Mavzu: o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari


-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish


Download 71.92 Kb.
bet32/37
Sana30.08.2023
Hajmi71.92 Kb.
#1671412
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
talim tugrisida qonun

59-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish jarayonidan o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizom.
61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida qo‘yiladi.
Apostilga qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 71.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling