Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida


Download 29.87 Kb.
bet4/5
Sana15.11.2023
Hajmi29.87 Kb.
#1776691
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY

O’rmon huquqi tizimi. O’rmon huquqining huquq tizimida tutgan o’rni va roli. Har qanday huquq birgina tartibsiz, o’z o’zidan namoyon bo’ladigan huquq normalaridan iborat bo’lmaydi, balki ma’lum ichki bir biriga mos tizimdan iborat bo’ladi. Huquq tizimi deganda bir birlari bilan turli aloqalar va o’zaro munosabatlarga birlashgan alohida elementlarni o’z ichiga oladigan murakkab tashkiliy yaxlitlik tushuniladi. Huquq tizimi deganda esa tarixan vujudga kelgan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning tavsifi bilan belgilanadigan huquqning ob’ektiv tarzda mavjud bo’ladigan ichki tuzilishi tushuniladi.
O’rmon huquqi tizimi – bu uning ijtimoiy munosabatlarni tartibgi solish funktsiyalarini bajarish bilan bog’liq holda joylashgan huquq normalari va institutlarining tuzilishi, tizimi birligidir. Demak, O’rmon huquqi tizimi deb bir turdagi o’rmon huquqiy munosabatlari tartibga soluvchi har bir o’rmon huquqiy normalarining guruhlaridan tashkil topgan o’rmon-huquqiy institutlar yig’idisiga aytiladi. Institutlar va ularga toplangan normalar esa o’z navbatida o’rmon huquqini tizimini tashkil etib, ular mustaqil o’rmon huquqi tarmog’ini vujudga keltiradi.
O’rmon huquqining tuzilishi o’rmon ijtimoiy munosabatlarining xarakteri bilan bog’liqdir. Aynan u yoki bu o’rmon munosabatlar turining o’ziga xosligi, ularning jinsliligi va o’ziga xos xususiyati o’rmon huquqi sohasi bosh tuzulmaviy bo’lagi bo’lgan huquq institutining moddiy belgisi hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning harakatdagi huquqiy nomalarni birlashtirib bitta turdagi huquq istitutini vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’rmon huquqining barcha normalari u yoki bu turdagi ijtimoiy o’rmon munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan bo’ladi. O’rmon huquqi normalari tartibga soluvchi va muhofaza etuvchi, umumiy va maxsus, shuningdek definitiv va deklarativ bo’lishi mumkin. SHunga muvofik tazida o’rmon huquqi institutlari umumiy, tartibga soluvchi (huquq belgilovchi), muhofazalovchi, maxsus turlarda bo’lishi mumkin.
“O’rmon to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida barcha o’rmon munosabatlarini tartibga solish uchun asosiy ahamiyatga ega bo’lgan “O’rmonlarga bo’lgan mulchilik” deb nomlanuvchi umumiy qoida o’z ifodasini topgan. Ushbu norma o’rmonlarga nisbatan davlat mulchiligini o’rnatuvchi konstitutsiyaviy qoidani mustaxkalaydi. Bu qoida o’rmon huquqining barcha normalarini umumlashtiiradi va ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdagi harakatlarini aniqlab beradi. O’rmon to’g’risidagi qonuning 26-moddasi (daraxtzorlar va butazorlarni kesish) tartibga soluvchi normaga kiradi. SHu Qonunning 43-moddasi esa o’rmon huquqi normasining muhofazalovchi vazifasini bajaradi va o’rmon qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni o’rnatadi.
O’rmon huquqida salmoqli o’rinni o’rmon fondidagi turli toifadagi o’rmondan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus normalar egallaydi. Bularga, masalan, o’rmonlardan ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish, ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalanish, madaniy ma’rifiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish, rekratsiya va estetik maqsadlarga foydalanish kabi normalarni ko’rsatsa bo’ladi. Huquqiy normalarni umumlashtirishda u yoki bu tomonidan bajariladigan asosiy vazifa muhim omil hisoblanadi. CHunonchi, o’rmon tuzish huquq institutining bosh vazifasi bo’lib davlat o’rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash, o’rmon huquqining ichki himoyaligini tashkil etish, tipografiya-geodeziya ishlarini bajarashi, o’rmonlarni maxsus xaritaga kiritish, davlat o’rmon fondini hisobga olish va shunga o’xshashlar hisoblanadi. O’rmon huquqi institutlari odatda umumlashgan holda qonuniy mustahkamlangan bo’ladi. Ular moddalar yoki bir qator moddalar, shuningdek, ularni to’ldiruvchi normativ aktlar ko’rinishda bo’ladi. Masalan, o’rmon fonda yerlari instituti “O’rmon to’g’risida”gi qonunda, Yer kodeksida mustahkamlangan bo’ladi. O’rmon huquqi tizimi umumiy va alohida qismlardan iborat. Umumiy qismda o’rmon ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar ifodalangan bo’ladi.
O’rmon huquqi tizimi umumiy va alohida qismlardan iborat bo’ladi. Umumiy qismda ijtimoiy munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy qoidalar ifodalangan bo’ladi. O’rmon huquqining umumiy qism institutlariga o’rmonlarga nisbatan davlat mulkchiligi, o’rmonlardan foydalanish, qayta ko’paytirish, muhofaza etish ustidan davlat boshqaruvi, o’rmondan foydalanish, o’rmonlarni muhofaza qilish, o’rmon qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik qabilar kiradi. O’rmon huquqining alohida kismi davlat o’rmon fondidagi o’rmonlardan foydalanish, qayta ko’paytirish, muhofaza va himoya qilish bo’yicha ijtimoiy munosabatlari tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidan tashkil topadi. O’rmon huquqi alohida qismini institutlarga ajratishga asos bo’lib: foydalanish ob’ekti (turli xil o’rmonda): foydalanish maqsadi: boshqarish hususiyati: muhofaza va himoya etishning o’ziga xosligi; o’rmon munosabatlari sub’etlari: o’rmon xususiyatini yuritishning xarakteri hisoblanadi.
O’rmon huquqining ba’zi institutlari majmualashgan ahamiyat qasb etadi. Masalan, o’rmon fonda yerlari ham yer huquqi, ham o’rmon huquqi normalari bilan tartibga solinadi. SHunday holatni ushbu ijtimoiy munosabatlarning harakatlari xususiyatidan kelib chiqib tushunish mumkin. CHunki, barcha toifa yer fondlari, jumladan o’rmon fondi yerlari ham yer huquqiy munosabatlarning ob’ekti hisoblanadi. SHuningdek o’rmon yerlari o’rmon huquqiy munosabatlarning ham ob’ektidar.
O’rmon huquqi yuridik fan tarmog’i va o’quv predmeti sifatida umumiy, alohida va maxsus qismlardan iborat bo’ladi. Maxsus qismdan esa, chet davlatlar o’rmon huquqi to’g’risida ma’lumotlar beriladi.

Download 29.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling