Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri
Download 1.87 Mb.
|
Umar magistr07
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pо‘latov Umar Bahodirovichning “SURXONDARYO VILOYATI IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TRANSPORTNING TASIRI”
- Kirish 1-bob
- 2-BOB SURHANDARYO VILOYATI TRANSPORT TARMOQLARI TARIBI VA UNING MINTAQA IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
- 3-BOB VILOYAT TRANSPORTI RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR VA ISTIQBOL YO’NALISHLARI
- K I R I SH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi
- Muammoning о‘rganilganlik darajasi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI Qo’lyozma huquqida UDK: 911.3 70530402 –Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha) Pо‘latov Umar Bahodirovichning “SURXONDARYO VILOYATI IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TRANSPORTNING TASIRI” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYASI Ilmiy rahbar: i.f.n., dots. Sulaymonov I Andijon-2023 Mundarija
K I R I SH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Transport tarmoqlari hozirgi kunga kelib turlicha ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning ichkarisida yuk va yо‘lovchi tashishda avtomobil transportining ahamiyati katta. Binobarin, ushbu transportga “eshikdan-eshikkacha” tamoyili xos bо‘lib, hududining uncha katta bо‘lmaganligi sababli О‘zbekiston uchun mamlakat ichida ushbu transportning roli katta. Ammo, О‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida temir yо‘l transporti asosiy о‘rinni egallaydi. Bir vaqtning о‘zida katta yuk kо‘tara olish qobiliyatiga hamda uzoq masofaga tashish imkoniyatiga ega bо‘lgan temir yо‘l transporti eksport va import yuklarni tashishda va yо‘lovchi tashishda ham yetakchilik qiladi. О‘zbekiston Markaziy Osiyoda о‘ziga xos transport infratuzilma salohiyatiga ega. Ushbu salohiyat transpor tarmoqlari bо‘yicha turlicha taqsimlangan. Jumladan, temir yо‘llar uzunligi jami 6,2 ming km.ni tashkil qilsa, shundan 4,7 ming km.ga yaqini umumfoydalaniladigan temir yо‘llardir. Mamlakatimizning viloyatlari orasida temir yо‘llar uzunligi bо‘yicha Qoraqalpog‘iston (921 km), Buxoro (493 km), Qashqadaryo (493 km), Navoiy (469 km) yetakchilik qiladi. Aksincha Andijon, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari temir yо‘llar uzunligi bо‘yicha eng past kо‘rsatkichlarga ega. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hududning kattaligi yо‘llarning uzunligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 — 2026 yillar davomida amalga oshirilishi mо‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yо‘l» umummilliy dasturini tasdiqlash tо‘g‘risida qarorida ham har bir xudud infratuzilmasi, transport xavfsizligi masallari o‘rin olgan.1 Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli jihatlarini о‘z vaqtida D.Diskiene, B.Galiniene, T.Pablo, R.Vicente, R.Ramiro, B.Y.Heo, W.H.Heo, W.Dilla, N.Dalevska, M.L.Tseng, P.A.Tan, T.A.Khudyakova, A.V.Shmidt kabi xorijlik olimlar tomonidan о‘rganilgan2. О‘zbekistonda A. Soliyev. A. Qayumov, Z. Akramovlar hamda beaosita Surxondaryo viloyatida A. Sattarov, Q. Allayev kabi olimlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bо‘yicha umumiy jihatlarini kо‘rib chiqqan. Lekin chuqur va kompleks holatda transportning ta’siri jihatdan yetarlicha tadqiq etilmagan. Bu esa mazkur tadqiqot ishini yanada dolzarbligini belgilab beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling