Mavzu: o`zbekiston respublikasi mustaqil taraqqiyot yo`lida Reja


o`zbekiston respublikasi aholisi, qishloq xo`jaligi va transporti


Download 19.36 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi19.36 Kb.
#249855
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu o`zbekiston respublikasi mustaqil taraqqiyot yo`lida Reja

o`zbekiston respublikasi aholisi, qishloq xo`jaligi va transporti

Aholi - mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va iste'mol qiluvchidir . Taraqqiyot aholi soniga , mehnatga yaroqli kishilar miqdoriga va ularning hudud bo'ylab qanday joylashganligiga bog'liqdir .

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 25 mln.dan ortiq kishi yashaydi . O'zbekiston aholi soni bo'yicha Osiyoda 14 , jahonda esa 38- o'rinda turadi . Aholi soni o'zgarib turadi . Aholi , asosan , o'lganlar soniga nisbatan , tug'ilganlar soniga ortiqligi hisobiga doimo ko'payib turadi . Bunday ko'payish aholining mutlaq tabiiy ko'payishi deyiladi . O'zbekistonda mutlaq tabiiy ko'payish yiliga taxminan yarim mln. kishini tashkil etadi .

Aholining soni odamlarning doimiy yashash joyidan boshqa joylarga ko'chib borishi natijasida ham o'zgaradi . Aholi sonining bunday o'zgarishi mexanik o'zgarish , aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko'chib borishi esa migratsiya deyiladi .

O'zbekiston aholisining yuqori sur'atlarda ko'payishi qator omillar bilan belgilanadi . Tug'ilishning yuqoriligi , o'limning nisbatan pasaygani , nikohning ko'p ajralishning kamligi , respublikalararo migratsiya va boshqalar shu omillar jumlasiga kiradi .

Jumladan , O’zbekistonda yashayotgan ukrain , rus , nemis , yahudiy ,qrim tatar , mesxeti turklari millatiga mansub xalqlar o’z vatanlariga qaytayotgan bo’lsalar , xorijda yashayotgan o’zbeklar , tojiklar , qoraqalpoqlar O’zbekistonda yashashni ixtiyor qilmoqdalar .

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoning obikor erlari qadimdan aholi zich yashab kelgan vohalardandir . Uning asosiy aholisi o’zbeklar va qoraqalpoqlardir . Shu bilan birga unda ruslar , koreyslar , tatarlar , qozoqlar va turkmanlar yashaydi .

O’zbeklar Xorazm vohasida qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan . Qoraqalpoqlar asosan Qoraqalpog’iston Respublikasida yashaydi . Ilgari Amudaryoning har ikki sohilidagi qoraqalpoq;lar xalqi bir-biridan ajragan holda ikki ma’muriy hududda yashar edi . Qoraqalpoq xalqi birlashib , o’z

respublikasini barpo qildi . Bu hol qoraqalpo xalqining xo’jaligi va madaniyatining har tomonlama o’sishiga yordam bermoqda .

Aholi iqtisodiy rayon hududida notekis joylashgan . Xorazm viloyatida aholining o’rtacha zichligi har kv. km. ga 165 kishi to’g’ri kelgani holda Qoraqalpog’iston Respublikasida 8,5 kishi to’g’ri keladi .


Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling