SIFAT
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy maqsad - sifat so'z turkumi haqida ma'lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad - milliy qadriyatlarni ulug'lash hislarini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - gapning tarkibida sifat so'z turkumini qo'llay olish malakasini rivojlantirish.
Darsning jihozi: qish manzarasi aks ettirilgan peyzaj asari.
Darsning rejasi:
1. Sifat haqida ma'lumot.
2. Sifatning gapdagi vazifasi.
Dars boshlangach, o'qituvchi qish manzarasi aks ettirilgan rasmga o'quvchilar diqqatini tortadi. Ularga tasviriy ifodalash uchun so'zlar lopish buyuriladi. O'quvchilar quyidagicha so'zlarni aytishi mumkin: qish, go'zal, oppoq qor, quvonch, bolalar va boshqalar. Shundan so'ng
ularga kichik matn tuzish topshiriladi. Birinchilardan bo'lib topshiriqni bajarib bo'lgan 2-3 o'quvchining matni o'qittiriladi va baholanadi.O'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:
1.Matningizda belgi bildiruvchi so'zlar bormi?
2. Ular qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
3.Rang bildiruvchi so'zlarga misol keltiring.
4. Hajm-o'lchov bildiruvchi so'zlardan ayting.
5.Maza-ta'm bildiruvchi so'zlarga misol keltiring. O'quvchilar javobidan so'ng nazariy ma'lumotlar berilishi mumkin. 246-mashqda berilgan matn o'qitiladi. Unda qatnashgan sifat so'z turkumiga oid so'zlarni ko'rsatib o'tadilar. So'ngra 1-va 2-topshiriqlar ham bajartiriladi. O'quvchilar sifatning nutqdagi ahamiyati haqidagi o'z mulohazalarini aytib o'tadilar.
247-mashqda misollar topib sifatlarni turlari bo'yicha ajratadilar.
Namuna:
rang-tus
|
maza-ta'm
|
shakl-hajm
|
xil-xususiyat
|
Qizil
|
shirin
|
mayda
|
silliq
|
Do'stlaringiz bilan baham: |