Mavzu: O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida


Vazirlar Mahkamasi majlisi


Download 77.68 Kb.
bet3/3
Sana11.03.2023
Hajmi77.68 Kb.
#1259524
1   2   3
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida-fayllar.org

Vazirlar Mahkamasi majlisi
18 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi bo`lib o`tdi. Unda 2004 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasidan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada isloh qilish va erkinlashtirish borasida hukumat tomonidan amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Majlisni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev boshqardi.
Davlatimiz rahbari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" nomli ma`ruzasida 2004 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy yakunlariga to`xtalar ekan, o`tgan yil biz uchun oson kechmagan bo`lsa-da, erishilgan yutuqlar barchamizni quvontirishini alohida ta`kidladi. Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o`sishi ta`minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi.
O`tgan yili mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini ko`paytirish, qishloq xo`jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovar va valyuta bozorlarini erkinlashtirish, ma`muriy islohotlarni keng joriy etish tufayli ijtimoiy-iqtisodiy sohada muayyan ijobiy o`zgarishlarga erishildi.
Iqtisodiy o`sishning barqaror yuqori sur`atlari ta`minlandi va o`tgan yil yakunlari bo`yicha 7,7 foiz o`sdi. Sanoat ishlab chiqarishi - 9,4, iste`mol tovarlari ishlab chiqarish - 13,4, aholiga pullik xizmatlar ko`rsatish - 13,8, chakana tovar aylanmasi hajmi - 4,7, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o`sishi 5,2 foizni tashkil qildi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi. Iste`mol narxlari inflyatsiyasi 3,7, davlat byudjeti taqchilligi 0,4 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o`zgardi. Ushbu tizimda etakchilik roli fermer xo`jaliklariga o`ta boshladi. Bu, o`z navbatida, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining 10,1 foiz o`sishini ta`minladi.
Eksport hajmi keskin ortib, 1,3 baravar o`sishga erishildi. Bu esa 1037 million AQSh dollari miqdorida ijobiy sal`doni ta`minlash imkonini berdi. Ayni vaqtda tayyor mahsulotlar eksporti 52 foiz o`sdi.
Davlat muassasalarining ortiqcha va bir-birini takrorlaydigan funktsiyalariga barham berish borasida sezilarli ishlar qilindi. Davlat boshqaruvining 20 ga yaqin organini tugatish va qayta tashkil etish, boshqaruv apparatlarida 40 ming shtatni qisqartirish yo`li bilan davlatning iqtisodiyotdagi rolini muayyan darajada kamaytirishga muvaffaq bo`lindi. Ayni paytda xomashyo va materiallarning strategik turlarini birja va kimoshdi savdolari orqali sotishning bozor mexanizmlari takomillashtirilmoqda.
2004 yil davomida investitsiya faolligi sur`atlari tezlashdi. Investitsiya hajmi 5,2 foiz, shu jumladan to`g`ridan-to`g`ri jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 2 baravardan ortiq ko`paydi.
O`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobiga 130 ga yaqin yirik sanoat, kommunikatsiya va infratuzilma ob`ektlari qurildi va foydalanishga topshirildi.
Iqtisodiy o`sish, yangi ish o`rinlarining ko`payishi va iste`mol narxlari inflyatsiyasi darajasining pasayishi aholining real pul daromadlari 15 foiz o`sishini ta`minladi. Muhim ijtimoiy dasturlar, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, "Mehr va muruvvat yili", bolalar sportini rivojlantirish, sog`liqni saqlashni isloh qilish, aholining kam ta`minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash dasturlarining mo`ljallangan parametrlari va boshqa maqsadli chora-tadbirlarning bajarilishi aholining turmush sharoitini ancha yaxshilash imkonini berdi.
Shu bilan birga, majlisda o`tgan yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jabhasida qator kamchilik va nuqsonlarga yo`l qo`yilganligi tanqidiy tahlil etildi. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari iqtisodiyotni yanada isloh qilish va erkinlashtirish, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik sohasida mavjud g`ov va to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha belgilangan kompleks chora-tadbirlarning to`liq amalga oshirilishini ta`minlamadi.
Xususiylashtirish jarayoniga investitsiyalarni, ilg`or texnologiyalarni va zamonaviy boshqarishni jalb etish maqsadida xorijiy investorlar bilan o`zaro hamkorlikning samarali tizimi yaratilmadi. Bank sohasida iqtisodiy islohotlar sust amalga oshirilmoqda. Soliq tizimini tubdan takomillashtirish zarurati etilgan, xususan, sohada kadrlar bilan ishlashni tashkil etish zamon talablari darajasida emas.
Joylarda erlarni ajratish va fermerlarni tanlash bo`yicha oshkora bo`lmagan tartibotlar amaliyoti hamon uchrab turibdi. Uy-joy-kommunal xo`jaligida islohotlar qoniqarsiz amalga oshirilmoqda. Monopoliyadan chiqarish organlari erkinlashtirish va raqobatli tadbirkorlik muhitini yaratish jarayonlarida o`z o`rnini topmadi. Kichik va xususiy biznes korxonalari mahsulotlarini eksport qilishga ko`maklashish tizimi tashkil etilmagan.
Majlisda vazirlik va idoralarda, xo`jalik birlashmalarida saqlanib qolayotgan byurokratik uslub, rahbar xodimlarda oldinda turgan maqsad va vazifalarni hal etish uchun zarur mas`uliyat va omilkorlikning etishmasligi mavjud nuqson va kamchiliklarning asosiy sababi ekaniga alohida e`tibor qaratildi.
Prezidentimiz hukumatning yangi tarkibi bilan Oqsaroyda o`tkazilgan yig`ilishda so`zlagan "Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo`lmaydi" mavzuidagi nutqida ta`kidlaganidek, hozirgi kunda islohotlar taqdirini, avvalo, davlat va hukumat idoralarida mas`ul lavozimda o`tirgan odamlar hal qilishini, binobarin, ular shu masalaga bevosita javobgar ekanini barchamiz chuqur anglab olishimiz shart. Shu ma`noda, majlisda rahbar xodimlar o`zlari boshqaradigan soha yoki hududlarda islohotlarning to`la amalga oshirilishi uchun shaxsan mas`ul ekanliklari yana bir bor uqtirildi.
Yig`ilishda bahorgi dala ishlariga o`z vaqtida tayyorgarlik ko`rish, belgilangan muddatlarda qishloq xo`jaligi korxonalari bilan kredit bitimlari tuzishni tugallash, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini tegishli shartnomalar asosida yonilg`i-moylash materiallari bilan ta`minlash, ko`klamgi agrotexnika tadbirlarini o`tkazishda ishlatiladigan barcha qishloq xo`jaligi texnikasini tayyorlash zarurligi qayd etildi.
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga o`n kun muddatda Parlament palatalarining qo`shma majlisidagi ma`ruzasida va Oqsaroyda Vazirlar Mahkamasining yangi a`zolari ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan talablarga asosan iqtisodiyot tarmoqlarida, mamlakatimizning barcha hududlarida iqtisodiy islohotlarning borishini tanqidiy ko`rib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta`minlaydigan zarur chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish topshirildi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.Azimov so`zga chiqdi. Ko`rilgan masalalar yuzasidan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi raisi M.Asqarov, Davlat soliq qo`mitasi raisi B.Parpiyev, Markaziy bank boshqaruvi raisi F.Mullajonov, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi J.Sayfiddinov, Qishloq va suv xo`jaligi vaziri S.Ismoilov, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toshkent viloyatlari hokimlari S.Husenov, U.Yamanqulov, I.Najmiddinov, K.To`laganov va boshqalarning axboroti tinglandi.



Yig`ilishda muhokama etilgan masalalar bo`yicha tegishli qaror qabul qilindi.
http://fayllar.org
Download 77.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling