Mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. Reja: O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi


Download 36.85 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi36.85 Kb.
#1414520
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI


MAVZU. O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI.
REJA:
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
2. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari.
4.Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi.O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni.

1.O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi.
Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki tomonning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning tarkibidagi 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi jahon tapaqqiyotininr holatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Endi dunyo ko‘p qutbli bo‘lib qoldi.
Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga ko‘tarildi. Sotsialistik tuzum emirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi.
Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. SHular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda edi. O‘zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizasiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo‘lda birinchi Prezident I. A. Karimovning o‘rni beqiyosligini ham aytib o‘tmoq lozim.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federasiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. SHuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
Mamlakatimiz tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, xalqiimz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlarida O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama tashqi siyosatni amalga oshirish –davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va muhim vositasi ekanligi tashqi siyosatni amalga oshirish yo‘llarini belgilashda negiz qilib olindi:
mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish;

  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • nizolarni tinch yo‘l bilin hal etish;

  • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

  • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

  • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

  • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida itttifoqlar to‘zish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

  • tajovo‘zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

  • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqmaslik;

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olishini ta’minladi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. SHuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
SHu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, Ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi.
1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib saylandi.
O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi bir qator aniq takliflarni tashladi. Bularga Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chaqirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo‘yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni ta’qiqlash bo‘yicha xalqaro nazorat o‘rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilar kirdi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1995-yil BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy e’tiborni bu tashkilotning faoliyatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. “Olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib, tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va O‘zbekiston “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni ta’minlash bo‘yicha kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish haqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global muammoni ko‘tarib chiqqani ham muhim ahamiyat kasb etdi. “Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojea, butun er yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million kishilarning hayot sharoitlari, salomatligi, nasliga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi global muammo” ekanligini ta’kidlab o‘tildi, buni BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal etish mumkin emasligi ham asoslab berdi. Bunday muammolar birinchi Prezidentimizning fundamental asari “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida batafsil nazariy va amaliy jihatdan asoslab berildi. Asarda dunyoda barqarorlik va jo‘g‘rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina har qanday mintaqada rivojlanish kuchli bo‘lishi asoslab o‘tildi.
BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig‘ilishlarda O‘zbekiston rahbariyatining kiritgan aniq tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi. (O‘zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni “Afg‘onistondagi mojorolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. O‘zbekiston rahbariyatining tinchlik yo‘lidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg‘onistonda muxolif kuchlar o‘rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur Bayonot o‘zaro qon to‘kilishning oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning harakatlarini qoralab o‘tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O‘zbekistonning tinchlik yo‘lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.

Download 36.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling