a)ta'limiy maqsad - o'quvchilar ongida so'z turkumlari bo'yicha bilim va malakalar hosil qilish;
b)tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni hamdardlik, boshqalarga mehribonlik ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarni topqirlikka, ijodiy fikrlashga o'rgatish.
Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, jadvallar.
Darsning rejasi:
1.Mustaqil so'zlar.
2.Yordamchi so'zlar.
3. Mashqlar ustida ishlash.
Dars 1-va 2-topshiriqlarni bajarish bilan boshlanadi. O'quvchilar daftar, yaxshi so'zlariga nima?, qanday? so'roqlarini berish mumkinligini, va, uchun so'zlari so'roqqa javob bo'lmasligini ta'kidlaganlaridan so'ng o'qituvchi shular asosida so'z turkumlari, ularning mustaqil va yordamchi so'zlarga bo'linishi haqidagi nazariy ma'lumotlami aytib o'tadi. U bunda quyidagi jadvaldan foydalanishi mumkin. mustaqil so'zlaryordamchi so'zlar
1. So'roqqa javob bo'ladi.1. So'roqqa javob bo'lmaydi.
2. Leksik ma'no ifodalaydi.2. Leksik ma'no ifodalamaydi.
3. Gap bo'lagi vazifasida keladi.
3.Gap bo'lagi vazifasida kelmaydi.
Mavzu doirasida berilgan mashqlarni ishlash jarayonida jadvaldagi ma'lumotlardan unumli foydalaniladi.
O'qituvchi mashqlarni bajartirish davomida so'zlarning gapdagi o'rniga alohida diqqat qiladi, o'quvchilarga mustaqil so'zlarning ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish so'z turkumlariga, yordamchi so'zlarning bog'lovcbi, ko'makchi, yuklamaga ajralishini jonli misollar yordamida izohlab beradi. O'quvchilarga gaplar tuzdiradi.Darsni yakunlash:a)baholarni e`lon qilish.b)Uyga vazifa -mashq.
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy maqsad - o'quvchilar ongida ot so'z turkumi bo'yicha bilim va malakalar hosil qilish;
b)tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni kasblarga muhabbat ruhida larbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarni o'z kelajagi haqida o'ylashga o'rgatish. 47
Darsning jihozi: mavjud ko'rgazmali qurollar, turli kasb egalarining portretlari, joylarning tasvirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |