Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik shakllanishining tarixiy-huquqiy taraqqiyotini olti bosqichga bo‘lib o‘rganishni taklif etamiz: - Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik shakllanishining tarixiy-huquqiy taraqqiyotini olti bosqichga bo‘lib o‘rganishni taklif etamiz:
- Birinchi bosqich - yurtimizda yakka partiyaviylikning tugatilishi va ko‘ppartiyaviylik shart-sharoitlarining yaratilishi (1991-1994 yy.).
- Ikkinchi bosqich - siyosiy partiyalarning siyosiy dasturlari va saylovoldi platformalarini shakllantirish, aholining umumiy siyosiy madaniyatini oshirishga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish davri (1995-1999 yy.).
- Uchinchi bosqich - partiyalarning siyosiy tajriba to‘plash va siyosiy yetuklikka erishish vazifalarini hal etishi, moliyaviy mustaqilligini ta‘minlashi, jamiyatda o‘z o‘rni va doimiy elektoratini belgilab olishi (2000-2004 yy.).
- To‘rtinchi bosqich - partiya fraksiyalarining Oliy Majlis faoliyatidagi hamda partiya guruhlarining xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari ishidagi faolligining o‘sishi, parlamentda muxolafatning shakllanishi (2005–2006 yy.).
Beshinchi bosqich - siyosiy partiyalar faoliyatining yangi konstitutsiyaviy qonun asosida jadallashuvi (2007-2016). - Beshinchi bosqich - siyosiy partiyalar faoliyatining yangi konstitutsiyaviy qonun asosida jadallashuvi (2007-2016).
- Oltinchi bochsqi - bunda davrga xos xususiyatlar siyosiy partiya boshqaruvida innovatsion g’oyalarning kirib kelishi, modernizatsiya jarayonlari,xalqaro aloqalarning kengayishi, yangi partiyalar vujudga kelish jarayonlari va hokazolar (2017– hozirgi davrgacha).
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimi vujudga kelishining obektiv zarurati va shakllanish bosqichlari yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: - O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimi vujudga kelishining obektiv zarurati va shakllanish bosqichlari yuzasidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
- - Respublikamizda ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi murakkab, serqirra muammo bo‘lib, nafaqat mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bilishni, balki respublikamiz va boshqa mamlakatlarning huquqiy-tarixiy tajribasini ham o‘rganishni talab qiladi;
- - Siyosiy partiyalarning shakllanish bosqichlari huquqiy, ijtimoiy-falsafiy, sotsiologik, iqtisodiy va boshqa ko‘plab jihatlarga ega bo’lib, demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishining huquqiy va tashkiliy asoslariga bevosita ta’sir etgan;
- - Demokratik islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar shakllanishi, ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlari rivojlanishiga ham turtki bo’lib, bosh vazifasi alohida olingan fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini birlashtirib berdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |