Mavzu: O‘zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy himoyalash


“Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”


Download 20.3 Kb.
bet3/3
Sana22.06.2023
Hajmi20.3 Kb.
#1650078
1   2   3
Bog'liq
15.014.2023

“Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da (4.1-bandi) ko‘ra:

  1. yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishchi kuchining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini

kamaytirish;




  1. mehnatga layoqatli ishchilarning mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq

amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish hal qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor masalalar sifatida qaralgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan respublikaning ish beruvchi tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturiga quyidagilar kiritilgan:


  1. 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari;



  1. 2020 yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini

ta’minlash va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari;

c) 605 ming o‘zini o‘zi mehnat daromadi olishga yo‘naltirgan va yashirin ish o‘rinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish parametrlari tasdiqlanadi.

Shuningdek, Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Biz yangi ish o‘rinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularni elkamizda ko‘tarishimiz kerak”1, deb takidlagan.



Belgilab qo‘yilishicha, qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida tashkil etilgan ish o‘rniga ishchi yollangan va o‘rnatilgan tartibda ish haqi hisoblangan va sug‘urta badali to‘langan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi.
Download 20.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling