Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja


Reja: 1.Tojikiston Alyuminiy zavodining Surxondaryo viloyati hududiga tasiri


Download 1.39 Mb.
bet3/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1600602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
15 talik

Reja:

1.Tojikiston Alyuminiy zavodining Surxondaryo viloyati hududiga tasiri
2. Dorivor o`simliklarni tabiiy hududlardan terishning ekalogik talablari
3. Yaylovlarda chorva mollarini boqish jarayonida epizotik kasalliklarni yovvoyi hayvonlarga yuqtirmaslik choralari
4. Muhit va ekalogik omillar Muhitga organimlarning moslashishi
5.Chorva mollaridan sifatli oziq ovqat mahsulotlar olishlashda ekalogik toza yem-xashak xom ashyolarni tayyorlash

``




Tojikiston Alyuminiy zavodining Surxondaryo viloyati hududiga tasiri
Alyuminiy zavodi 1975-yilda Tursunzoda shahri hududida, ya’ni O’zbekiston chegarasidan 10 kilometr narida ishga tushirilgan. Uning quvvati yiliga 517 ming tonna alyumin ishlab chiqarishdan iboratdir. Alyuminiy zavodi vodorod ftoridi, oltingugurt angidridi, azot oksidlari, uglerod oksidi va boshqa zaharli moddalarni havoga chiqindi sifatida chiqarmoqda.Keling, professor Shukur Xurramovning tadqiqotlarini ko’zdan kechiraylik. Bir tonna birlamchi alyumin ishlab chiqarish uchun 33-47 kg ftor sarf qilinadi va undan 65 foizga yaqin vodorod ftoridi atmosferaga tarqaladi. Bu zavod 1989 yilda 460 tonna mahsulot ishlab chiqargan. Demak, zavod shu yilning o’zida 500 tonnaga yaqin ftorid kukunini atmosferaga “sovg’a” qilgan. Kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, tuproqda-2.7, piyozda-29.6, sutda-14.9, sabzida-22.8, olmada-23, bug’doyda-5.5 foiz shunday birikmalar bor ekan.Viloyatdagi ma’sul idoralar xodimlari 2005 va 2006 yilning avgust oylarida Uzun, Sariosiyo, Denov tumanlarida ekologik holatning nihoyatda og’ir ekanligini ko’rib chiqdilar. Hozirgi vaqtda bu zavod mo’rilaridan chiqayotgan zaharli gaz tutunlari hattoki Oltinsoy, Jarqo’rg’on tumanlari hududlarigacha yetib kelgan2006 yilda “Ruskiy alyuminiy” (Rusal) kompaniyasining bosh direktori Oleg Deripaska janoblari bu hududga tashrif buyurdi. U bir dunyo va’dalarni berdi. Ammo va’da va’daligicha qoldi. Eng achinarlisi , tashrifdan so’ng Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida yangi alyumin zavodini qurish ishlari jadal boshlab yuborildi. Alyumin zavodining ta’sirida anor, xurmo, uzum va boshqa mevali daraxtlardan ham hosil olib bo’lmayotganligi haqida bugun dehqonlar ro’y-rost aytishmoqda. Eng muhumi, bu zavodning ta’sirida shimoliy tumanlarda chorva tuyoq soni yildan yilga kamayib bormoqda. Ayniqsa, mollarning ovqat hazm qilish organlari, buyrak , o’pka va jigarlari kasallanib, hayvonlarning nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Biz Tojikiston alyumin zavodining zararli ta’siriga bag’ishlab talabalar o’rtasida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazdik. Keling, ushbu so’rovga jalb qilingan talabalarning fikr mulohazalarini kuzataylik. Ularning 100 foizi alyumin zavodi havoga ftor gazini chiqayotganini qayd qilishgan. “ Atmosfera bulg’anishi Surxandaryo viloyatida qanday oqibatlarni keltirib chiqarmoqda? “ degan savolga talaba S. Eshmurodovaning javobini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
“ Eng avvalo, atrof – muhitning bulg’anishi qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi kamayishida, anorzorlarning qurib qolishida, mevalarning kasallanib ketishida, mehnatkashlarning yillik daromadlari keskin kamayishida ko’rinmoqda. Uy hayvonlarni biz anglab yetmagan ayrim kasalliklarga chalinmoqda. Tishlari to’kilib, nosog’lom buzoqlar tug’ilmoqda.”Bunday javoblarni N. Mustafoqulova, A. Mamatrahimov va boshqa ko’plab talabalarning bitiklarida o’qish mumkin. -Alyumin zavodidan chiqayotgan zaharli gazlarni zararsizlantirib, uning ochiq havoga chiqishining oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish karak, ehg muhimi, ikki davlat bu muammoni kelishgan holda hal etsa, nur ustiga nur bo’lur edi, - deydi talaba Xurshida Usanova.Biz ham shunday fikrdamiz. Muammoni kelishuvlar asosida hal etish mumkin. Bu- bor gap. Ammo bu dolzarb masalani bir kun ham kechiktirmasdan hal etish kerak. Bu muammo davrimizning eng muhum muammolaridan biri.Yaqinda Ozodlik radiosi Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) muammosini ko’tarib, jamoatchilik e’tiborini ushbu muammoga yana bir marta jalb qildi.Radioning xabar qilishicha, Tojikiston prezidenti I.Rahmonov ushbu zavod o’tgan yili 379 ming 630 tonna alyuminiy ishlab chiqargani, joriy yilda ishlab chiqarish 420 ming tonnaga etishi kutilayotgani haqida bayonot bergan. Bu hol haqli ravishda Surxondaryo viloyatining Tojikistonning alyuminiy zavodi joylashgan hududi bilan chegaradosh tumanlari aholisining o’rtasida xavotirlarga sabab bo’lgan.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling