Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja
Muhit va ekalogik omillar Muhitga organimlarning moslashishi
Download 1.39 Mb.
|
15 talik
Muhit va ekalogik omillar Muhitga organimlarning moslashishi
Muhit tushunchasi fanda turli ma‘nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshovga aytiladi. Muhit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta‘sirlar majmuyidir. Odatda tabiiy va sun‘iy muhitlar farqlanadi. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmuyi tashkil etadi. Sun‘iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun‘iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ularning bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit tabiiy va sun‘iy atrof-muhit bo‘lib, tirik mavjudotlar subyekt va obyekt ta‘sirlar sifatida qatnashib, ta‘sirlar soni esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit muayyan ekologik tizim hisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin. Tabiiy ekotizim yoki ekosfera hayotni rivojlanishiga imkon beradigan yerning tavsifi va abiotik jismlarning majmuyidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo‘ladi. Tirik organizmlarning hayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta‘sirlar barqaror holatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muhitning shart sharoitlari va ta‘sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi. Ekologik muhitning buzilishida atmosferaning yer ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqalarning zaharlanishi, shovqinlarning ko‘payishi, radioaktiv moddalar va boshqalar ta‘sirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘rniga hayot muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. Tirik organizmlar – to‘rtta asosiy muhitda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya‘ni suv va havo muhitlari o‘lik, tuproq muhiti oraliq va organizm (muhit sifatida) tirik xususiyatga ega. Har bir hayot muhiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun turli yashash joylaridan iborat. Masalan suv muhiti quyidagi holatda uchrashi mumkin, chunki sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq hamda sovuq va hokazolar. Havo va tuproq ham nihoyatda xilma-xil yashash joylarini tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar) ham parazit va simbiontlar uchun muhit sifatida o‘ziga xosdir. «Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) tomonidan qo'llanilgan. Organizmlarni bevosita o'rab turgan keng ma'nodagi tushuncha – yashash muhiti (sharoiti) – ayrim organizm yoki biosenozni abiotik va biotik omillar yig'indisi ta'sirida organizmning o'sadigan va ko'payadigan joyidir. Masalan, o'tloqlarda, u erdagi ekologiyada to'rtta yashash muhiti farqlanadi: suv tuproq yer-havo tirik organizmlar tanasi Turli tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi va hidini, o'simliklar ichida o'sib yurgan asalarini har xil qabul qilamiz. Bazi hayvonlarning sezgi organlari shunchalik kuchli bo'ladiki, ular insonlar qabul qla olmaydigan hidni, tovushni va boshqa tabiiy holatlarni qabul qiladilar. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling