Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji
Download 0.51 Mb.
|
6 sinf ona tili to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Bogin qanday amaliy ahamiyatga ega"
- Itochiriladi.
Maktab MMIBDO‘__________ _______________________
Sana: “__” _______ 20___-yil. MAVZU: BO'G'IN VA URG'U Mashg‘ulotning borishi: Mashg‘ulotni lug'at diktant bilan boshlash mumkin. Diktant asosida avvalgi darsda o'rganilgan so'zlar talaffuzi va imlosi yuzasidan berilgan bilimlar yana bir bora mustahkamlanadi. Lug'at diktant uchun so'zlar: savob, qand, go'sht, do'st, fikr, zikr, hukmi,jahon, hurriyat, darvoza, tarozibon, kompaniya. So'zlarni bir o'quvchi yozuv taxtasiga, qolgan o'quvchilar daftariga yozadilar. O'qituvchi so'zlarning imlosini tekshirib, xatolar bolsa,ularning to'g'riyozilish shakllarini,xatolarning yuzaga kelish sabablarinitushuntiradi hamda xato yozgan o'quvchilarga mazkur so'zlarni qayta- qayta yozish yuzasidan topshiriqlar beradi. Mashg‘ulotda uzviylik va izchillikni ta'minlash maqsadida o'quvchilarga bo'g'in va urg'uga oid nazariy fikrlarni lug'at diktant matnidagi so'zlar asosida izohlashni topshirish mumkin.. Masalan, o'quvchilar "Bo'g'in deb nimaga aytiladi?" degan savolga ( "Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush va tovushlar majmuyi bo`gin deytladi", — deb javob berishgach, diktant matnidagi so'zlarni bo`g`inga" ajratadilar. Ular so'zlarni sa-vob; fikr, ja-hon tarzida bo`g`inlarga. o'z navbatida, ularni ochiq vayopiqbo'g'inlarga ajratadilar. Nazaiy fikrlarni asoslash uchun 20-mashq 3 o'quvchi ishtirokida “Kim chaqqon va zukko?" o'yini asosida bajartiriladi. Qolgan o'quvchilar hakamlar, o'qituvchi esa bosh hakam vazifasini bajaradi. Mashqdagi topshiriqqa asoslangan holda 1-o`quvchi matndagi bir bo'g'inli va ikki o`quvchi uch bo'g'inli , 3-o'quvchi to'rt bo'g'inli va besh bo'g'inli so'zlarni yozuv taxtasidagi o'zlariga ajratilganjadval qatoriga quyidagi tartibda yozadilar:
So'ng "Bo'g'in qanday amaliy ahamiyatga ega?" - savoli bilan suhbat davom ettiriladi. Agar o'quvchilar qiynalsalar, "Bo'g'indan biz qaysi o'rinda va nima maqsadda foydalanamiz?", "So'zlarni bo'g'inga ajratish sizga qanday hollarda qo'l keladi?", "Siz o'qisbni va yozishni qanday o'rgangansiz?" kabi javobga yetaklovchi savollar bcrilishi ham mumkin. O'qituvchi o'quvchilarning bu boradagi javoblarini to'ldirib, quyidagilarni aytadi: \ Bo'g'in quyidagi amaliy ahamiyatlarga ega: 1. Bolalarga savod-o'qish va yozishni o'rgatish bo'g'inga asoslanadi. Masalan, "Alifbe" kitobi fikrimizni tasdiqlaydi. 2.Yozuvda satrdan satrga so'zlar bo'g'in asosida Ito'chiriladi. 3.She'riyatda she'r vaznlarini bclgilash bo'g'inga asoslanadi. Aniqrog'i, bavazni bo'g'inlarning miqdoriga, aruz vazni bo'g'inlarning cho'ziq va qisqaligiga asoslanadi. Mavzuga oid 21-mashqni ham "Kim chaqqon va zukko?" o'yini tarzida bajartirishi mumkin. Bunda o'quvchilar berilgan so'zlardagi ochiq va yopiq bo'g'inlarni aniqlaydilar. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling