Mavzu: O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida


Mukammal qonunlar taraqqiyotga xizmat qiladi


Download 77.68 Kb.
bet2/3
Sana11.03.2023
Hajmi77.68 Kb.
#1259524
1   2   3
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida-fayllar.org

Mukammal qonunlar taraqqiyotga xizmat qiladi.
Huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar samarasini mamlakat qonun chiqaruvchi hokimiyatining ikki palatali tizimga o‘tganligi, qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni qabul qilish jarayoni, ya’ni qonun ijodkorligida yangi institutning yaratilganligida ham ko‘rish mumkin.
Ho‘sh, ikki palatali parlamentning afzalliklari nimada? Uning ish samaradorligi qay darajada? Bu haqda so‘z borganda Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi misolida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalishni lozim topdik.
Qo‘mita o‘tgan ikki yil davomida o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2005 yil 28 yanvarda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» deb nomlangan ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishga qaratdi. Mamlakatimizdagi sud-huquq islohotlarini yanada takomillashtirish, Qonunchilik palatasining qonunchilik faoliyati dasturini bajarish va uning qonun ijodkorligining tartib-tamoyillarining huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida qator ishlarni amalga oshirdi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qo‘mita tomonidan tayyorlangan «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida», «Hakamlik sudlari to‘g‘risida», «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonunlar qo‘mita ishining mahsuli bo‘ldi.
Mamlakat Prezidentining 2005 yil 14 iyunda «Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Ushbu Farmonda hakamlar sudiga alohida e’tibor qaratilgan. Tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi xo‘jalik nizolari xo‘jalik sudi yoki hakamlar sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasida Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, xo‘jalik sudi yoki xolislar sudi tomonidan himoya qilinishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, hakamlar sudlari to‘g‘risidagi alohida qonunimiz yo‘q edi. Mazkur qonunning qabul qilinishi bu boradagi muammoni yechish barobarida, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida nizolar kelib chiqqan taqdirda ularni hal etishga ishongan uchinchi shaxsga yordam uchun murojaat qilishlariga imkon tug‘diradi. Bu esa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalari hisoblangan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishda va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Prezidentimizning 2005 yil 16 fevraldagi «Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroridan kelib chiqadigan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan va quyi palata tomonidan qabul qilingan «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonun amalga oshirgan e’tiborga molik ishlarimizdan biridir.
Ipoteka krediti aholining uy-joyga bo‘lgan talablarini qanoatlantirishning eng samarali usullaridan biri ekanligi dunyo tajribasidan ma’lum. Shu sababli, fuqarolarimizni uy-joyga egalik qilishlari va uy-joylar qurilishi bo‘yicha ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish — bu davlatimizning muhim vazifalaridan biri etib belgilangan. Bu o‘z navbatida aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ipoteka orqali kreditlash bo‘yicha qonunni yaratishga va boshqa qonun hujjatlarini tartibga solishga turtki bo‘ldi. Qolaversa, mazkur qonunning qabul qilinishi bilan dehqon va fermer xo‘jaliklariga o‘zlarining yerga egalik huquqini garovga qo‘yish orqali banklardan ipoteka krediti olish imkonini yaratadi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘chmas mulk va shu mulk egallab turgan yerdan foydalanish huquqini garovga qo‘yish orqali ipoteka kreditlari olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida nafaqat qishloq xo‘jaligiga va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga investitsiyalar kirib kelishini ta’minlaydi, balki mamlakatda ishlab chiqarish miqyosining oshishiga hamda shaharsozlikning rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligida taraqqiyotni jadallashtirishga olib keladi. Eng muhimi, sanoatning rivojlanishi natijasida xalqning turmush farovonligi o‘sishiga erishiladi. Fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, ularning turmush sharoitlari yaxshilanishiga, yangi ishchi o‘rinlarining yaratilishiga olib keladi.
Shuningdek, qo‘mitaning olib borgan nazorat-tahlil yo‘nalishdagi faoliyati ham samarali bo‘ldi. Masalan, qonunlarning joylardagi ijrosi va ularning samaradorligini o‘rganish maqsadida Andijon viloyatida «Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi samaradorligi»ning o‘rganilishi hamda Farg‘ona viloyatida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi»ning bajarilishi yuzasidan o‘tkazgan nazorat-tahlil faoliyati shular jumlasidandir. O‘rganish natijalari asosida qo‘mitaning alohida qarori qabul qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Bular albatta amaliyotda o‘z samarasini berishi shubhasiz.
Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida» hamda «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmonlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda. Inson hayotini e’zozlashga qaratilgan mazkur Farmonni keng jamoatchilik orasida tushuntirish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ibot qilish maqsadida qator seminarlar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Kezi kelganda ta’kidlash o‘rinliki, «Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish: tajriba va muammolar», «Sud-huquq islohotlarida parlamentning roli», «Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda qonun ijodkorligining roli», «Sud-huquq tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari», «Qonunchilik palatasi va uning deputatlari tomonidan parlament so‘rovi huquqini amalga oshirish masalalari» va boshqa shu kabi mavzularda tashkil etilgan konferensiya, seminarlar deputatlar professional malakalarining oshishiga, muammolarning qonuniy yechimlarini topish borasidagi fikrlarning, qarashlarning shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Bularning barchasi Vatanimiz mustaqilligi, yurtimiz tinchligi, barqaror iqtisodiy rivojlanishni mustahkamlash, fuqarolarimiz turmush farovonligini oshirishga olib keladi, deb o‘ylaymiz.



Download 77.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling