Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja


Sabzavot -poliz ekinlari hosildorligini oshirishning ekalogik xavfsiz yo`llar


Download 1.39 Mb.
bet9/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1600602
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
15 talik

Sabzavot -poliz ekinlari hosildorligini oshirishning ekalogik xavfsiz yo`llar
Sabzavot ekinlarini ahamiyati, kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik
xususiyatlari kelib chiqishi va tarqalish tarixiSabzavotlar biokimyoviy
tarkibining xususiyati shundan iboratki, ular tarkibida suv ko’p (65 - 96 %), oziq
moddalar (oqsil, moy, uglevodlar) esa kam. Bundan tashqari ularning kaloriyasi
ham yuqori emas.Lekin, odam organizmi uchun zarur bo’lgan biologik aktiv moddalar,vitaminlar, fermentlar, mineral tuzlar kabilarga g’oyat boy.
Ba’zi sabzavotlar (boshpiyoz, sarimsoq, shivit, petrushka, xren, turp)
tarkibida fitontsidlar saqlaydi. Shu tufayli fungitsid va bakteritsid xususiyatiga ega bo’lib, inson organizmini infektsiyalardan tozalaydi.
ko’pchilik sabzavotlar limon, olma, vino kislota, efir moylar, aromatik
(xushbo’y) moddalar saqlab ishtahani ochadi, ovqat hazm bo’lishiga yaxshi
yordam beradi.Sabzavot mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar kraxmal, shakar, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi Azotli moddalar asosan oqsillardan iborat. Sabzavotda azotli moddalar juda kam - 0,4-2,5 % atrofida bo’ladi. Sarimsoq va dukkakli sabzavotlar bundan mustasnodir, zero dukkakli o’simliklarning ko’k mevalari (qo’zoqlari) tarkibida 6- 7 % ga qadar azotli moddalar bo’ladi. Boshqa sabzavot o’simliklaridan ismaloq azotli moddalarga ayniqsa boy. Glyukozidlar - tarkibida azot saqlovchi moddalar bor, ta’mi achchiq va ko’pincha zaharli xossalarga ega. Bular orasida solanin moddasi eng ko’p tarqalgan bo’lib, u kartoshka va boshqa tomatdosh o’simliklarda ko’p to’planadi. Moylar - sabzavotlar tarkibida juda kam miqdorda (0,1-0,4%), asosan ularning urug’larida bo’ladi. Qovoqdoshlarga mansub o’simlik urug’i moylarga ayniqsa boy. Organik kislotalar. Sabzavot mahsulotlari tarkibida limon kislota, olma kislota, oksalat (shavel) kislota va ba’zi boshqa xil kislotalar bo’ladi. Kislotalar sabzavot mahsulotlarining ta’m sifatlarini yaxshilaydi va ovqatning yaxshi o’zlashtirilishiga yordam beradi. Biroq, otquloq, rovoch o’simligi va ba’zi boshqa sabzavotlar tarkibida uchraydigan oksalat kislotani ortiqcha iste’mol qilish zararlidir. Sabzavot mahsulotlarining qiymati va inson ovqatlanishidagi bebaho ahamiyati ularning tarkibida odam organizmining normal rivojlanishi va harakat qilishi uchun zarur bo’lgan vitaminlar, fermentlar va mineral tuzlar ko’p miqdorda mavjud ekanligidadir. Kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan organik birikmalar bo’lmish vitaminlar, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Ular organizmida katalizatorlar xizmatini o’taydi va shu tufayli moddalar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Ovqatda vitaminlar bo’lmasligi yoki yetishmasligi organizmda moddalar almashinuvini buzilishiga va ko’pchilikka ayon bo’lgan avitaminoz bilan kasallanishga olib keladi. Vitamin S yoki askorbin kislota (S6N8O6) organizmni tsinga va kam qonlikdan muhofaza qiladi, ichki sekretsiya bezlarining normal faoliyati uchun zarur bo’lgan oksidlanish jarayonlarini va uglevodlar almashinuvini kuchaytiradi, ateroskleroz rivojlanishini to’xtatadi. Sabzavot hamda mevalar, ayniqsa, yangiligicha iste’mol qilinadigan sabzavot va mevalar vitamin S ning asosiy manbai hisoblanadi. Sabzavot hamda mevalar qaynatilganda yoki pazandalikning boshqa usullari bilan pishirilganda vitamin S anchagina parchalanadi. SHuningdek, sabzavotlarni saqlash vaqtida ham tarkibidagi vitamin S miqdori juda kamayib ketadi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling