MAVZU
|
Muallif gapi ko'chirma gapning boshqa o'rinlarida kelganda tinish belgilarining ishlatilishi
|
Maqsad va vazifalar
|
Maqsad: ko'chirma gaplar yuzasidan o'zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash, ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan tushuncha hosil qilish; - mehnatsevarlik, kasbga hurmat, kitobni qadrlash tuyg'ularini singdirish; - mantiqiy fikrlash, matn yaratish ko'nikmalarini rivojlantirish. Vazifalar: O'quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg'otish, ularda mavzu asosida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, kengaytirish; Mavzuga oid berilgan savollarni o'quvchilar tomonidan guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlar qaydarajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.
|
O'quv jarayonining mazmuni
|
Muallif gapi ko'chirma gapdan keyin, uning o'rtasida yoki ko'chirma gap muallif gapining o'rtasida kelsa tinish belgilarining ishlatilishi. Ko'chirma gapli qo'shma gap tuzilishini ifodalaydigan belgilar. (M: «K». «K»,-m. «K,-m,-k». M: «K»,-m
|
O'quv jarayonini amalga oshirish ii'\nologiyasi
|
Metod: BBB Shakl: Grammatik o'yin Vosita: Ona tili» darsligi, mavzuga oid ko'rsatmali va tarqatma materiallar Nazorat: og'zaki nazorat, savol-javob; Baholash: 5 balli tizim asosida
|
Kuliladigan natijalar
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga erishadi. O'quvchi faolligini oshiradi. O'quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Bir darsda barcha o'quvchi baholanadi. O'quvchilar tomonidan darsni mustaqil o'rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o'rgatadi. O'quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o'rganadilar, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'ladi.
|