Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida


Download 29.87 Kb.
bet5/5
Sana15.11.2023
Hajmi29.87 Kb.
#1776691
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY

O’rmon huquqi printsiplari. Huquq tamoyillari tushunchasi huquq nazariyasi fanida ishlab chiqilgan. Unga ko’ra huquq tizimining tarixan vujudga kelgan rahbariy asoslari, huquqda ifodalangan normativ (yo’lboshchi) qoidalar huquq tamoyili hisoblanib, ular huquqda mustahkamlangan ijtimoiy hayot qonuniyatlarining mazmunini, o’zagini tavsiflaydi. Huquq printsiplarida ijtimoiy munosabatlar yuridik shakllarining eng muhim qirralari ifodalanadi, huquq mazmuni ochib beriladi, jamiyatining ehtiyojlari, dunyoqarashlari va manfaatlariga moslilik masalasi belgilanadi. Ular harakatdagi huquqiy normalardan ajralmas bo’lib, huquq ijod qilish va huquq ko’llash faoliyatini yo’naltirishga hizmat qiladi. Huquq printsiplariga quyidagilar tegishli bo’ladi: xalq hokimiyatchiligi, demokratizm, gumanizm, haqiqatparvarlik, tenglik, qonuniylik, huquq va majburiyatlar birligi, ishontirish va majburlashning uzviyligi, ayb uchun javobgarlik. Bu printsiplar umumiy tartibda o’rmon huquqi printsiplarini ham tashkil etadi. Ammo, o’rmon huquqining o’ziga tegishli bo’lgan printsiplari ham mavjuddir. Bularga: o’rmonlarga nisbatan davlat mulkchiligi, o’rmonlarni davlat tomonidan boshqarilishi, o’rmonlarni qayta ko’paytirish, o’rmonlarni qo’riqlash va boshqalar kiradi.
“O’rmon to’g’risida”gi qonunda o’rmon huquqi normalarida to’g’ridan- to’g’ri mustahkamlangan faqat o’rmon huquqiga taalluqli bo’lgan bir guruh sohaviy printsiplar ko’rsatilgan. CHunonchi, “O’rmon to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilishga, o’rmon xo’jaligini tashkil etish uchun quyidagilar ta’minlanishi shart: o’rmonlarni himoya etish sog’lomlashtirish va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash va kuchaytirish; o’rmonlardan oqilona foydalanish; o’rmonlarni takroriy ko’paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish, nav tarkibi va sifatini yaxshilash; o’rmonlarni yong’indan saqlash va qo’riqlash, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish; o’rmonlarni ko’riqlanish toifalarini aniqlash; o’rmonning yetilish yoshini, daraxt kesish usulllari va o’rmondan foydalanish normalarini belgilash, o’rmon mahsulotlaridan pullik foydalanish va boshqalar.Yuqorida aytilgan qoidalarni ijtimoiy o’rmon munasabatlarini huquqiy tartibga soluvchi, o’rmon huquqi printsiplari sifatidagi me’yoriy- rahbariy qonunlar deb hisoblash mumkin.
Mazkur qidalar asosiy talablar sifatida o’rmon xo’jaligi yurituvchilariga nisbatan o’rmon huquqi normalarida belgilangan. Ushbu qoidalarning har biri alohida huquqiy normalarda aniqlashtirilgan.
CHunonchi, “O’rmon to’g’risida”gi qonunining 34-moddasida belgilanishicha, o’rmonlarni tiklash, ko’paytirish, mahsuldorligini oshirish, quyidagi talablarga, ya’ni daraxt kesilgan joylarda va o’rmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarda xo’jalik jihatidan qimmatli navlar tarkibini yaxshilash, ularning mahsulodligini va muhofaza xususiyatirini oshirish, o’rmonlarning genetik fondi va bioligik xilma-xilligini saqlab qolish kabi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Yoxud, shu Qonuning 38-moddasida o’rnatilishiga, o’rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko’paytirish ta’sir etadigan yangi va qayta tiklanayotgan korxonalar, inshootlar va boshqa ob’ektlarni joylashtirish, loyihalash, kurish va ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish o’rmonlarni muhofaza qilish va takroriy ko’paytirish tadbirlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi.
O’rmon huquqi sohasiga tegishli bo’lgan va o’rmon qonunchiligida mustahkamlangan bu kabi printsiplarni ko’plab ko’rsatish mumkin. Masalan, “O’rmon to’g’risida”gi qonunning 32, 33, 34, 35, 36, 38, 41-moddalarida shunday printsiplar

o’z ifodasini topgan. O’rmon huquqining hamma normalari o’rmonlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanish printsipi asosida shakllangan deyish mumkin. Bu printsip o’rmondan foydalanuvchilarning ko’pgina majburiyatlari asosida yotadi. O’rmondan oqilona foydalanish barcha o’rmonga bo’lgan huquq egalaridan eng zamonaviy agrotexnika usullarini qo’llab, ilmiy xulosalarga tayangan holda foydalanishni taqozo etadi.


O’rmon fondini asrash, uning sifatini yaxshilash va unumdorligini oshirish printsipi o’rmon foydalanishga taaluqlidir. Bu sohada har bir o’rmondan foydalanuvchi o’ziga biriktirilgan o’rmon maydonlarini asrashi, ya’ni uning boshqa maqsadda ishlatib ketishi, chiqindilar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanib ketishining oldini olishi shart.
O’rmon ob’ektlariga zarar yetkazilishining oldini olish printsipi bir qaraganda o’rmonga bo’lgan huquq egalarini majburiyatini takrorlaganday bo’ladi, go’yo. Vaholanki, o’rmon huquqining barcha normalari aynan ushbu printsipga asoslangan holda vujudga keladi va amal kiladi. Bu printsipga ko’ra o’rmon ob’ektlari (suv, yer osti boyliklari, o’simliklar va hayvonot dunyosi)ning tabiiy xususiyatlari o’rmon mulk, egalik, foydalanish munosabatlarida bo’lganida saqlanib qolishi lozim. O’rmonga nisbatan sodir etiladigan har qanday faoliyatda ham unga kimyoviy, biologik, radioaktiv, ekologik va boshqacha mazmundagi zarar yetkazmasligi kerak. Bu printsipning muhim jihati shundan iboratki, unga ko’ra o’rmon huquqi kelib chiqqan zararni bartaraf etishdan ko’ra, uning oldini olishni ustuvor deb, belgilaydi.
Haq to’lash asosida o’rmondan foydalanish printsipi shuni anglatadiki, barcha o’rmondan foydalanuvchilar o’zlariga qarashli bo’lgan o’rmonlardan foydalanganliklari uchun u yoki bu ko’rinishda xaq to’laydilar. Demak, o’rmonga nisbatan biror bir huquqqa ega bo’lish va uni amalda realizatsiya qilish uchun haq to’lash lozim. O’rmondan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq har xil bo’lishi mumkin: yer solig’i, ijara haqi, topshirilgan mahsulot uchun xaq (pudrat shartnomasida), o’rmon to’lovi va hokazo. O’rmon xuquqining normalari o’rmonlarning holati haqida axborotlardan erkin foydalanish printsipi asosida amal qiladi. Unga ko’ra, o’rmonlarining davlat dasturi ko’rsatkichlari, ya’ni ularning tabiiy, xo’jalik holati va huquqiy maqomi, miqdor va sifat baxosi va boshqa tavsiflari to’g’risidagi axborotlar ochiq, to’liq, ishonarli hamma uchun maqbul tarzda xohlovchilarga va foydalanuvchilarga berilishi kerak. O’rmonlarning holati haqidagi axborot davlat organlari va yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim turlari uchun tekin, ayrim yuridik va jismoniy shaxslar uchun pullik bo’lishi mumkin.
O’rmonga nisbatan davlat mulk xuquqi ustivorligi printsipining mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyaning 55-moddasi hamda “O’rmon to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasidan kelib chiqadi.
“O’rmon to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan, o’rmon davlat mulki – umummiliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofoza
etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayriboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo’yilmaydi. Davlat mulkdor sifatida eng so’nggi so’z (harakat) huquqining o’zida qoldiradi. O’rmon va uning boyliklaridan kompleks foydalanish printsipning ma’nosi shundan iboratki, har bir o’rmondan foydalanuvchi o’ziga berilgan o’rmonlarning tabiiy imkoniyatlardan to’liq foydalanishi, undagi suv, umumiy tarqalangan foydali qazilmalardan ham imkon darajasida yuqori foydalanishi lozim.

Nazorat savollari:


  1. O’rmon huquqi tushunchasiga ta’rif bering

  2. O’rmon huquqining predmeti nima?

  3. O’rmon huquqi qanday tizimlardan tashkil topgan?

  4. O’rmon huquqi tizimining o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

  5. O’rmon huquqi printsiplari deganda nimani tushunasiz?

  6. O’rmon huquqi qaysi printsiplarga asoslanadi?

Download 29.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling