Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji
Yangi mavzu bilan ishlash
Download 0.51 Mb.
|
6 sinf ona tili to\'garak
Yangi mavzu bilan ishlash.
Mavzu bo'yicha berilgan 1 -topshiriq shartiga ko'ra o'quvchilar "Eng buyuk jasorat, -deydi Yurtboshimiz, -bu ma'naviy jasorat" gapidagi ko'chirma gap bilan muallif gapining o'rinlarini o'zgartirib yozadilar. Hunda muallif gapi ko'chirma gapdan keyin, oldin kelishiga e'tibor qaratishta'kidlanadi. Namuna: "Yurtboshimiz shunday deydi: "Eng buyuk jasorat-bu ma'naviy jasorat". "Eng buyukjasorat-buma'naviyjasorat"- deydi Yurtboshimiz. 2- topshiriq ham shartiga muvofiq yozma bajarilgandan so'ng darslik bilan ishlanadi. (Topshiriqlarni 2 o'quvchi sinf taxtasida, boshqalar daftarlarigabajarishlari mumkin). O'qituvchi darslikdan "Muallif gapi ko'chirma gapning boshqa o'rinlarida kelganda tinish belgilarining ishlatilishi"ga oid nazariy ma'lumotni 2-3 o'quvchiga o'qitadi va birgalikda umumiy xulosa chiqariladi. Induktiv ta'lim amaliyotdan nazariyaga o'tish tamoyiliga asoslanar ekan, shu o'rinda quyidagi muammoli savollar yordamida o'quvchilar mustaqil ravishda fikr yuritishga, xulosa chiqarishga yo'llanadi: Xususan, 1. Muallif gapi ko'chirma gapdan keyin kelsa qanday tinish belgilari ishlatiladi? Misollar bilan tushuntiring. 2.Nutqiy faoliyatda nima maqsadda ko'chirma gaplardan Ibydalanamiz? va h.k. Shunday savol-javob amaliyotidan so'ng 203-204-mashqlar shartiga muvofiq bajariladi. Vaqtdan samarali foydalanish maqsadida mashqlarni ginfhi 2 guruhga ajratib bajartirish ham mumkin. Bunday yondashish sinfda bellashuv muhitini yaratish bilan birga o'zaro hamkorlikda ishlash imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Grammatik o'yin. "Qolip bizdan, gapi sizdan" o'yini. Bu o'yinda o'quvchilarga muallif gapi ko'chirma gapdan keyin va uning o'rtasida kelishi yuzasidan quyidagi qolip berilishi mumkin. Namuna: "K",- M. "K,-M,-k Mazkur grammatik o'yin o'quvchilarda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, so'z boyligini oshirish, muallif gapi ko'chirma gapning turli o'rinlarida kelishi yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash, mustahkamlash imkoniyatini beradi. Mustahkamlash. Interfaol ta'limning BBB usuli vositasida tashkil etiladi.O'quvchilarning ko'chirma gaplar, ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi, shunday qolipli 44 gaplarning nutqiy faoliyatdagi o'rni, vazifasi yuzasidan o'zlashtirgan bilim va tushunchalarini qisqa jumlalarda quyidagi jadvalga joylashtirish topshirig'i beriladi.
Bunda o' qituvchi o'quvchilarni boshqarishi, jadval bandlarini mustaqil ravishda to'ldirishlariga yo'llanma, yordam berishi, noto'g'ri yozib qo'yishdan cho'chimaslikka da'vat etishi kerak. Bunday ish usullaridan tez-tez foydalanib turilsa (mavzu mazmun-mohiyatini hisobga olgan holda) o'quvchilarda ijodiy fikrlash bo'yicha ma'lum ko'nikma va malaka hosil bo'lib boradi. Yuqoridagi amallar bajarib bo'lingandan so'ng o'quvchilar tafakkurida muallif gapi ko'chirma gapdan keyin, uning o'rtasida kelishi va ularda tinish belgilarining ishlatilishi haqida ma'lum bir tushunchalar tizimi hosil bo'ldi deylik, hosil bo'lgan tushunchalarni yanada mustahkamlash maqsadida quyidagicha amal bajariladi. Yangi mavzu haqidagi ma'lumotlarni o'zlashtirishda qanday so'z va birikmalar asosiy o'rinda turdi? (Topshiriq yozma bajariladi. Ya'ni mavzuga doir asosiy so'z va iboralar yozib chiqiladi). M: ko'chirma gap, muallif gapi, qo'shtirnoq, qo'shma gap, ikki nuqta, so'roq, undov belgilari va h. Shu o'rinda mavzu doirasida kichik bir mashq bajariladi. Binobarin, o'quvchilar keltirilgan so'z va iboralardan foydalanib, ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishiga oid ta'rif chiqaradilar. 3-4 o'quvchidan shakllantirilgan ta'rif eshitilib, o'qituvchi yordamida umumiy xulosa chiqariladi. Darsning yakunida mashg'ulot davomida o'zingizni qanday his etdingiz? degan savol bilan murojaat qilinadi (O'quvchilar darsdan olgan taassurotlari, o'zlarining ruhiy holatlari bilan o'rtoqlashadilar). Darslikda berilgan savol-topshiriqlar bilan ishlanib, dars yakunlanadi va uyga vazifa beriladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling