Mavzu: o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari


-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik


Download 71.92 Kb.
bet35/37
Sana30.08.2023
Hajmi71.92 Kb.
#1671412
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
talim tugrisida qonun

10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;
talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar.
(67-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(68-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;
pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 71.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling