Mavzu: O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun beriladigan xuquqlar. Reja


Download 54.19 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi54.19 Kb.
#1416153
  1   2   3
Bog'liq
Maratova M. Iqtisodiyot


Mavzu: O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun beriladigan xuquqlar.
Reja:
1.  O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari
2.  O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari
3.  Investisiya shartnomalari
1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investisiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investisiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investisiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizasiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmasevtika, axborot va telekommunikasiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investisiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investisiya muhiti yaratilgan. Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investisiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institusional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "Chet el investisiyalari to’g’risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o’zgartish va qo’shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qayerda imtiyoz va sharoit yaratilgan bo’lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo’lsa, shu yoqqa investisiya keladi. "Chet el investisiyalari to’g’risida"gi Qonun yigirma ikkita moddadan iborat bo’lib, uning o’ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo’yilgan.
Chet ellik investor xalqaro huquq prinsiplari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
-investisiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash;
-investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
-o’zining investisiyalariga va investisiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investisiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
-O’zbekiston Respublikasidagi investisiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
-investisiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriasiya qilish);
-O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish;
-o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
-O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
-o’z investisiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
Chet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

Download 54.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling