Mavzu: O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun beriladigan xuquqlar. Reja


 O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari


Download 54.19 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi54.19 Kb.
#1416153
1   2   3
Bog'liq
Maratova M. Iqtisodiyot

2. O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari
O’zbekistonda xorijiy investisiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investisiyalarni jalb etish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:
-O’zbekiston Respublikasining «Investisiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni, 4.12.1998 y.;
-O’zbekiston Respublikasining «Chet el investisiyalari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O’zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investisiya dasturi to’g’risida»gi Qarori, 28.10.2009 y.;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, 11.04.2005 y.
O’zbekiston Respublikasining "Chet el investisiyalari to’g’risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’grisida", "Investisiya faoliyati to’g’risida"gi Qonunlari xorijiy investisiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investisiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg’otmoqda.
Ma’lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o’z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko’ra, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo’li bilan amalga oshiradilar. O’z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to’g’risida"gi Qonunning 33-moddasi va "Chet el investisiyalari to’g’risida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. Yangi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o’zgartishlar kiritildi. Endilikda nafaqat chet ellik investorlar, ayni chog’da, ustav fondida chet el investisiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo’yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to’g’risida"gi Qonunning 33-moddasida va "Chet el investisiyalari to’g’risida"gi Qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investisiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investisiyalari ishtirokidagi qo’shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo’ldi. Yangi qonunda ko’zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Xususan, aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o’rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlarni keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investisiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan qonunlar muhim o’rin tutadi. Vaqt o’tishi bilan iqgisodiy o’sishning jadal borishini ta’minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investisiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati obyektiv ravishda paydo bo’ldi. Xorijiy investisiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo’lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o’rganishga asoslanadi. Buning uchun, bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq loyihalarni amalga oshirish zarur bo’ladi; ikkinchi tomondan, ichki investisiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investisiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investisiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo’lmagan puldagi operasiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning boshlanish davridan chet el investisiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investisiyalarni jalb qilish bo’yicha huquqiy baza yaratildi, investisiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada «Valyutani tartibga solish» to’g’risidagi qonun qabul qilindi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko’rib chiqildi, va uning milliy valyutani konvertasiyasi hamda import kontraktlarini ro’yxatdai o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003 yil 15 oktyabrdan milliy valyuta joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha erkin konvertasiyasining ochilishi mamlakatdagi investisiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investisiyalar oqimining ko’payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — "Chet el investisiyalari to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Qonuni va "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi.


Download 54.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling