- Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar standartlashtirish xizmatini tashkil etadi.
- Quyidagi idoralar standartlashtirish ishlarining tashkil etilishini va olib borilishini ta’minlaydilar:
- – tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha –O‘zstandart agentligi;
- – qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruktsiyalash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi;
- – tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof – muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta‘sirotlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha – O‘zbekistonda Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi;
- – tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni vazirliklar, texnikaviy qumitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bo‘yicha TJTSagentligi amalga oshiradi.
Standartlashtirish davlat tizimi - Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
- – atamalarni standartlashtirish;
- – o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga hamda mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
- – mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
- Standartlashtirish sohasidagi atamalarni to’plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma‘lumotlarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojat etildi.
- Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo’lib, ularning mohiyati ketma – ketligi bo’yicha ma‘lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O’z RST I. IO. 93 “O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta‘riflar” standarti yaratildi.
- Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST I. 0 – 92, O‘z RST I. I – 92, O‘z RST I. 2 – 92, O‘z RST I. 3 – 92 va boshqalar kiradi.
- O‘z RST 1.0 – 92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar» standarti standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun – qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
- O‘zbekiston Davlat standarlashtirish tizimi (O‘z DST)
- O’zbekiston Davlat standartlari
- Rahbariy hujjatlar Tavsiyanomalar
- Ma‘muriy- hududiy standartlar
- Yevroosiyo Davlvatlararo kengash (YeOVK)
- TJTS Agentligi Hokimiyatlar
- Iqtisod
- tarmoqlari
- Korxonalar
- TJTS Agentligi Iqtisod tarmoqlari
- O’zstandart Agent-ligi O’z arxi.qur. qo’m, Tab Ekol va atrof m h q, Sog’liqni saqlash vazirligi
- Tashkiliy-uslubiy standartlar
- Nazorat usullari (sinov va o’lchashlar, analiz qilish) standartlari
Do'stlaringiz bilan baham: |