Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri


Download 1.87 Mb.
bet8/20
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1603942
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Umar magistr07

2.4. Havo, quvur va suv transporti
Bugungi transport tizimlari rivojlanib borayotgan bir davrda mamlakatlar о‘rtasida savdo aloqalari tobora kuchayib, transport tizimlariga shu jihatdan yuklarni qisqa vaqt ichida yetkazib beruvchi tashish vositalariga talab ortib bormoqda.
Havo transporti tashish vositalariga samolyot40 va vertolyot kiradi, ulardan asosan uzoq masofalarga yо‘lovchilarni tashishda kо‘proq foydalaniladi, ularda yuklar tashish hajmi nisbatan ancha kam bо‘lsada, maxsus yuklarni yetkazishda havo transportiga teng keladigani yо‘q albatta. Biroq bu transportning о‘ziga yarasha kamchiliklari mavjudki, bu ham bо‘lsa iqlim sharoitiga bog‘liqligidir. Darhaqiqat, bu borada Surxondaryo viloyati iqlim sharoiti ya’ni shamollar, bо‘ronlar, yomg‘irlar41i havo transporti uchun uncha xavf tug‘dirmaydi.
Aloqa (pochta), yuk va yо‘lovchilarni havo yо‘li orqali samolyotlarda tashiydigan havo transporti 20-asrda tashkil topgan eng yosh tansport turi hisoblanadi. U muayyan infratuzilma (aeroportlar, aerovrkzallar, ularga turli texnik va boshqa xizmat kо‘rsatuvchi korxona hamda muassasalar) talab etadi.
Aeroport bu yо‘lovchi va havo transportining muntazam ishlashini ta’minlash uchun qurilgan va havo yо‘llarida joylashgan doimiy aerodrom. Aeroportlar: xalqaro (turli mamlakatlar samolyotlarini qabul qilishga, ularga xizmat kо‘rsatishga va jо‘natishga mо‘ljallangan), asosiy, ya’ni samolyotlarni doimiy turishiga mо‘ljallangan, boshlang‘ich (reyslar boshlanadigan), oraliq; oxirgi va ehtiyoj (majburiy qо‘nish uchun) guruhlarga bо‘linadi.
Bu transport turi eng qimmatliligi, tezligi va relfga kam bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Yо‘lovchi tashishda uning ahamiyati nihoyatda katta. Unda tashiladigan yuklarning ancha qismi shoshilinch va qimmatbaho bо‘ladi. Havo transporti qishloq va о‘rmon xо‘jaligida ham qо‘llaniladi.
Surxondaryo viloyati havo transporti orqali mamlakatimizning yirik shaharlari va qator horijiy davlatlar bilan aloqa о‘rnatilgan. Termiz-Toshkent, Termiz-Moskva, Termiz-Samarqand-Namangan, Termiz-Buxoro-Ashhobod, Termiz-Andijon-Olmaota, Termiz-Qobul va boshqa havo yо‘llarining ahamiyati viloyat aholisining tashqi madaniy aloqalarida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Havo transportining passajir tashishdagi ahamiyati inobatga olinib, keyingi о‘n yillikda Termiz xalqaro aeroporti ikki marta qayta ta’mirlandi va kengaytirildi. Mamlakatimizning janubiy darvozasi bо‘lgan Termiz aeroporti har jihatdan yuksalib bormoqda.
Termiz aeroporti О‘zbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri xisoblanib uning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat.

  • Xavo kemalariga yerda xizmat kо‘rsatish

  • Yо‘lovchilarga xizmat kо‘rsatish

  • Yuklarga xizmat kо‘rsatish

  • Pochtaga xizmat kо‘rsatish

Termiz aeroporti “О‘zbekiston xavo yо‘llari” milliy aviakompaniyasi tarkibiga kiradi. Termiz aeroporti 1 soatda 400 ta aviayо‘lovchilarga xizmat kо‘rsatish imkoniyatiga ega bо‘lib, aeroport kecha-kunduz davomida ishlaydi va barcha turdagi havo laynerlarini A-320, A-310, Boing 737, 757, 767, il-114, il-76 rusmli xavo kemalari va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qiladi.
Termiz aeroporti xavo kemalariga xizmat kо‘rsatish avtomobil parkida muzlashga qarshi suyuqlik bilan ishlov beruvchi ISUZU avtomashinasi, aerodrom qoplamasini tozalash uchun AIST-5 VMU shamol purkash avtomashinasi, shuningdek xavo kemalarini yelektr bilan taminlovchi «utronnik GPU-150» rusmli qurilma, g‘arbda ishlab chiqarilgan xavo kemalariga yuklarni ortish va tushirishga mо‘ljallangan «Trepel», yо‘lovchilar uchun «ABS-580» rusmli avtotraplar hamda barcha turdagi zamonaviy xavo kemalarini xavo yordamida yurgizuvchi qurilmalar mavjud.
Aeroportdan Toshkent va Moskva shaharlariga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi xamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga charter qatnovlari amalga oshiriladi.
Aerovokzal binosida quyidagilar mavjud:

  • Kutish zali

  • Kecha-kunduz rejimda ishlaydigan pasport, bojxona, chegara nazoratlari

  • Malumotlar sо‘rovi xizmati

  • Aviabiletlar sotish va bronlash bо‘yicha kassa

  • Matbuot tarqatish nuqtasi

  • Bufet

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchasi

  • Dorixona

  • Ona va bola xonalari

  • Vip zal

  • Sayyohlik bо‘limi

  • Tibbiyot bо‘limi

«Termiz aeroporti» MCHJ yangi aerovokzal binosi 2019 yil 1-aprelda ishga tushirildi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling