Download 171.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling