Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 0.51 Mb.
bet13/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1159977
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
6 sinf ona tili to\'garak

Maktab MMIBDO‘__________ _______________________
Sana: “__” _______ 20___-yil.


MAVZU: QO'SHMA OTLAR IMLOSI


Mashg‘ulotning borishi:

O'qituvchi darsni "Bu so'z bizniki" o'yini bilan boshlaydi. Bunda o'quvchilar ikki guruhga ajratiladi va ularga otlar yozilgan tarqatmalar beriladir o'quvchilar undan qo'shma otlarni ajratib izohlaydilar.


Namuna: kirsovun, qiymataxta, rayhon, tog'olcha, O'rta Chirchiq, baxt, gulbeor kabi otlar tarqatma materialga yozilishi mumkin.
O'yinga ko'ra o'quvchilar bu so'zlar ichidan: kirsovun, tog'olcha, O'rta Chirchiq, gulbeor, so'zlarini qo'shma ot sifatida ajratib oladilar.
Keyin darslikdagi topshiriq yuzasidan o'qituvchi quyidagi savol asosida muammo qo'yadi:
1.Qo'shma otlar qanday yoziladi?
2.Quyidagi berilgan qo'shma otlar nima uchun qo'shib yoki ajratib yoziladi?
O'quvchilaming fikr-mulohazalari eshitilgach, o'qituvchi ularning fikrlarini umumlashtirib, qo'shma otlar imlosi haqida tushuncha beradi.
Q o'shma otlar imlosiga oid mashq "Kim qo'shma otlar imlosini yaxshi biladi" o'yini asosida bajartiriladi.
mashq og'zaki bajariladi. Mashq shartiga ko'ra gaplarni ifodali o'qib, undagi qo'shma otlar aniqlanadi, ularning yasalishi tushuntiriladi.
Namuna: Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon, qo'ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib, shoyi ko ylak, nimcha, kamzul kiyib yasanar edilar. (N.Safarov)
Gapdagi tillaqosh, zebigardon, qo'ltiqtumor, bilaguzuk — bir bosh urg'u ostiga birlashgan turdosh qo'shma otlar, shuning uchun qo'shib yozilgan.
Mashg‘ulotlikdagi savol va topshiriqlar bajarilgach mashqqa ko'ra gul so'zi yordamida qo'shma otlar hosil qilish va ular ishtirokida gaplar tuzish, yozilishini tushuntirish uyga vazifa qilib beriladi.


Maktab MMIBDO‘__________ _______________________

Sana: “__” _______ 20___-yil.





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling