Mavzu: Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yoʻnalishlari Kirish
Download 179.86 Kb.
|
Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yoʻnalishlari2222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
- Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
- Tashqi savdo siyosati
Mavzu: Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yoʻnalishlari Kirish Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri; O‘zbekistonning sobiq ittifoq davridagi tashqi iqtisodiy aloqalari; O‘zbekiston mustaqillik yillaridagi tashqi iqtisodiy aloqalarini o‘sishi; Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari; Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Respublikamizda tashqi savdo siyosatini amalga oshirish maqsadida har yili Rivojlanish davlat dasturi qabul qilinadi. Jumladan, jahondagi rivojlangan davlatlar bilan savdo aloqalarini yaxshilash, mamlakatimizning export-import salohiyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlash, talab-ehtiyojlarni o‘rganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga bo‘lgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash kabi ustuvor davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi davr boshlandi. O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishdir. Ular bilan valyuta-kredit munosabatlari, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari kengaytirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida maxsus qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobilььь zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda. O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi. Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda. O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi. O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda. Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar. O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir. Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi. Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga zamin yaratadi. Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini kengaytirmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari , jumladan, Jalolobod irrigasiya majmui, Sarda va Qunduz daryolaridan to‘yinadigan so‘g‘orish kanallari, suv omborlari, shuningdek sanoat korxonalari va uy-joylar qurishda, Suriyada Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda, Xindistonning Madras, Madxya-Pradesh va O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik elektr stansiyalari datlabki paxta tozalash sanoati, Jazoir, Gana, Mali, Indoneziya, Shri-Lanka hamda Kombodjada sholipoyalar barpo etishda ishtirok etdilar. O‘zbekiston Re5spublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, Xelsinki jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot bankining a’zosidir. Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha mutaxassisi (Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon tashkiloti (Voz), ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoat palatasi Afrika–Osiyo iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir. Chet mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120ga yaqin davlatlar bilan ish olib bormoqda. Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan sohasida samarali hamkorlik qilmoqda. Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi. Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama. O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi. Mamlakat chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli rejasi belgilangan. Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari yaratildi. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo va investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bankmoliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llarining aniq hamda to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi. Mustaqil davlatimiz iqtisodiyotini isloh qilish hamda yangilashdan asosiy maqsad respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirishdan iborat, deb belgilandi. O ‘zbekistonda ushbu vazifalardan ko‘zlangan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat ko‘rsatishga zarur sharoitlar yaratish, ularning ma’naviy, axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. 0 ‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida MDH dagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga y o i qo‘yilmaslikka erishdi. 1991-1995-yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning pasayishi, MDH davlatlari o‘rtasida eng past ko‘rsatkich — 18,8 %ni tashkil etdi. Holbuki, ushbu ko‘rsatkich Rossiyada — 53 %, Ukrainada — 52 %, Belarusda — 54,6 %, Qozogistonda esa 75,4 %ga teng boidi. O ‘zbekiston iqtisodiyoti 1997-2003-yillarda yiliga o‘rtacha 3,8-5,2 % iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan rivojlandi. Qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005-yildan e’tiboran yiliga 7-9 %darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd. dollardan 2013-yilda 28,9 mlrd. dollar hajmiga yetdi, ya’ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 24,3 martaga, import 38,3 martaga ortib, tashqi savdo balansida 0,07 mlrd. dollarlik saldodan 1,3 mlrd. dollarlik ijobiy saldoga erishildi. Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani jalb etish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jamg‘armaning asosiy vazifasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Jamg‘armaning o‘tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida 153 ta tadbirkorlik subyektiga umumiy qiymati 56 million dollardan ziyod boigan eksport shartnomalarini tuzishda yordam ko'rsatildi».1 Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar salmog‘ ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol kuzatilmoqda. Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati boigan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos boidi. Uning eksport tarkibidagi ulushi keskin kamayib, 1990-yildagi 59,7 %dan 2013-yilda 7,7 % ga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 28 % dan kamroq boigan boisa, hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich 72 %dan ziyoddir. Mamlakatimiz iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15-yilda bug‘doy importi nafaqat to‘xtatildi, balki 0 ‘zbekiston o‘z bug‘doyi va g‘allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Natijada import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 1990-2013-yillarda 48,9 %dan 9,7 %ga qadar qisqardi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 12,1 %dan 2013-yilda 44,1 %ga yetdi. Tashqi savdo geografiyasi tarkibida ham diversifikatsiya jarayonlari sodir boidi. Tashqi savdoda sobiq Ittifoq respublikalariga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Jumladan, 1990-2013-yillarda 0 ‘zbekiston eksportining tarkibida uzoq xorij mamlakatlarining ulushi 37,7 %dan 52,6 % gacha, import tarkibida esa 42,6 %dan 62,6 %gacha ortdi.2 Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning insititutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilindi, eksportga yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantirish omili bo‘ldi. Respublikamiz eksporti va importining tovar hamda geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan mahsulotlarga talabni o‘rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi: • eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko‘maklashish; • ularni tashqi bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to‘g‘risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish; • transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish; • yangi transport yo‘laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k. Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman, tashqi savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o‘zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush farovonligini yanada ko‘tarish maqsadlariga xizmat qiladi. Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga ko‘maklashuvchi choratadbirlar yig‘indisidir. Tashqi savdo siyosati quyidagi ikki yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: • eksport siyosati; • import siyosati. Eksport siyosati eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeli doirasida rivojlanadi. Import siyosatining turlaridan biri import o‘rnini qoplash siyosati hisoblanib, bu siyosat ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida katta rol o‘ynagan. Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yotadi. Tashqi savdo siyosati milliy, ikki tomonlama, hududiy, xalqaro darajalarda amalga oshiriladi. Qayd etib o‘tilgan har bir daraja o‘z xususiyatlariga ega. Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosiga va tartibga solish darajasiga qarab tashqi savdo siyosati proteksionistik va erkin savdo xarakteriga ega boladi. 1 Tashqi savdo siyosati -rasm. Download 179.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling