Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Reja


Download 39.99 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi39.99 Kb.
#1818448
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi




Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil topishi
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining vazifalari
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining asosiy fumksiya va huquq

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PF–269-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan.


Vazirlik tarmoqlararo o‘zaro bog‘liqlik va muvozanatni inobatga olgan holda mamlakatni o‘rta va uzoq muddatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, budjet, soliq va bojxona-tarif sohalarida, shuningdek, moliya bozori, sug‘urta, fuqarolarning pensiya ta’minoti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida, budjet tashkilotlari va budjet oluvchilarni moliyalashtirish, monopolist korxonalarning tovar va xizmatlari uchun narx belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining strategik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlariga erishishni ta’minlash funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, Vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
Vazirlikning rasmiy nomi:
a)davlat tilida: to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
qisqartmasi–Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
b) rus tilida: to‘liq nomi – Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан, qisqartmasi–Минэкономфин;
d) ingliz tilida: to‘liq nomi – Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi–MEF.
Vazirlikning joylashgan joyi:
Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi,
45a-uy, Istiqlol ko‘chasi 29-uy, 100017.
Vazirlik tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Soliq qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
G’aznachilik xizmati qo‘mitasi
Kadastr agentligi
Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi
Budejtdan tashqari pensiya jamg‘armasi
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti
«Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazi» DUK
«Fond bozorining axborot resurs markazi» DUK
Moliya-iqtisod sohasi xodimlari malakasini oshirish markazi
«Axborot texnologiyalari markazi» DUK
Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi
Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi
Budjet-soliq ilmiy-tadqiqotlar instituti
Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda tashkil etilgan loyihalarni muvofiqlashtirish guruhlari
Faoliyatning me’yoriy-huquqiy asoslari
Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Asosiy funksiya va huquqlari
Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-budjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi.
Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi
Qashqadaryo viloyat mahalliy budjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.
Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatigan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi
Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;
Budjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi ustidan nazorat olib boradi;
Berilgan vakolati doirasida budjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik subyektlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi.
Prezident farmoni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ilgari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lgan vakolatlar berildi. Endi vazirlik davlat sanoat siyosati uchun mas’ul bo‘ladi, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini qaytarib oladi.
Кириллчада На русском языке13 oktabr 2023, 11:05 Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, davlat sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha vazifa va funksiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuklandi. Oldin bu uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mas’ul edi. Mazkur vazirlik mahalliy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, mahalliylashtirish va sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha vakolatlarini saqlab qoladi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:


yagona sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;


hududlarning tabiiy xomashyo, mehnat resurslarini va “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan yo‘nalishlarni belgilash va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
sanoatning bazaviy tarmoqlari, jumladan neft-gaz, energetika, kimyo, tog‘-kon, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish, diversifikatsiya qilish hamda ularni isloh qilish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish;
resurslarning tarmoqlararo va hududlar bo‘yicha mutanosib ravishda taqsimlanishini hamda infratuzilmaning o‘zaro muvozanatlashgan rivojlanishini ta’minlash;
tegishli vazirliklar bilan birgalikda energiya resurslari, qimmatbaho va rangli metallar, boshqa strategik resurslarni ishlab chiqarish, ularning iste’mol balansini shakllantirish va monitoring qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish;
sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda operatsion samaradorlikni oshirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
muhim sanoat mahsulotlari bo‘yicha bozor kon’yunkturasini o‘rganish asosida tegishli mahsulotlar bilan ichki bozor talabini qondirish va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish hamda sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va choralar ishlab chiqish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga sanoatni rivojlantirish bo‘yicha berilayotgan vakolatlarni inobatga olgan holda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov endilikda global iqtisodiy-moliyaviy vaziyatni va bozor kon’yunkturasini tahlil qilish asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarga ta’siri bo‘yicha xatarlarni baholash hamda ularning salbiy ta’sirini yumshatish va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirishga, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soha, tarmoq va hududlar kesimida manzilli prognoz parametrlarini shakllantirish uchun ham javobgar bo‘ladi.


Vazir o‘rinbosari Bobur Xodjayevga quyidagi vazifalar yuklandi:


sanoat siyosatini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini tashkil etishga mas’ul etib belgilagan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarma va bo‘linmalarining sanoatni rivojlantirish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;


yirik tarmoq korxonalari va hududlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini monitoring qilish hamda prognoz ko‘rsatkichlariga erishishda mavjud xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib borish;
bazaviy sanoat tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish, ularda mahsulot va xizmat tannarxini pasaytirish, moliyaviy barqarorligini va operatsion samaradorligini oshirish;
Energetika vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini isloh qilish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida tarif siyosatini tahlil qilish va takomillashtirish choralarini ko‘rish;
Vazir o‘rinbosari Aziz Boboyevga hududlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, sanoat zonalari va yangi ishga tushiriladigan yirik korxonalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish va ularni moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi topshirildi.

2023-yil iyul oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkazilgan “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK oradan uch oy ham o‘tmay yana Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarilmoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparatining 45 ta shtat birligi ham Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazilayotgani hisobiga qisqarmoqda.


Viloyat, shahar va tumanlarning iqtisodiyot va moliya boshqarmalari va bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning resurslar bilan ta’minlanganini tahlil qilish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi. Mazkur yig‘ma bo‘limlar shtat birliklarini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida tegishli shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligida xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Sanoat siyosatini amalga oshirish va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun, istisno tariqasida, xalqaro konsalting kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi.
Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta ichida mazkur farmondan kelib chiqqan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatini qayta tashkil etish yuzasidan prezident farmoni loyihasini kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.
Avgust oyi boshida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytgan Sherzod Kudbiyev o‘rniga iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlangandi. Ikki hafta o‘tgach, Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasi rahbari lavozimini tugatdi (Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi) va Prezident administratsiyasi tuzilmasidagi o‘zgartirishlarni tasdiqladi.
Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ilgari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lgan vakolatlar berildi. Endi vazirlik davlat sanoat siyosati uchun masʼul bo‘ladi. Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (IMV) beriladi.
IMV tomonidan sanoatni rivojlantirish bo‘yicha berilgan vakolatlarni hisobga olgan holda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.
Vazir birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov endilikda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun global iqtisodiy-moliyaviy vaziyat hamda bozor konyunkturasi xavfini baholashga ham masʼul bo‘ladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Bobur Xo‘jayevga Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarmalari va bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, sanoat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish uchun masʼul bo‘ladi. Endilikda u yirik sanoat korxonalarida va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini monitoring qilish hamda prognoz ko‘rsatkichlariga erishishda mavjud risklarni aniqlaydi va bartaraf etadi.
Shuningdek, Bobur Xo‘jayevga korxonalarni bazaviy tarmoqlarga aylantirish, mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirish, ularning moliyaviy barqarorligi va faoliyat samaradorligini oshirish bilad band bo’ladi. Bundan tashqari, Energetika vazirligi bilan birgalikda — elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini isloh qilish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida tarif siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tahlil qilish va qabul qilish unga yuklatilgan.
Vazir o‘rinbosari Adiz Boboyev hududlarni sanoat rivojlanishi bo‘yicha ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u sanoat zonalari va yangi tashkil etilayotgan yirik korxonalarning infratuzilma taʼminoti holatini tahlil qilishga, ularni moliyalashtirishni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.
IMV tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda sanoat siyosatini amalga oshirish va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha byurosini tashkil etish rejalashtirilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil “13” martdagi 26-son buyrug‘iga 4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi to‘g‘risida VAQTINCHALIK NIZOM

  2. Wikipedia.uz

  3. Kun.uz

Download 39.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling