Mavzu: Oʻzbekistonda davlat ligining qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qu‘rish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish


Download 96 Kb.
bet6/18
Sana05.01.2022
Hajmi96 Kb.
#209607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
11-mavzu Maruza

10-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi. O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.

11-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi – milliy valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini belgilashga haqli.

12-modda. O’zbekiston Respublikasi moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.

13-modda. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.

14-modda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi.

15-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.

O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.

O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.

16-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi davlat ligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.



17-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va ligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.


Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat ligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat ligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasining aholisi lik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.




Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling