Mavzu: O’zbekistonda amalga oshrilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari


Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshiralayotgan ishlar


Download 105.86 Kb.
bet19/21
Sana05.01.2022
Hajmi105.86 Kb.
#229790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5220180938926852909

Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshiralayotgan ishlar

Reja:

  1. Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi.

  2. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo’lida amaliy sayharakatlar.

  3. Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashda Qurolli Kuchlarning o'rni.


1.Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi.

Hai bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi. Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi.

Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi, suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi. Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir” 1 - degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi. Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Prezident tomonidan ko'rsatib o'tildi.

O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsadi bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo'lida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof etildi. Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan. O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan. O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsiyaviy normada o'z ifodasini topgan- (125-modda). Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan.

О zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” 1, - deb qayd qilgan edi. Bundan ко rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik faqat davlat va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta’minlash uchun ham zarur. “Mudofaa to‘g ‘risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo‘lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida tashkil qilinadi. Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat: - boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi tajovuzlarning oldini olish; - xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok etish; - harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga mosligini ta’minlash; - yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; - Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi; - mudofaani yetarli darajada bo'lishi; - harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash.

Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak. Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirayotgan narsa — bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar berildi. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan1. Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi.

O'zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to'g'risida” 2 maxsus qonun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo'lajak xavf-xatarlarni o'rganish, tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, shunga mas’uldir.

Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatning Milliy xavfsizlik xizmati alohida rol o'ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.




Download 105.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling