Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja


Tojikiston Alyuminiy zavodining Surxondaryo viloyati hududiga tasiri


Download 32.85 Kb.
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi32.85 Kb.
#1524719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
15 talik

Tojikiston Alyuminiy zavodining Surxondaryo viloyati hududiga tasiri
Alyuminiy zavodi 1975-yilda Tursunzoda shahri hududida, ya’ni O’zbekiston chegarasidan 10 kilometr narida ishga tushirilgan. Uning quvvati yiliga 517 ming tonna alyumin ishlab chiqarishdan iboratdir. Alyuminiy zavodi vodorod ftoridi, oltingugurt angidridi, azot oksidlari, uglerod oksidi va boshqa zaharli moddalarni havoga chiqindi sifatida chiqarmoqda.Keling, professor Shukur Xurramovning tadqiqotlarini ko’zdan kechiraylik. Bir tonna birlamchi alyumin ishlab chiqarish uchun 33-47 kg ftor sarf qilinadi va undan 65 foizga yaqin vodorod ftoridi atmosferaga tarqaladi. Bu zavod 1989 yilda 460 tonna mahsulot ishlab chiqargan. Demak, zavod shu yilning o’zida 500 tonnaga yaqin ftorid kukunini atmosferaga “sovg’a” qilgan. Kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, tuproqda-2.7, piyozda-29.6, sutda-14.9, sabzida-22.8, olmada-23, bug’doyda-5.5 foiz shunday birikmalar bor ekan.Viloyatdagi ma’sul idoralar xodimlari 2005 va 2006 yilning avgust oylarida Uzun, Sariosiyo, Denov tumanlarida ekologik holatning nihoyatda og’ir ekanligini ko’rib chiqdilar. Hozirgi vaqtda bu zavod mo’rilaridan chiqayotgan zaharli gaz tutunlari hattoki Oltinsoy, Jarqo’rg’on tumanlari hududlarigacha yetib kelgan2006 yilda “Ruskiy alyuminiy” (Rusal) kompaniyasining bosh direktori Oleg Deripaska janoblari bu hududga tashrif buyurdi. U bir dunyo va’dalarni berdi. Ammo va’da va’daligicha qoldi. Eng achinarlisi , tashrifdan so’ng Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida yangi alyumin zavodini qurish ishlari jadal boshlab yuborildi. Alyumin zavodining ta’sirida anor, xurmo, uzum va boshqa mevali daraxtlardan ham hosil olib bo’lmayotganligi haqida bugun dehqonlar ro’y-rost aytishmoqda. Eng muhumi, bu zavodning ta’sirida shimoliy tumanlarda chorva tuyoq soni yildan yilga kamayib bormoqda. Ayniqsa, mollarning ovqat hazm qilish organlari, buyrak , o’pka va jigarlari kasallanib, hayvonlarning nobud bo’lishiga olib kelmoqda.
Dorivor o`simliklarni tabiiy hududlardan terishning ekalogik talablari
O‘zbekiston tibbiyotida qo‘llaniladigan dorivor vosita­larning 38-40% ini o‘simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi og‘ir kasalliklarni davolashda ishlatiladi­gan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo‘li bilan olib bo‘lmadi. Ularni olish manbai hozircha faqat o‘simliklar bo‘lib qolmoqda.Farmatsevtika sanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta miqdorda dorivor o‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan yig‘iladi. Yil sayin dorivor o‘simliklar mahsuloti­ga bo‘lgan talab oshmoqda. SHuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori ham oshmoqda.
YOvvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning zahirasi har qancha ko‘p bo‘lmasin, yildan-yilga ko‘payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig‘ishni to‘g‘ri uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy asoslangan qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Dorivor o‘simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig‘ish.
3. Yig‘ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig‘ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‘natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.

Download 32.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling