Mavzu: O’zbekistonda amalga oshrilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari


Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashda Qurolli Kuchlarning o'rni


Download 105.86 Kb.
bet21/21
Sana05.01.2022
Hajmi105.86 Kb.
#229790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5220180938926852909

3.Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashda Qurolli Kuchlarning o'rni.

Sobiq Ittifoq davlati — SSSR o'zining ko'plab salbiy jihatlari bilan birga, eng kuchli qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida, jumladan, 0 ‘zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo'lib, SSSR tugatilganidan son g Qurolli Kuchlarda ham boshqaruv, intizom barbod bo'lib, turli tahdidlar kuchayib borayotgan vaqtda 0 ‘zbekistonning o'z mudofaa vazirligini va joylarda qo'mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o'z vaqtida qabul qilingan va to'g'ri bo'lgan qaror edi. Chunki, mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog'­ liq bo'lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi rol o'ynaydi. Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarning mavjudligi, vazifasining Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo'ldi. Natijada Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko'rsatadi. Konstitutsiyaning 125-moddasida: “ O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizIigini himoya qilish uchun tuziladi” , - deb qayd qilingan. Bu bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi: - davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini; - aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda tuziladi. Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “Mudofaa to'g'risida”gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan. (Qonunning 6-moddasi).

Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar, qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo'ladi. Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o'z faoliyatini qonuniylik, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish asosida tashkil etiladi. .... Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Qurolli Kuchlar uiarning tarkibiy qismlari o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun, uiarning ixtiyoriga harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurolyarogiar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy ashyo, mol-mulk berib qo'yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi. Konstitutsiyaning 126-moddasida: “0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega” , - deb ko'rsatilgan. Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-yarog', texnika ashyolar hamda eng muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib O'zbekiston mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.

Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o'tovchi shaxslar faoliyat ko'rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o'tash uchun Qurolli Kuchlar safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular asosan zobitlar va boshqa xodimlardir. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki davrlarida iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga mo'ljallangan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan jihozlashning samarali choralari ko'rildi, harbiy salohiyatni yetarli darajada ta’minlash uchun zarur mablag' ajratildi. Mamlakatimiz harbiy doktrinasi mudofaani ta’minlash va xavfning oldini olish xarakterida tuzildi.



O'zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo'shinlarini va ichki qo'shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichmabosqich isloh qilish maqsadi bilan kirdi. Islohotlarning maqsadi - mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga va ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan yaxshi ta’minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma’muriy birliklar — harbiy okruglar tuzildi. Soni va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish vazifasi belgilandi va u amal ga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo'shilma va qismlari qavtadan joylashtirildi. Bular: birinchidan, qo shinlarni boshqarish samaradorligining ancha oshirilishiga; ikkinchidan, ularning eng muhim strategik yo'nalishlarda ishlashiga; uchinchidan, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi.

Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari olib borildi. Armiyani mustahkamlash - ularni zamonaviy qurollar bilan ta’minlash bilan bevosita bog'liq, shuning uchun bu borada yetarli ishlar olib borildi. Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo'yicha olib borilgan va olib borilayotgan ishlardan-chegara qo'shinlari, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari ham chetda qolgani yo'q. Chunki, ular ham mamlakat xavfsizligini ta’minlashda o'z o'rniga ega. Bulardan tashqari, xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o'rganib, Qurolli Kuchlarni tashkil etish, uning quyi bo'g'inlaridan tortib, yuqori bosqichlarigacha boshqarish tartibi tubdan qayta ko'rib chiqildi va tizimli choralar belgilandi.
Download 105.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling