o`zbekiston respublikasi iqtisodiy geografik o`rni
O'zbekiston Respublikasining hududi 448.9 ming kv.km.dir. U maydonining kattaligi bo'yicha jahondagi 165 dan ortiq mamlakatdan oldinda turadi . Poytaxti Toshkent shahri . Hozirda O'zbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 ta viloyat - Andijon , Buxoro , Jizzax , Navoiy , Namangan , Samarqand , Sirdaryo , Toshkent , Farg'ona , Qashqadaryo va Xorazm viloyatlariga ajratilgan .
Viloyatlar har birining maydoni 4 ming kv.km.dan 111 ming kv.km.gacha kattalikka ega . Aholisining soni esa 650 ming kishidan 2.6 mln. kishiga qadar etadi.
Mamlakatimiz viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi tarkibida 8 tadan 16 tagacha qishloq rayonlari bo'lib , ularning umumiy soni respublikada 163 taga teng . Shaharlar maqomiga ko'ra : Respublikaga bo'ysunuvchi , viloyatga bo'ysunuvchi , tumanga bo'sunuvchi va nihayat shahar kengashiga bo'ysunuvchi shaharchadan iborat bo'ladi .
Bu iqtisodiy rayonda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati joylashgan .
Astimizning o’rtasiga qadar bu iqtisodiy rayon sobiq Ittifoqning sanoatlashgan qismlaridan ajralib qolgan va ot-arava hamda kema transporti vositasi bilangina aloqa qilinadigan chekka o’lka edi .
1955- yilda Chorjo’y – Qo’ng’irot , 1970 – yilda esa Qo’ng’irot - Makat temir yo’li ishga tushirilgach , Rossiya Federatsiyasi markaziy viloyatlari bilan aloqa tubdan yaxshilandi . Avtomibil va havo yo’llarining ochilishi bilan iqtisodiy rayonning iqtisodiy –geografik o’rni yanada yaxshilandi .
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining kattagina qismi tekislikdan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: |