QO'SHMAGAP
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy maqsad - qo'shma gap haqida ma'lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad - yurtga sadoqat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - umumlashtirish, tizimga solish malakalarinishakllantirish.
Darsning jihozi: sodda gap va qo'shma gap bo'yicha solishtirish jadvali.
Darsning rejasi:
I. Qo'shma gap haqida tushuncha.
2. Qo'shma gapning sodda gapdan farqi.
3Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning bog'lanishi.
Kirish topshiriqlarida talab qilinganidek, ikki sodda gap bog'lanadi, ular sintaktik tahlil qilinadi:
Qo'ng'iroq chalindi, dars boshlandi.
Savol: Sodda gaplar bog'langach, nechta gap hosil bo'ldi?-Bitta. Demak, ikki va undan ortiq sodda gaplar qo'shilgach, bitta gap hosil bo'ladi. Nima uchun ularning nomi qo'shma gap? Chunki u ikki sodda gapning qo'shilishidan hosil bo'ldi.
Shu o'rinda qo'shma gapning sodda gapdan farqi ham tushuntirib ketiladi.Darslikdagi grammatik qoidalarda berilgan qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning bog'lanishi, qo'yiladigan tinish belgilari bir nechta gap misolida amaliy o'zlashtiriladi.
190-mashq «Sendan ugina, mendan bugina» deb nomlanadi. O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruh aytgan gapga ikkinchi guruh mazmun va grammatik jihatdan mos gapni qo'shib, qo'shma gap hosil qiladi. Mashqlarni bajarishda ham har bir qo'shma gap shu qoidalar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.Darsni yakunlash:a)baholarni e`lon qilish.b)Uyga vazifa 238 -mashq.Atoqli otlarning yozilishiga diqqat qiling.Qo`shtirnoqning qo`llanish sabablarini izohlang.
KO'CHIRMA GAPLAR
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy maqsad - ko'chirma gaplar haqida ma'lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad - ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarni o'quvchilar ongiga singdirish;37
d) rivojlantiruvchi maqsad - milliy o'ziga xoslik tuyg'usini shakllantirish.
Darsning jihozi: ko'chirma gapning ramziy chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |