Mavzu: O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti g’azna ijrosini joriy etilishi


Download 0.95 Mb.
Sana15.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1776930
Bog'liq
murod gazma 4


MAVZU: O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti g’azna ijrosini joriy etilishi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida byudjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda amalga oshirildi.
− 2005 yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi.
− 2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat byudjetining g’azna ijrosi elementlari joriy etildi.
− 2007 yilda Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
− 2009 yilda davlat byudjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli jamg’armalarining ijrosi G’aznachilikka qamrab olindi.
− 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’ris`ida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi.
− 2014 yildan Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada mustahkamladi.
− 2016 yilda respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, 2004-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g'azna ijrosi to‘g‘risida”gi 664-11-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda ko'rsatilishicha, “Davlat budjetining g'azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g'azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to 'lashdan iborat”
Davlat budjeti g'azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g'azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat budjeti g'azna ijrosi deganda davlat budjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va boshqa budjetdan tashqari fondlarning mablag'lari to'planadigan, ushbu mablag'lar doirasida aniq belgilangan yo'nalishlar bo'yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g'azna hisobraqami orqali davlat budjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi. Davlat budjeti g'azna ijrosiga o'tishgacha bo'lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:
  • budjet tushumlarini taqsimlash;
  • - tegishli budjetlarda jamlangan mablag'lami budjetdan mablag' oluvchilaming ularga xizmat ko'rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamiariga o'tkazish.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling