Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri
О‘zbekistonda transport turlari bо‘yicha yо‘llar uzunligi va uning tadrijiy о‘zgarishlari
Download 1.87 Mb.
|
Umar magistr07
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq qoplamali avtomobil yо‘llari – jami 74,4 62,3
- Magistral quvur yо‘llariyu - jami 13,4 13,5
- Jadval О‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qо‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
- 1.2. Transport hududiy tizimlarining shakllanishi va rivojlanishining meyoriy huquqiy asoslari
- Shimoliy-G‘arbiy yо‘nalish
О‘zbekistonda transport turlari bо‘yicha yо‘llar uzunligi va uning tadrijiy о‘zgarishlari
Jadval О‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qо‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. О‘zbekiston Markaziy Osiyoda о‘ziga xos transport infratuzilma salohiyatiga ega. Ushbu salohiyat transpor tarmoqlari bо‘yicha turlicha taqsimlangan. Jumladan, temir yо‘llar uzunligi jami 6,2 ming km.ni tashkil qilsa, shundan 4,7 ming km.ga yaqini umumfoydalaniladigan temir yо‘llardir. Mamlakatimizning viloyatlari orasida temir yо‘llar uzunligi bо‘yicha Qoraqalpog‘iston (921 km), Buxoro (493 km), Qashqadaryo (493 km), Navoiy (469 km) yetakchilik qiladi. Aksincha Andijon, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari temir yо‘llar uzunligi bо‘yicha eng past kо‘rsatkichlarga ega. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hududning kattaligi yо‘llarning uzunligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Ammo shu о‘rinda shuni ham ta’kidlab о‘tish joizki, transport yо‘llari uzunligining kо‘pligi mazkur hududni о‘zlashtirilganlik darajasiga tо‘g‘ri kelmasligi mumkin. Avtomobil yо‘llari uzunligini viloyatlar bо‘yicha taqsimlanishiga e’tibor beradigan bо‘lsak, bu borada eng katta kо‘rsatkichlar Samarqand va Farg‘ona viloyatlariga tо‘g‘ri keladi. Binobarin, ushbu viloyatlar respublikamizda demografik salohiyati eng katta ekanligi bilan ajralib turadi. Jadval О‘zR davlat statistika qо‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzildi. Transportning asosiy foliyat natijasi – bu, yuk va yо‘lovchi tashishdir. Bu borada transport turlari turlicha salohiyatga ega. 2018 yili respublika bо‘yicha jami tashilgan yuklar xajmi 1146,2 mln. tonnani tashkil qilgan bо‘lib, uning 1013,1 mln. tonnasi avtomobil, 67,9 mln tonnasi temir yо‘l, 65,1 mln tonnasi quvur hamda 26,4 mln tonnasi havo transporti xissasiga tо‘g‘ri keladi. Bulardan kо‘rinadiki, О‘zbekistonda tashilgan yuklarning 88,4 % birgina avtomobil transportiga tо‘g‘ri kelar ekan. Ammo, shuni ham aytib о‘tish lozimki, yuk aylanmasi salohiyatiga kо‘ra avtomobil transporti eng quyi pog‘anaga tushib qoladi va aksincha havo transporti yetakchilik qiladi. Shuningdek, bir yilda (2018) respublikamiz bо‘yicha jami 5679,0 mln yо‘lovchi tashilgan bо‘lsa, uning 5591,3 mln kishisi birgina avtomobil transportiga tо‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlardan ma’lum bо‘ladiki, О‘zbekistonda transportda yuk va yо‘lovchi tashishda avtomobil transporti asosiy о‘rin tutadi. Transport xizmatlarining asosiy qismi avtomobil transportida yuk va yо‘lovchi tashishga tо‘g‘ri keladi. Ushbu transport turining xarakatchanligi, qulayligi hamda havo va temir yо‘l transportiga nisbatan xizmatlar narhining arzonligi bilan izohlanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda jami umumfoydalaniladigan avtoyо‘llarning (42,6 ming km) 3,9 ming km - xalqaro, 14,1 ming km - davlat, 24,6 ming km - mahalliy ahamiyatga ega yо‘llardan iborat. 1.2. Transport hududiy tizimlarining shakllanishi va rivojlanishining meyoriy huquqiy asoslari Hozirgi davrda har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyotini, uning jahon xо‘jalik tizimlariga mujassamlashuvini transportsiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Zero, transport bir vaqtning о‘zida ham iqtisodiyot tarmog‘i yoki infratuzilma elementi va shu bilan birgalikda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish omili bо‘lib xizmat qiladi. Agarda, jahon xо‘jaligini shakllanishi va rivojlanishiga nazar solsak, bunda transport va uning hududiy tizimlari poydevor bо‘lib xizmat qilganligini kо‘rish mumkin. Binobarin XVII - asrda Angliyadagi “sanoat inqilobi”, tо‘qimachilikning taraqqiy etishi, savdo – sotiqning gullab yashnashida ham transport katta ahamiyatga ega bо‘lgan [Daron Ajemо‘g‘li, Jeyms Robinson, Mamlakatlar tanazzul sabablari qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari. Sirotulloxon Muhammadsoliyev tarjimsi, T., 288-bet.]. Transport va uning hududiy tizimlarini shakllanishi va rivojlanishida, nafaqat hududning tabiiy geografik xususiyatlari, aholi joylashuvi tо‘ri, resurs salohiyati, balki sohada olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar, xususan transportni rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asosi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada О‘zbekistonda, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, respublika Hukumati tomonidan mamlakatimizning transport salohiyatini yuksaltirishga, “transport, ya’ni yо‘l mustaqqiligi”ni ta’minlashga va uning jahon xо‘jalik tizimlariga integratsiyalashuviga davlat siyosati darajasida ustuvor e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, Sobiq Ittifoq davrida О‘zbekiston hududida vujudga kelgan transport hududiy tizimlari (temir yо‘llar) umumittifoq mehnat taqsimoti manfaatlariga xizmat qilishga moslashtirilgan bо‘lib, bunda respublikamizni turli mintaqalarining mustaqil ravishda о‘zaro bog‘lovchi, yaxlit transport tizim mavjud emas edi. Bunday ahvolni, eng avvalo Farg‘ona mintaqasini respublikamizning poytaxti va qolgan hududlar bilan mustaqil ravishda bog‘lovchi ichki transport tizimini yо‘qligida, va shuningdek, Quyi Amudaryo hamda Janubiy (shu jumladan, Surxondaryo viloyati) misolida ham kо‘rish mumkin. О‘zbekiston transport infratuzilmasining asosi sobiq Ittifoq davrida vujudga keltirilgan bо‘lsada, mustaqillikni qо‘lga kiritgandan boshlab, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan mavjud transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga, yangi yо‘llarni barpo qilishga, qulay (eng yaqin) jahon savdo iqtisodiy tizimlariga bog‘lanishga muhim strategik vazifa sifatida qaralmoqda. Bular esa о‘z navbatida, respublika transport majmuasini kompleks rivojlantirishga doir meyoriy huquqiy bazani mustahkamlashni talab qiladi. О‘zbekiston Respublikasi Hukumati Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi Hukumat Boshliqlari tomonidan 1991-yil 30-dekabrda Minsk shahrida imzolangan Transport sohasidagi о‘zaro hamkorlik prinsiplari va shartlari tо‘g‘risidagi Protokol15ga, hamda 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi tо‘g‘risidagi Konvensiya16ning tomonlari bо‘lgani holda, uning prinsiplari va meyorlariga amal qilgan holda, havo transporti sohasida о‘zaro hamkorlikni olib boradi. Mazkur tadqiqotdan bosh maqsad mamlakatimiz va shu bilan birga, uning о‘ziga xos ulkan tabiiy resurs, mineral xomashyo, demografik hamda ishlab chiqarish salohiyatiga ega bо‘lgan Janubiy mintaqasi xususan Surxondaryo viloyatining transport hududiy tizimlarini shakllanishi va rivojlanishining meyoriy-huquqiy jihatlarini yoritib berishdan iborat. Mustaqillik yillarida О‘zbekiston transportini isloh qilish va uning hududiy tizimlarini takomillashtirishga doir quyidagi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi: - О‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yо‘llari tо‘g‘risida”gi Qonuni, 1992 yil; - О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy - Uchquduq - Sultonuizdog‘ - Nukus temir yо‘lini qayta qurish va uning yangi liniyasini qurish masalalari tо‘g‘risida”gi 1993 yil 394-son Qarori; - О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘uzor - Boysun - Qumqо‘rg‘on (Qizil oktabr) yangi temir yо‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari tо‘g‘risida”gi 1995 yil 323-son Qarori; - О‘zbekiston Respublikasining “Temir yо‘l transporti tо‘g‘risida”gi Qonuni, 1999 yil; - О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qamchiq dovoni orqali barqaror transport aloqasini ta’minlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2010 yil 323-son Qarori. Ushbu hujjatlar mustaqillik yillarida mamlakatimizning transport salohiyatini mustahkamlash va uning yо‘l mustaqilligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Jumladan, respublikamizning MDH, Yevroittifoq davlatlari bilan tashqi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarida muhim rol о‘ynagan Quyiamudaryo mintaqasini mamlakatimizning markaziy poytaht hamda boshqa mintaqalari bilan mustaqil ravishda bog‘lanishida “Navoiy – Uchquduq – Sultonuizdog‘ – Nukus temir yо‘lini qayta qurish masalalari tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 6 avgustdagi 394-son qarori17 katta ahamiyatga ega bо‘lsa, О‘zbekistonning Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) mintaqa bilan mustaqil ichki transport hududiy tizimlariga ega bо‘lishi va qolaversa mamlakatimizning eng yaqin jahon savdo-iqtisodiy tizimlariga (Hind okeani portlariga) ulanishida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar – Boysun – Qumqо‘rg‘on yangi temir yо‘l liniyasi qurilishini jadallashtirish tо‘g‘risida”gi 2003 yil 24 yanvar 43-son qarorining ahamiyati juda katta bо‘ldi. Ammo, qо‘shni Afg‘onistondagi notinch geosiyosiy vaziyat respublikamizni Hind okeani portlariga temir yо‘l orqali bevosita bog‘lanishiga monelik qiladi. Shuni ham aytish joizki, mazkur loyihaga hamohang ravishda О‘zbekistonni janubiy okean portlariga, xususan Fors kо‘rfaziga chiqishida 1996 yilda ishga tushirilgan “Toshkent – Chorjо‘y – Tejen – Seraxs – Mashhad – Bandar Abbos” (О‘zbekiston, Turkmaniston, Eron) temir yо‘li katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Bugungi kunda, mazkur yо‘nalish hissasiga О‘zbekiston umumiy eksportining 60 % tо‘g‘ri kelib, ushbu yо‘nalish О‘zbekistonni Fors kо‘rfaziga chiqishida yagona transport koridori bо‘lib hisoblanadi [Zohidov A. A. Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiY. – T., 2018. ]. Shuningdek, О‘zbekistonni tom ma’nodagi transport mustaqilligini ta’minlashda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qamchiq dovoni orqali barqaror transport aloqasini ta’minlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2010 yil 323-son Qarori va 2016 yilda “Angren - Pop” temir yо‘lining ishga tushirilishi muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Ushbu yо‘l qurilishi bilan О‘zbekiston transport tizimi yangi pog‘onaga kо‘tarildi. Istiqbolda “О‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yо‘l loyihasini amalga oshirilishi bilan mamlakatimiz tashqi savdo-iqtisodiy faoliyatida sharqiy transport koridorining ahamiyati ortib borishi shubhasizdir. Ammo, hozirgi davrda О‘zbekistonning xalqaro transport imidjini yaxshilashga “О‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” temir yо‘l qurilishidagi muammolar tо‘sqinlik qiladi. Mamlakatimizni Sharqiy Osiyo davlatlari bilan transport iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda ortga surilmoqda. Kelajakda ushbu loyihaning yо‘lga qо‘yilishi orqali Farg‘ona vodiysi hududiy transport tizimlari respublika hamda Sharqiy Osiyo davlatlari о‘rtasida asosiy kо‘prik vazifasini о‘taydi. Shuningdek respublika asosiy transport yо‘laklaridan hisoblangan Shimoliy-G‘arbiy yо‘nalish g‘arb, О‘rtayer davlatlari bilan bog‘lashda “Toshkent – Qо‘ng‘irot - Beynau”, temir yо‘liing ahamiyati yuqori bо‘lib, ushbu temir yо‘l о‘tgan hududlar relefining tekisligi hamda geosiyosiy jihatdan havsiz hamda rivojlangan davlatlar bilan bog‘laydi ammo bu yо‘nalish uzoq masofani tashkil etadi, misol tariqasida Madridgacha 8117 km ni tashkil etadi. (Toshkent – Qо‘ng‘irot – Beyneu – Saratov – Moskva – Smolensk – Brest – (Polsha, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va boshqalar)). Sobiq ittifoq davrida (1972 yil) yо‘lga qо‘yilgan “Qо‘ng‘irot Beyneu” (408 km,) muhim temir yо‘l liniyasi hisoblanib, uning ishga tushirilishi natijasida О‘rta Osiyo davlatlari jumladan О‘zbekiston ham g‘arb mamlakatlari bilan iqtisodi-ijtimoiy,siyosiy, madaniy aloqalarni amalga oshirib kelmoqda. 2020-2030 yillarda О‘zbekiston Respublikasining avtomobil yо‘llarini rivojlantirish tо‘g‘risida loyiha mavjud bо‘lib unda, kо‘plab vazifalar qо‘yilgan jumladan hududiy yо‘llar tarmog‘ining takomillashishi va rivojlanishi mintaqaviy darajada, ayniqsa yangi о‘zlashtirilgan tumanlarda о‘zlashtiriladigan resurslarni bozor aylanmasiga jalb qilish masalalari ham kiritilgan. О‘zbekiston transport borasidagi loyihalarni amalga oshirishda boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish bilan birga mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar hamda transport tashkilotlarning о‘rni yuqori. Ulardan Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorlik dasturi (MOMIH), Shanhay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT), Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi (MDH), TRASEKA, “Buyuk ipak yо‘lining iqtisodiy kamari” kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. 2007 yili mamlakatimizning transport mustaqilligini mustahkamlash yо‘lida amalga oshirilgan “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘l loyihasi ham respublikaning janubiy hududlari bilan temir yо‘l orqali bog‘lanishda eng yirik loyihalardandir. Ushbu loyihalar18, qonunlar19 mamlakat hududlarining transport sohalari rivojini jadalashtirishda huquqiy asos bо‘lib xizmat qiladi. Mamlakat tashqi aloqalarida sо‘nggi vaqtlarda Hind okeaniga chiqish masalalari dolzarb bо‘lib kelmoqda va bunda Janubiy mintaqa jumladan Surxondaryo viloyat transport tizimlarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Viloyat transportining bugungi kungacha shakllanishida Chor Rossiyasi davrida, sobiq Ittifoq hamda О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng qabul qilingan qonunlar, qarorlar, farmonlar katta ahamiyat kasb etgan. Viloyat temir yо‘l tizimining shakllanishi о‘tgan asrning boshlariga tо‘g‘ri keladi. Chor Rossiyasi tashqi ishlar vaziri A.P.Izvolskiy tomonidan 1910 yil 30 yanvarda Rossiya imperatori Nikolay II nomiga yozilgan 2619/131-sonli xatida bir qator masalalar о‘rtaga qо‘yilgan. Birinchisi Turkiston masalasida kelajakda Rossiya, Angliya va Afg‘oniston о‘rtasida yuz berishi mumkin bо‘lgan tо‘qnashuvlarning oldini olish, ikkinchisi Rossiyaning kelgusida Hind okeaniga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri chiqish imkoniyatlarini yaratish, uchinchisi Buxoro-Afg‘oniston chegaralarini mustahkamlash zarurligini qayd etgan. Shu maqsadda Buxorodan Termizgacha temir yо‘l liniyasini qurish va О‘rta Osiyo temir yо‘l tarmoqlarini Moskva tarmog‘iga ulash lozimligi uqtirilgan [ Xidirov X J. О‘zbekistonda transport sohasi: natijalar va muammolar (XX acrda Surxon vohasi misolida) nomli dissertatsiY. Termiz 2021]. 1916 yilda Kogon-Samsanovo-Termiz temir yо‘li ishga tushirildi. Ushbu yо‘l qurilishidan asosiy maqsad Rossiyani Hind okeaniga chiqishdek harbiy-iqtisodiy strategiyasini mustahkamlash bо‘lgan. 1925 yili О‘rta Osiyo respublikalarida arzon xom ashyoni hamda tabiiy boyliklarni tashish, shuningdek yagona temir yо‘l uzelini barpo etish maqsadida Amudaryo- Termiz temir yо‘l liniyasi ishga tushirildi. 1929-1932 yillarda esa uzunligi 248 km ga teng bо‘lgan Termiz – Dushanbe temir yо‘l tarmog‘i qurildi. Dushanbega temir yо‘lda tashish ishlari bugungi kungacha О‘zbekiston hududi orqali bajariladi. Ushbu 248 km li temir yо‘lning Termiz-Sariosiyo (viloyatning shimol va janubini bog‘lovchi) yо‘nalishi bugungi kunda ham viloyatdagi tumanlar iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuk va yо‘lovchi tashishda muhim sanaladi. Surxondaryo viloyatining avtomobil yо‘llarida yuklarni qisqa va uzoq masofaga tashishda avtomobil transportining “eshikdan eshikgacha” olib borilishi hamda relefi notekis hududlarda ham etkazishni amalga oshirilishida ahamiyatlidir. Viloyat avtomobil yо‘llarining uzunligi 2843 km bо‘lib, bu yо‘llar xalqaro, davlat20, mahalliy21 ahamiyatga ega yо‘llardir. Viloyat avtomobil yо‘llarining 2843 kmli umumiy yо‘ldan 351 km li qismi halqaro ahamiyatga molik yо‘llardir[Omonturdiyev A.A.Viloyat transport tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari.О‘zbekiston geografiya jamiyati X-sezdi materiallari. Toshkent 2019-y]. Bulardan tashqari havo transporti, quvur transporti, shohbekatlar, temir yо‘l vokzallari, ayeroport va shuningdek kо‘plab infratuzilma elementlari mavjud va bularning barpo etilishi ma’lum hujjatlar asosida bо‘lgan22. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘uzor—Boysun—Qumqо‘rg‘on (Qizil Oktabr)” yangi temir yо‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari tо‘g‘risida” 1995-yil 17-avgustdagi 323-son qarori23 va keyinchalik qayta kо‘rib chiqilgan shakldagi, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-yanvardagi 43-sonli “Toshguzar - Boysun - Qumqо‘rg‘on” yangi temir yо‘l liniyasi qurilishini jadallashtirish tо‘g‘risida”24gi qarori orqali amalga oshirilgan temir yо‘l, Toshkent - Termiz yо‘nalishida yuk va yо‘lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqartirdi. Ushbu qarorga mos ravishda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning Xayraton va Mozori Sharif о‘rtasidagi temir yо‘l liniyasini loyihalashtirish, qurish, о‘rnatish va foydalanishga topshirish”25ga oid 2009-yil qabul qilgan qarori yuqoridagi muhim qadamlardan hisoblanadi. О‘zbekiston uchun yangi transport koridorlaridan biri bu albatta Afg‘oniston orqali Fors kо‘rfaziga yoki Chorbahor portiga olib chiquvchi Transafg‘on transport koridorini misol qilish mumkin. Ushbu koridor respublika uchun Hind okeaniga chiqishdagi eng qisqa masofani taqdim etib (2500 km), mintaqaviy transport tizimlarini qulaylashtiradi, balki xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekspertlarning fikricha mazkur koridor О‘zbekiston tomonidan 2007 yilda ishga tushirilgan, loyiha qiymati 447,1 mln doll. Teng 223 km Toshguzar – Boysun – Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining tranzit quvvatining ortishiga olib keladi. О‘z navbatida О‘zbekistonga Mazkur tranzitdan yiliga 44 mln doll. Atrofida foyda olish imkonini beradi [Zohidov A. A. Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiY. – T., 2018. ].. Bu hujjatlar, nafaqat viloyat transporti, balki mamlakat infratuzilmasining yangicha zamon talablariga javob berishida xizmat qiladi. Yana shuni takidlash joizki, viloyat tarsportiga oid sо‘nggi yillardagi qarorlardan biri bо‘lgan “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”26gi qarorida hududlar miqyosida transport xizmatlarini rivojlantirish taklifi viloyat iqtisodiyot tarmoqlarining transportga bog‘liqligini kо‘rsatadi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi, Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2020-yilning iyul oyidan boshlab, Termiz – Sariosiyo – Denov - Boysun - Sherobod - Termiz yо‘nalishi bо‘ylab turistlar uchun mо‘ljallangan avtobuslarning “City tour”27 prinsiplari asosida muntazam qatnovini yо‘lga qо‘yish orqali “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish tо‘g‘risidagi taklifi berilgan28. Shuningdek, yо‘llar masalasiga ham alohida urg‘u berilgan bо‘lib, “Sulton Saodat” majmuasini Hakim at- Termiziy majmuasi bilan bog‘lovchi 4R — 20629 avtomobil yо‘lining 7,3 — 10,5 km, qismi va 4K — 599G30 avtomobil yо‘lining 0 — 3,65 km, 4K — 599 V 2,6 km M39 avtomobil yо‘lining 1452 km bilan bog‘lovchi yangi yо‘nalishdagi avtomobil yо‘li jami 9,2 km uzunlikdagi qismini ham qayta qurish ta’kidlangan. Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, viloyat transportining rivojlanishida barpo etilayotgan inftratuzilmalar hamda qabul qilinayotgan meyoriy huquqiy hujjatlarning ahamiyati katta hamda viloyat va mamlakat transporti infratuzilmasining zamon talablariga javob berishida xizmat qiladi. Ishga tushirilgan Toshg‘uzor-Boysun- Qumqо‘rg‘on temir yо‘l yо‘nalishi Surxondaryoni respublikaning boshqa viloyatlari bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘lasa, Transafg‘on yо‘lagi barpo etilishi nafaqat mintaqa, balki mamlakatimizni jahon bozoriga janubiy yо‘nalishda dengiz portlariga olib chiqish imkonini beradi. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hududiy tafovutlarida transport aloqalari omilini tahlil etish asosida tumanlarni iqtisodiy geografik о‘rniga kо‘ra rayonlashtirishda yangi qarorlar, dasturlarni ishlab chiqish muhim sanaladi. Yana shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida tranzit yuklar tо‘g‘risida alohida qonun qabul qilinmaganligi, tranzit borasidagi hujjatlarni qо‘rib chiqishni taqazo etadi. Sohani tartibga solishning meyoriy-huquqiy bazasi mustaqillikning dastlabki bosqichida qabul qilingan. Hozirgi kunda kо‘plab qonun hujjatlari, ularni qayta-qayta tuzatilishiga qaramay, anchagina eskirgan, xalqaro meyor va standartlarga hamda logistika tamoyillari asosida shakllanayotgan zamonaviy integratsiya aloqalarning globallashuv tendensiyalari va yо‘nalishlariga yetarli darajada mos emas. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling