Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja


Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar


Download 1.39 Mb.
bet7/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1600602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
15 talik

2. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Har bir organizm o'zi yashab turgan muhitda bir vaqtning o'zida har xil iqlim, tuproq va biotik omillar ta'siriga ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarni individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Bunday ayrim muhit omillari, ya'ni dengiz sathiga nisbatan bo'lgan balandlik, dengiz va ko'llarning chuqurligi istisnodir.

Chorva mollaridan sifatli oziq ovqat mahsulotlar olishlashda ekalogik toza yem-xashak xom ashyolarni tayyorlash
Chorvachilik qishloq xo’jaligini muhim tormoqlaridan hisobianib, aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari: sut, go’sht, tuxum bilan, sanoatni esa jun, qorakul, teri kabi xom ashyolar bilan ta'minlaydi. Chorvachilikni rivojlantirish qishloq xo’jaligi oldida turgan birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun eng avvalo mustahkam em-xashak bazasini barpo etish zarur.
Em-xashak tayyorlashning asosiy manbalari tabiiy va sun'iy (ekilgan) o’tlarni o’rib olishdir. o’tlardan pichan, o’t briketlari, senaj va ko’p hollarda silos tayyorlanadi. o’tlarni qayta ishlab vitaminlarga boy o’t uni olinadi.
2.Yuqori sifatli em-xashak tayyorlash uchun o’rimni agrotexnika muddatlarida olib borish shart.
Agrotexnika talablariga ko’ra, boshoqli o’tlarni boshoqlanish, dukkaklilarni gunchalab, gulga kirish davrida o’rib olish zarur. Tabiiy yaylovlarda o’tlami erdan 4. . . 4,5 sm, sun'iy o’tlarni esa 5. . . 6 sm balandlikda o’rish talab etiladi. o’t o’rgichlar ish davomida o’rilayotgan o’tlarni uzunasiga uyumlab ketishi zarur.
Uyumlangan o’tlarni namlik darajasi 20-30% ga etganda tup qilinadi. Tupdagi o’t namligi 15. . . 17% bo’lganda g'aramlar hosil qilinadi, Uyumlangan o’tlarni presslab toylashda pichanning namligi 30% dan oshmasligi zarur va toyning zichligi 200 kg/m3 dan oshmasligi zarur.
Vitaminlarga boy o’t uni tayyorlash uchun ko’p yilik o’tlarni gullashgacha, bir yilliklarini esa gullash va mevalash davrida o’rib olish lozim.
Sochma va briketlangan pichan tayyorlashda o’t poyasining kesish uzunligi 8... 15 sm bo’lishi kerak. o’t uni, briket va qumoloqlangan em tayyorlashda esa o’t poyasini kesish uzunligi 2...3 sm kam bo’ladi, chunki poyalarni agregatlarda quritilayotganda, u yaxshi aralashadi va kam quvvat sarflanadi.
3, Em-xashak tayyorlash texnologiyasining turli xili mavjud. Eng keng qo’llaniladiganlari quyidagilardir. Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi.
Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.
Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘hagan yerlarga ekilgan dala ekinlarining hosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida yetishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida yemirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun bular har yili ekilmaydi hamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni yetishtirishda sarf-xarajat tejaladi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling