Numizmatika-tangashunoslik fani. Qadimiy tangalardagi belgi-rasmlar, tasvirlar, tamg`alar va yozuvlar orqali ijtimoiy-siyosiy tarixning ayrim jihatlarini o`rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi.
Xronologiya (yunoncha “xronos”-vaqt, “logos”-fan.)-tarixiy taraqqiyot bosqichlari, voqealarning davriy ketma-ketligini o`rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi.
Etimologiya (yunoncha “etymon”-haqiqat, chin “logos”-fan)-biron bir so`z yoki atamaning kelib chiqishi, uning boshqa so`zlar bilan o`zaro yaqinlik aloqalarini o`rganuvchi fan sohasi.
Etnografiya (yunoncha “etnos” xalq, “grapho” yozaman) -tarixning yordamchi fan sohasi bo`lib, xalqlarning urf-odatlari, xo`jaligi va madaniyatini; xalqlar, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini o`rganadigan ijtimoiy fan. Etnografiya fani asosiy e`tiborni hozirgi xalqlarga qaratgan holda o`tmishda mavjud bo`lgan barcha etnik birliklarni ilmiy o`rganishni ham qamrab oladi.
Epigrafika-qadimgi bitik, yozuvlarni o`rganuvchi fan
Do'stlaringiz bilan baham: |