Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida
Download 29.87 Kb.
|
1-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
O’rmon huquqi tushunchasi, predmeti va metodi. O’rmon huquqi printsiplari.
O’zbekistonning barcha o’rmonlari yagona o’rmon fondini tashkil etadi. O’zbekiston o’rmonlari o’zining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajaradigan vazifalari bilan boshqa davlatlardagi (masalan, Rossiya, Kanada va h.k.) o’rmonlardan katta farq qiladi. Bu yerda ularni tog’, daryo yoqalari, vodiy o’rmonlari va cho’l o’rmonlariga ajratish mumkin. O’zbekistonda xorij “o’rmonli” davlatlaridagidek o’rmonlar bo’lmasa ham qonun “o’rmon” deb belgilagan o’rmonlar mavjud. “O’rmon to’g’risida”gi Qonunning 5-moddasiga binoan, O’zbekistonda o’rmon deganda, o’rmon xo’jaligi organlari qaramog’idagi, shuningdek boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi o’rmonlarni tushunish kerak. Demak, o’rmon xo’jaligi hududida o’sayotgan daraxtzorlar guruhi tom ma’noda o’rmon bo’lmasa ham yuridik ma’noda o’rmon deb tan olinadi. Respublikaning o’rmonlar bilan qoplanish darajasi 5,3% ni tashkil etadi. Lekin bu ko’rsatgich yildan yilga kamayib bormoqda. 1996 yilga qaraganda (9 yil davomida) davlat o’rmon fondining umumiy maydoni 1 mln. gektardan ko’proqqa kamaydi, daraxtzorlar miqdori esa 1% ga kamaydi. O’rmon o’simliklarining shitob bilan nobud bo’lib boratganligi juda tashvishli holatdir. O’rmonlar bilan bog’liq ekologik muammolar borgan sari keskinlashib, umuman ekologik muammolarning dolzarb tarkibiy qismiga aylanmoqda. O’rmonlardan foydalanish va muhofaza qilish munosabati bilan vujudga keladigan huquqiy munosabatlar o’rmon huquqiy munosabatlar deb ataladi. O’rmon huquqiy munosabatlar bir biriga o’xshashligi jihatidan bir necha institutlarga jamlanadi. SHu huquqiy institutlarning barchasi yig’ilib o’rmon huquqini tashkil etadi. O’rmon huquqi huquq tizimida mustaqil huquq sohasini tashkil etadi. U mustaqil huquq soxasi uchun zarur bo’lgan barcha ob’ektiv belgilarga, ya’ni huquqiy tartibga solish predmeti, ijtimoiy munosabatlarning alohida sohasiga ega bo’lish, huquqiy tartibga solish usuli (metodi), umumiy qoidalar, huquqiy normalarning alohida tizimi, tamoyillari, funktsiyalari4 va boshqalarga ega bo’ladi. O’rmon huquqi o’zida o’rmonlarga nisbatan davlat mulkchiligi asosida o’rmonlardan oqilona foydalanish, ularni qayta ko’paytirish, muhofaza etish, o’rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash, o’rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya etish, o’rmon xo’jaligi yuritish va boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimini mujassam etadi. Huquq tizimida ma’lum huquq sohasini mustaqil deb tan olish uchun moddiy va yuridik belgi(mezon)larga ega bo’lish lozim. Huquq tizimini vujudga keltiruvchi moddiy omillarga huquqiy tartibga solish predmeti, ya’ni huquqqa nisbatan tashqi holat hisoblanuvchi, ammo uning ta’sir kuchi yo’naltirilgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum doirasi kiradi. O’rmon huquqini umum tan olingan belgilaridan tashqari uni huquq tarmog’i sifatida tavsiflaydigan maxsus huquqiy belgilariga quyidagilar kiradi: a) huquqiy tartibga solishning mustaqil yuridik sohaviy rejimi. Bunga huquqiy tartibga solish usuli, umumiy qoidalar, tartibga solish mexanizmi kiradi; b) o’rmon qonunchiligida jamlangan alohida huquqiy normalar tizimining mavjudligi; v) o’rmon huquqi normalarining o’ziga xos sifatlarini ifodalovchi tamoyillarning mavjudligi; g) alohida vazifalarning mavjudligi; d) o’rmon huquqi normalarining boshqa huquq sohalari normalari bilan o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri (avvalo, Yer, yer osti boyliklari, suv huquqi normalari bilan); ye) umumiy va alohida qismlarning mavjudligi; j) mustaqil o’rmon huquqiy munosabatlarning mavjudligi. SHunday qilib, o’rmon huquqi huquq sohalarining moddiy va yuridik belgilariga ega bo’lib, o’rmonlardan foydalanish, qayta ko’paytirish, muhofaza qilishni ta’minlash sohasida birorta boshqa huquq sohalariga xos bo’lmagan vazifalarni bajaradi. O’rmon huquqining predmeti, ya’ni o’rmon huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar o’rmon qonunida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi “O’rmon to’g’risida”gi qonunining 1-moddasida ko’rsatilishicha, o’rmon munosabatlari shu qonun bilan tartibga solinadi. O’rmon to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko’paytirishni ta’minlash hamda o’rmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o’rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat (2-modda). Ushbu moddalarning mazmunidan ko’rinib turibdiki, jamiyatning ijtimoiy munosabatlar tizimida o’rmon munosabatlari mustaqil sohani tashkil etadi. SHu munosabat bilan o’rmon munosabatlari tushunchasini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. O’rmon munosabatlari terminini o’rmonlarga oid ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi deb tushunish mumkin. Aynan o’rmonlar foydalanish, qayta ko’paytirish va muhofaza qilish sohasidagi o’rmon munosabatlarini keltirib chiqaruvchi tabiiy moddiy boylik hisoblanadi. SHuning uchun o’rmon huquqi predmetini aniqlash uchun avvalo, o’rmonning tub huquqiy tushunchasi va mohiyatini aniqlash talab etiladi. Demak, o’rmon huquqi tushunchasini to’laroq tushunish uchun “o’rmon”, “o’simlik dunyosi”, “o’rmon bilan qoplangan yerlar”, “o’rmon bilan qoplanmagan yerlar” kabi bir qator tushunchalar va ularning bir-biriga nisbatlarini anglamoq lozim bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o’simlik bilan qoplangan barcha yerlarni ham biz o’rmon fondiga kirita olmaymiz. SHuningdek, o’simlik bilan qoplanmagan ba’zi yerlarni esa o’rmon fondiga kiritishimiz mumkin. “Muhofaza qilish va oqilona foydalanishni talab etuvchi o’simlik dunyosi ob’ektlari o’rmon o’simliklari hisoblanadi (daraxtlar va buta o’simliklari)” O.S.Kolbasovning ta’kidlashicha, “O’rmonlar o’simlik dunyosining faqat bir qismigina hisoblanadi”. Demak, shundan xulosa qilib, o’rmonning huquqiy tushunchasini barcha o’simlik dunyosidan foydalanish bilan emas, balki faqat o’rmon fondiga kiritilgan yoki ajratilgan o’simlik bilan qoplangan yoki qoplanmagan yerlar va ular ustidagi boyliklardan foydalanish bilan bog’lab tushunish maqsadga muvofiqdir. O’rmon fondiga kiritilmagan o’simliklarni, ya’ni qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardagi dov-daraxtlarni, bog’larni, temir yo’l, avtomobil yo’llari atrofidagi, suv fondlaridagi himoya xarakteridagi daraxtlarni biz huquqiy ma’nodagi o’rmon tushunchasi doirasiga kirita olmaymiz. SHuningdek, shaharlardagi, qishloq aholi punktlaridagi yashil daraxtlar, tomorqa yerlaridagi, dalahovli uchastkalaridagi daraxtlar ham o’rmon fondiga qo’shilmaydi. SHu sababdan ushbu o’simliklardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni o’rmon qonunchiligi tartibga solmaydi. SHuning uchun ular o’rmondan foydalanish va muhofaza qilish tushunchasiga kirmaydi. Ayrim xorijiy davlatlarda o’rmon huquqining tartibga solish ob’ekti – o’rmonning yuridik tushunchasi birmuncha kengroq qilib belgilangan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi O’rmon kodeksiga binoan, o’rmon tushunchasiga o’rmon o’simliklari, yer, hayvonotlar dunyosi va atrof-muhitning boshqa tarkibiy qismlari kiradi. O’zbekiston qonunchiligiga ko’ra, o’rmon tushunchasiga hayvonotlar dunyosini kiritish mumkin emas. Hayvonot dunyosi bilan bog’liq munosabatlar o’rmon qonunchiligi tartibga soladigan munosabatlar doirasiga kirmasdan, balki boshqa huquq soxasi bilan tartibga solinadi. Xuddi shuningdek o’rmon yerlari ostida joylashgan qazilma boyliklar ham o’rmon qonunchiligi bilan tartibga solinmasdan, kon qonunchiligi tartibga soladigan munosabatlar doirasiga kiradi. SHu sababdan o’rmondagi yer osti boyliklarini ham o’rmon tushunchasiga kiritish mumkin emas. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, o’rmonlar tushunchasi belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, o’rmonlar maxsus ajratilgan yerlarda, ya’ni o’rmon fondi yerlarida joylashgan bo’ladi; ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida bo’la turib, o’rmon sifatida tan olingan bo’lishligi; uchinchidan, davlatning hisob hujjatlarida o’rmon deb qayd etilgan bo’lishi lozim. Demak, o’rmon to’g’risidagi O’zbekiston qonunchiligiga ko’ra, yuridik ma’noda o’rmon deganda, o’rmon fondi tarkibiga kiritilgan, davlat ro’yxatiga olingan, xalq xo’jaligi, tabiatni saqlash (ekologik) va boshqa maqsadlarda foydalanish tartibi belgilangan daraxtlar, butalar va boshqa o’simliklardan tarkib topgan tabiat ob’ekti majmuini tushunish maqsadga muvofiqdir . O’rmon huquqining uch hil ma’nodagi tushunchalarini keltirish mumkin. Birinchidan, o’rmon huquqi O’zbekiston huquq tizimining mustakil huquq tarmog’idir. O’rmon huquqida har bir huquq sohasi uchun zarur bo’lgan belgilar, ya’ni: a) o’z maxsus predmeti; b) maxsus huququqiy tartibgi solish uslubi; v) davlat tomonidan tartibga solinadigan shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarning; g) alohida guruhlangan huquqiy-normativ aktlarning mavjuddir. Download 29.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling