Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


MAVZU: JUFT VA TAKRORIY OTLAR IMLOSI


Download 0.51 Mb.
bet14/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1159977
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
6 sinf ona tili to\'garak

MAVZU: JUFT VA TAKRORIY OTLAR IMLOSI
Mashg‘ulotning borishi:

O'qituvchi darsni "So'zlar zanjiri" o'yini bilan boshlaydi. Bunda o'quvchilar navbatma-navbat otga oid so'zlar zanjiri hosil qiladilar.Namuna: aql, lola, anor, rayhon, non, nok, kabutar, roman kabi.


Keyin 1-topshiriq "Bu so'z bizniki" o'yini asosida bajariladi. Bunda o'quvchilar guruhlarga bo'linib, berilgan so'zlami juft va takroriy otlarga ajratadilar.
Namuna: dori-darmon, orzu-armon, ko 'rpa-to 'shak —juft otlar, chiziqcha bilan yoziladi; qovun-povun, uy-puy, mayda-chuyda — takroriy otlar, chiziqcha bilan yoziladi.
2-topshiriq esa "Kim tezda juft va takroriy otlar hosil qiladi?""Kim juft va takroriy otlar imlosini yaxshi biladi?" o'yinlari asosida bajartiriladi.N a m u n a: ish-pish, ota-ona juft otlari bo'lib, chiziqcha bilan yoziladi.So'ng topshiriqlarni bajarish jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, juft va takroriy ot qismlari chiziqcha bilan ajratib yozilishi,
agar juft otlar o'rtasida -u, -yu bog'lovchilari ishlatilsa, chiziqcha qo'yilmasligi haqida tushuncha beriladi.Mavzu yuzasidan berilgan mashqlarni bajarishda modul usulini qo'llash tavsiya etiladi. Bunda o'quvchilarni guruhlarda o'zaro hamkorlikda mustaqil ishlashiga, juft va takroriy otlar imlosini chuqur o'rganishga e'tibor qaratiladi.

O'quv
faoliyati elementi

O'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materialiga oid topshiriqlar

Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko'rsatmalar

Rag'batlantirish

1.

mashqda nuqtalar o'rniga juft otlarning ikkinchi qismini topib qo'ying va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Mashqni yozma ravishda bajaring.

Rag'bat kartochkalari

2.

274-mashqda berilgan gaplarni ko'chirib yozing, juft va takroriy otlarning yasalishiga e'tibor qarating, yozilishini tushuntiring.

Mashqni yozma tarzda bajaring. Ikki guruhga bo'linib hamkorlikda ishlang.Tezkorlik ruhida ishlashga harakatqiling.

Rag'bat kartochkalari

275-mashqda o'quvchilar juft so'zlarning imlosini kuzatadilar.Mashg‘ulot so'ngida darslikdagi savol va topshiriqlarni bajartirish asosida mavzu yana bir bora mustahkamlanadi va 276-mashqqa ko'ra berilgan so'zlar ishtirokida juft hamda takroriy so'zlar hosil qilish uyga vazifa qilib beriladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling