2.Uy vazifasining nazorati.
3.O'tilgan mavzuni takrorlash.
Ushbu 6 daqiqa davomida o'quvchilarga darslikda yangi mavzu yuzasidan berilgan "Morgologiyaga kirish" matnini o'qish topshiriladi. O'quvchilar matnni o'qib tugatgunga qadar o'qituvchi uy vazifalarini tekshirishi va baholashi mumkin.
Doskaga mavzuga oid ko'rsatmali qo'llanma ilib qo'yiladi.
So'zlarning borliqdagi ma'lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi lug'aviy ma'no deyiladi.
• So'zlar ma'lum grammatik ma'no va uni ifodalovchi shaklga ega bo'ladi.
• Har qanday grammatik ma'no grammatik shakl orqali ifodalanadi.
Mazkur dars takrorlash (nazorat testi) bo'lganligi, yangi mavzu nisbatan murakkabligi sababli e'tiborni ko'proq yangi mavzuni o'rganishga qaratish maqsadga muvoflqdir.
4. Yangi mavzu bayoni
O'qituvchi yangi mavzuniyuqoridagi ko'rsatmali qo'llanma vositasida tushuntiradi.
Olmalarni so`zining ma`nosi
«Olma daraxti mevasi», «mevali daraxt»
Ot so'z turkumi, ko'plik, tushum kelishigida
Lug`aviy ma`no
O'z ma'noKo'chma ma'no
grammatik ma'no grammatik shakl orqali ifodalanadi
-lar (ko'plik shakli)
- ni (kelishik shakli)
5. Mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlashda «Blis-so'rov» usulidan foydalaniladi. Bunga ko'ra o'qituvchi savollar yozilgan tarqatma materiallarni sinfdagi o'zlashtirishi nisbatan past bo'lgan o'quvchilarga beradi va javob talab qiladi. O'quvchilarning javoblari, eng avvalo, boshqa o'quvchilar so'ng o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi.
6. Tarqatma materiallar darslikdagi quyida ko'rsatilgan savollar asosida tayyorlanadi.
1. Leksikologiyada so'z qaysi tomondan o'rganiladi?
2. So'zning atash ma'nosi deganda nimani tushunasiz?
3. Qaramoq, boqmoq, ko'rmoq so'zlarining atash ma'nosini ayting.
4. Chaqqon, hur so'zlarining ma'nolarini ayting.
5. Tut so'zining shakldoshlarini ayting.
6. Morfologiya so'zning qaysi tomonini o'rganadi?
7. Yo'l so'zining atash va grammatik ma'nolarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |