Mavzu: O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish kirish


Download 338.5 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi338.5 Kb.
#1628969
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish






Mavzu: O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish

KIRISH
1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar.
2. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish.
3. Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari.
Xulosa
Foydanalingan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan buxgalteriya hisobi tizimi ham isloh qilishni boshladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7 –fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo’lib hisoblanadi 1 .
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqazo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.
Respublika buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi oldidagi eng muhim vazifalardan biri – bu buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish tartibini imkon qadar xalqaro talablar darajasiga muvofiqlashtirib borishdan iboratdir. Chunki, xohlaymizmi, yo’qmi biz jahon globallashuv jarayoni davrida yashamoqdamiz, o’z navbatida buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda “biznes tili” sifatida tan olingan.
Men ushbu kurs ishimda shuni yoritib bermoqchimanki, respublikamizda buxgalteriyani tartibga solish bo’yicha chora – tadbirlar, qonun xujjatlar, farmoyishlar, buxgalteriya hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish bo’yicha ishlar, iqtisodiyotimizga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullarini yoritib beraman.


Download 338.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling