Mavzu: O’zbekistonda musiqa tarbiyasi tizimi. Reja
Download 230.85 Kb.
|
O\'zbekistonda musiqa tarbiyasi tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farg‘ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm
- "Kelin salom", "Yor-yor" to‘y qo‘shig‘i, "O‘lan", "Alla"
Tayanch so‘z va iboralar: folklor, ma'naviyat, аn'anaviy musiqa, moddiy madaniy meros, kompozitor, simfonik musiqa, «O‘n ikki maqom», syuita, poema, orkestr, uvertyura, opera., darveshona.
1.Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi. O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an’analarimizga bo‘lgan e’tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo‘nalish kasb etdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo‘lgan e'tibor davlat miqyosiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilindi. Bu borada o‘tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzusida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida, madaniyatimiz va san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o‘rni va vazifasini oshirish deb ta’kidlab o’tdilar. Mustaqil taraqqiyot yillarida to`plangan tajriba, dunyoqarash jamoatchiligi o`zbek modeli deya e'tirof etgan o`zimizga mos taraqqiyot yo`li-kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o`zgarish va yangiliklar xalqimiz qalbi ongi va g`ururiga ulkan ta'sir ko`rsatmoqda Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og‘ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga hamroh bo‘lgan. Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy sanhat bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va sanhatkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlariday, ma'naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm- rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o‘zlikni anglash singari juda ko‘p omillarni o‘z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. «Xalqimizning kelajagi, - deb yozadi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, - eng avvalo, uning o‘ziga, ma'naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma'naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga g‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma'naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi». Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, ma'naviy jabhalarning barcha yo‘nalishlari o‘zlarining maqsad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo‘ladi. Ayniqsa, bu jabhada musiqiy madaniyatning ma'naviy hayotdagi o‘ziga xos o‘rnini baholash, uning tahsirchanlik kuchini mustaqillik mafkurasi tomon yo‘naltirish uning bosh mezoni ekanligini anglash muhimdir. Madaniy hayotda bugungi kunda shu tamoyilga ko‘ra siljishlar kuzatilmoqda. Ijodkorlarning fikri- zikri ana shu tamoyillar yo‘liga yo‘naltirilgan desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ijodkorlar komissiyasining 1987 yildagi ta'rifiga muvofiq barqaror taraqqiyot bu - «hozirgi zamon talablarini qondiradigan, kelgusi avlodning o‘z shaxsiy talablarini qondirishga tahdid solmaydigan»[2] taraqqiyotdir. Barqaror taraqqiyot tegishli xalqning nafaqat iqtisodiy muvozanati, balki uning iqtisodiy gullab-yashnashi, atrof muhitning yuqori darajasi va ijtimoiy tenglikning birgalikda (sinxron) olib borilishini bildiradi − bu yorqin kelajakni ta'minlashda o‘ziga yarasha qiyinchilik bilan erishiladi. Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, dostonlar ijrochiligi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musiqasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy madaniyatida o‘zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo‘shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o‘rin tutadi. 2.Marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, fol’klor, xalq ijodi. Marosim xalq qo’shiqlari ijodi quyidagilarni qamrab oladi. Urf-odat, marosim va bayramlar tarkibiga mehmondo‘stlik an'analari, axloq-odob bilan bog‘liq urf-odatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar, beshik to‘yi, ism qo‘yish marosimi, sunnat to‘yi, sovchilikka borish, kelin salom, milliy va mahalliy miqyosda o‘tkaziladigan sayllar, hasharlar, tomoshalar, bayramlar va boshqalarni kiritish mumkin. Marosim inson hayotida muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi va kishilar hayotidagi eng muhim voqyealarni (masalan, tug‘ilish, uylanish, o‘lim) qayd etadi, rasmiylashtiradi. O‘zbek oilalarida yosh oilalarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos ma'naviy “zina” sifatida xizmat etadigan, chaqaloq tug‘ilgandan, to ulg‘ayib, yangi oila qurgungacha bo‘lgan hayotiy muhim voqyealarni qayd qiladigan marosimlar tizimi (“Chaqaloq dunyoga kelishi”, “Ism berish”, “Chaqaloq chilla”, “Beshik to‘y”, “Soch to‘y”, “Tish to‘y”, Birinchi qadam”, “Sunnat to‘y”, “Muchal yosh”, “Nikoh to‘y” kabilar) vujudga kelgan. Beshik to‘yi - o‘zbeklar oilasida to‘ng‘ich farzand tug‘ilishi sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosim hisoblanadi.Bu udum O‘zbekiston viloyatlarida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik bilan bog‘liq turli xil urf-odatlar bor. Masalan, beshikni hyech qachon ikki kishi ikki tomonidan ko‘tarmaydi, uni faqat bir kishi ko‘tarishi lozim. Beshik doimo toza joyda saqlanadi.Undan foydalanilmaganda ham asbob-anjomlari bilan yig‘ib toza joyga qo‘yib qo‘yiladi. Oilada tug‘ilgan keyingi farzandlarning hammasi ana shu beshikdan foydalanadi, ya'ni oilada tug‘ilgan keyingi farzandga boshqa yangi beshik olinmaydi. Chaqaloqning yaqinlari davrasida beshikka solish xalq tilida “beshik to‘yi” marosimi ham deyiladi.Bu udum O‘zbekistonning turli hududlarda turlicha tartibda o‘tkaziladi.Odatda beshik to‘ng‘ich farzandga qizning ota-onasi tomonidan beriladi. Marosim oilaviy marosim shaklida o‘tkaziladi.Unda kelin va kuyov tomonning eng yaqin qarindoshlari qatnashadi va yoshi ulug‘ momolar yosh onaga bolani beshikka solish (belash) tartibini o‘rgatishadi. Boychechak marosimi – turkiy xalqlarda ko‘klam kelishi bilan bahorning ilk guli – boychechak chiqqanligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bahor bilan bog‘liq «Lola», «Gul» kabi ko‘plab sayillarning ibtidosida «Boychechak» marosimi turadi. Boychechak sayli qish qahratonidan omon chiqqan xalqning shukronalik bayrami hamdir. Qadimda bu marosim qish va ko‘klamning kurashini ifodalagan. Bunday marosim va bayramlar tog‘ bag‘rida, qir-adirlarda, bog‘larda o‘tkazilgan. Marosim yerli xalq hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Boychechak sayli dastlab kattalar va bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda faqat bolalar tomonidan nishonlanadi. Bolalar guruh-guruh bo‘lib qishloq yaqinidagi qir-adirlardan boychechak terib kelishadi. Bunda guruhlar o‘rtasida raqobat ham kechishi mumkin. Qaysi guruh qishloqqa birinchi bo‘lib boychechak keltirsa eng ko‘p sovg‘a-salomlar ularga beriladi. Darvishona - Bahor faslida o‘tkaziladigan marosimlar ichida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi, dasht joylarda o‘troq yashaydigan aholi tomonidan o‘tkaziladigan Darvishona marosimi alohida o‘rin tutadi. Bu marosim o‘tkaziladigan kun yerli aholining oqsoqollari tomonidan belgilanadi va erta tongdan boshlab qishloq atrofidagi ma'lum joyga erkaklar yig‘ilishadi. Bu yerda kun davomida amalga oshiriladigan obodonchilik va tozalash ishlari taqsimlanadi. Asosan, qabriston, suv keladigan ariqlar, quduqlar, zovurlar, yo‘llar va boshqa aholi umumiy ravishda foydalanadigan ob'ektlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Qishloq yig‘iladigan ma'lum joy yoki ochiq havoda qishloq aholisidan yig‘ilgan pulga sotib olingan mol (yoki qo‘y)lar so‘yilib, taomlar tayyorlanadi. Ishlar yakunlangandan keyin bu ishlarda ishtirok etgan barcha aholi yana to‘planib, taom tortilishidan oldin yil davomida qilinadigan ishlarni kelishib olishadi. Yomg‘ir chaqirish – qurg‘oqchilik munosabati bilan bahor faslida o‘tkaziladigan marosim hisoblanadi. Asosan lalmi (faqat qor va yomg‘ir suvlari bilan sug‘oriladigan) yerlarda dehqonchilik qiluvchi aholi tomonidan o‘tkaziladi. Marosim turli viloyatlarda turlicha “So‘z xotin”, “Sut xotin”, “Suv xotin”, “Sust xotin” nomlari bilan yuritiladi. “Sust xotin” marosimi O‘zbekistonning Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlaridagi ayrim qishloqlarda ayollar, Sho‘rchi, Koson tumanlarida va o‘zbek laqaylarida erkaklar ishtirokida o‘tkazilgan. Bunda belgilangan vaqtda o‘n-o‘n besh nafar ayollar maxsus yasalgan qo‘g‘irchoqqa keksa ayolning kiyimini kiydirishgan. Uni bir ayol ko‘tarib olgan va qolganlar uning orqasidan ergashib, qishloqdagi uylarga birma-bir kirib chiqishgan. Xonadon egasi esa mamnuyat bilan ularga atagan narsalarini hadya etishgan. Marosim so‘ngida ramziy qo‘g‘irchoq qishloq ahli tomonidan yaqin oradagi suv havzasiga oqizib yuborilgan. Kelin salom-Nikoh to‘yidan keyingi katta marosimlardan biri “kelin salom” udumidir.Marosimdan maqsad kelinni kuyov tomonning qarindoshlari bilan tanishtirish.Marosim turli hududlarda turlicha o‘tkaziladi. Muchal to‘yi – inson hayotida (aslida) har o‘n ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan marosim bo‘lgan. Muchal yoshlari (o‘n ikki yillik sikl tugab, u yana takrorlana boshlanish davri) qadimdan Navro‘z bayrami kunlari nishonlanib kelingan. Ayniqsa birinchi muchal almashish – o‘n ikki yoshdan o‘n uch yoshga o‘tish (boshqa muchal yoshlariga qaraganda) katta tantana bilan nishonlangan.Qadimda muchal yoshini nishonlayotgan inson o‘zining kiyimlarini yaqin qarindosh-urug‘lari yoki qo‘ni-qo‘shnilarga hadya qilgan.Bu odat muchal davriyligini saqlashga xizmat qiladi deb ishonishgan. Navro‘z (forscha – yangi kun) – shamsiy (quyosh) yil hisobi bo‘yicha yangi yilning birinchi kuni. O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka (21 yoki 22 mart), ya'ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to‘g‘ri keladi. Navro‘z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami hisoblanadi. Bayramda ommaviy xalq sayillari uyushtirilib, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishiriladi, bahorgi ekinlarni ekish boshlanadi. Nikoh to‘yi – yangi oila yaratish maqsadida tashkil etiladigan marosimlar turkumi. «Nikoh» arabcha so‘z bo‘lib, er-xotinlikni shariat yo‘li bilan qonuniy rasmiylashtirishdir. Nikoh to‘yi «ijob to‘yi», «uy tushirar to‘yi», «katta yaloq qizartirar to‘yi» deb ham nomlanadi. Nikoh uch qismga – to‘ydan oldingi, bvosita to‘y va to‘ydan keyingi qismlarga bo‘linadi. Ramazon hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi hisoblanadi. Islom dinida ramazon oyida Olloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ga Qur'onni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli ramazon muqaddas oy hisoblanadi.Bu oy davomida musulmonlarga ro‘za tutish buyuriladi. Islomdan avval Ramazon – arablarning 4 muqaddas oyidan biri sanalib, islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an'ana bo‘lgan. Sumalak sayli – bahor faslining ilk kunlarida ommaviy tarzda o‘tkaziladigan marosim.Asosiy taom “sumalak” bilan bog‘liq bir qancha odatlardan tashkil topadi. Ba'zi ma'lumotga ko‘ra, sumalakning tarixi 3000 yildan oshiqroqdir.Tuz solinmasdan pishiriladigan yagona taom ham sumalak hisoblanadi. Sumalak tayyorlash uchun faqat undirilgan bug‘doy suvi, un, o‘simlik yog‘i va suv kerak bo‘ladi. U eng uzoq pishiriladigan taom hisoblanib, u kamida 22-24 soat davomida tagiga olmasligi uchun kavlab turiladi va unga tosh, yong‘oq tashlanadi. Sunnat to‘yi – o‘g‘il farzand uchun o‘tkaziladigan to‘y marosimi. Marosim bola 3-5-9 yosh, ayrim hollarda undan kattaroq yoshda o‘tkaziladi. O‘zbekistonning turli xududlarida bu marosim “sunnat to‘yi”, “chipron” “chukron”, “xatna to‘yi”, “qo‘lni halollash (poklash)” kabi nomlar bilan yuritiladi. Sunnat to‘yining tarixi ibtidoiy jamiyatda balog‘at yoshini nishonlash, bolalarni o‘smirlikka o‘tish marosimiga borib taqaladi. O‘sha davrlardayoq bolani sunnat (xatna) qilish odati paydo bo‘lib, u bir tomondan, issiq iqlimda gigiena (ozodagarchilik)ga rioya qilish vositasi bo‘lgan, ikkinchidan, mardlik va jasurlik hisoblangan. 3.O’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari. XIX asr oxirlariga kelib o‘zbek musiqiy madaniyatida o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu albatta, Turkiston o‘lkasini Russiya tomonidan istilo qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu borada ikki tomonlama qarash bilan o‘rganmoq zarur bo‘ladi. Chunki bazi bir hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta’sirini kuzatsak, ikkinchi tomondan, o‘ziga xos rivojlanish davri bo‘lganligini ham ehtirof etish zarur bo‘ladi. Chunki nota yozuvining kirib kelishi, o‘lkamizda milliy musiqa san'atimizni ilmiy ravishda o‘rganish, folklor va etnografiya sohasidagi rivojlanishga sezilarli ta’sir etdi. Bu borada V.A.Uspenskiy, ye.Ye.Romanovskaya, N.N.Mironov singari musiqashunos va etnograf olimlarning mehnatlarini aytib o‘tish zurur bo‘ladi. Ilyos Akbarov, Mutal Burxonov, Yunus Rajabiy, Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy singari musiqamiz darg‘alari ulardan saboq oldilar. Bundan tashqari, jahon musiqiy madaniyatining durdonalari sanalmish fortopiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining kirib kelishi musiqiy madaniyatimizning har tomonlama serqirra rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Natijada, o‘zbek xalq musiqalari, qo‘shiqlari, maqomlari joy olgan 20 jilddan ortiq kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi. So‘nggi 130 yil ichida musiqiy madaniyatimiz murakkab, keskin ziddiyatlarga, ijobiy va salbiy ko‘rinishlarga to‘la tarixiy davrni boshidan kechirdi. Ana shu holatlarga qaramay, o‘tgan davrlar mobaynida ilm fan, san’at, jumladan, musiqiy madaniyat sohasida faxrlanishga arzigulik ishlar amalga oshirilganligini ehtirof etish zarur.Yaqqol misol sifatida musiqa ijodiyoti, ijrochiligi, musiqa ilmi, tahlili singari sohalarni olish mumkin. Shu o‘tgan davrlarning salbiy oqibatlari sifatida hayotimizning o‘ta siyosiylashtiriluvi, milliy qadriyatlarimizni mensimaslik, uning toptalishiga yo‘l qo‘yilishi, xalqchil yo‘nalishlarga bepisandlik munosabatida bo‘lish, azaliy xalqaro madaniy aloqalar rivojlanishiga sunhiy to‘siqlar qo‘yilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi zamon o‘zbek musiqa ijodiyoti serjabha va ko‘lami keng, usluban boy va rang-barang, rivojlangan va shiddatli jarayon sifatida gavdalanadi. Zotan, musiqiy madaniyatimiz juda qadim, betakror va noyob an’analarga ega bo‘lgani holda, zamona zayli bilan yangidan-yangi yo‘nalish, shakl, janr, uslublar bilan yanada boyib bormoqda. Demakki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqli navobaxsh merosimiz qatori bir necha avlod ijodkorlarining ko‘rkam musiqiy an’analari madaniy-ma'naviy mulkimizga aylandi. Har qanday sanhat turi har xil vositalar orqali hayotiy voqyelikni aks ettirishga qodir ekan, so‘nggi yuz yillik mobaynida O‘zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog‘lik murakkab va o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish mumkin. Xususan, 20-yillardan ehtiboran kompozitorlikka xos ifoda vositalarining izchil joriy etila boshlanishi musiqiy madaniyatimizda musiqa ijodkorligining yangi tizimi barpo etilishidan dalolat berdi. Tabiyki, tez orada o‘zbek xalq ijodiyoti, an’anaviy bastakorlik hamda havaskorlik singari o‘zaro chambarchas bog‘liq qatlamlar bilan uzviy bog‘liq ravishda milliy qadriyatlarimizga, «noan’anaviy» kompozitorlik ijodkorligi muhim tarmoq sifatida qo‘shiladi. Umumbashariy madaniy taraqqiyotga mos ravishda mazkur jabha o‘lkamizda tarixan juda qisqa muddat ichida uzil-kesil shakllanib, samarali rivoj topganini alohida ehtirof etish lozim. G‘arbiy va Sharqiy Ovrupa mamlakatlari tajribasidan unumli foydalanibgina qolmay, o‘zgacha yaratuvchanlik qonun-qoidalarini o‘zlashtirish, uni o‘zbek xalq musiqasining boy imkoniyatlari bilan mohirona payvand qilish maqsadida ilg‘or kompozitorlarimiz nafaqat Markaziy Osiyo, balki Sharq mintaqasi doirasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Yangicha musiqiy uslubda noyob zamonaviy asar yaratish, jahon xalqlari musiqasi rivojlanishini hisobga olib, tobora yangidan - yangi ijodiy ufqlarni ochib berish bilan tavsiflanuvchi baynalminal jarayonga O‘zbekiston o‘z munosib ulushi bilan dadil kira oldi.Kasbiy ulg‘ayish bosqichlarini tezkorlik bilan o‘tab, har tomonlama yetuklik pallasiga ko‘tarilishi bilan «O‘zbek kompozitorlik maktabi» dunyo musiqa madaniyatida o‘ziga munosib o‘rinni egallashga intildi. Asosan XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan ana shunday ijodga moyillik darajasi ilgari ayricha holda bo‘lgan ikki toifadagi musiqiy tafakkur an’analarining o‘lkamizda uzviy mushtarakligiga erishilganligi bilan ham xarakterlanadi. Shu boisdan ko‘p ovozlik uslub ila bunyod etilgan turli janrlardagi badiiy jihatdan barkamol, mumtoz asarlar ma'naviy qadriyatlarimizning jahonshumul salohiyatini yanada oshirdi. Musiqiy madaniyatimizning yangi yo‘nalishi bo‘lgan o‘zbek simfonik musiqasi 70-80-yillarda peshqadam safga chiqib olganini eslab o‘taylik. Bu o‘rinda respublikamizda, qo‘shni va qator xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli madaniy tadbirlar, konsert, ko‘rik-tanlov hamda festivallarda katta muvaffaqiyat bilan ijro etilgan o‘zbekona poemalar, syuitalar, uvertyuralar, fantaziyalar, cholg‘u konsertlar va simfoniyalar xalqaro musiqa jamoatchiligi diqqat-ehtiborini qayta-qayta o‘ziga jalb qilgan. Bugungi kunda o‘zbek musiqa sanhati nafaqat asl an’anaviy ko‘rinishlarida, balki kompozitorlik yo‘nalishlarida ham xalqaro miqyosda tobora kengroq tan olinmoqda. Bu mahnoda sof cholg‘u musiqasi, xususan, uning ancha murakkab sanalmish simfonik ijodiyoti alohida ehtiborga molik. Endilikda respublikamiz kompozitorligi shunchaki xilma xil musiqa janrlarida yozish va izlanish tajribalaridan iborat bo‘lmay, balki noyob an’analariga, mumtoz namunalar xazinasiga ega sermahsul oqimdir. Uni turli yillarda xalqchil kuy ohanglar zaminida yaratilgan noyob va betakror asarlar tashkil etadi. Zero, har qanday andozada bastalangan musiqaning milliylik, badiiy barkamollik, o‘ziga xoslik, mazmundorlik, tahsirchanlik kabi fazilatlari hamisha qadrlidir. Yuksak kasb mahorati, teran bilimdonlik, nozik did bilan ko‘hna milliy an’analarga tayanib yaratilgan asarlarning umri boqiyligini birgina o‘zbek simfonik musiqasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, 30-yillarning ikkinchi yarmida yaratilgan Aleksey Kozlovskiyning ovoz va simfonik orkestriga moslashtirilgan ehtirosli «Tanovar» poemasi, «Lola» syuitasi, Reyngold Gliyerning «Farg‘ona bayrami» shodiyona uvertyurasi tinglovchilarga hamon olam-olam zavqu shavq bag‘ishlab kelmoqda. Simfonik orkestr ishtirokida ijro etishga mo‘ljallangan o‘lmas kashfiyot darajasidagi asarlar orasida Mutal Burhonovning yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Alisher Navoiyga qasida»si, Muxtor Ashrafiy, Georgiy Mushelp, Sulaymon Yudakovlarning qator simfonik asarlari, Doni Zokirovning «Lirik poema»si, Boris Nadejdinning «Bolalarga» syuitasi, Ikrom Akbarovning «Shoir xotirasiga», «epik poema»lari, «Samarqand hikoyalari» turkumi, Sayfi Jalilning «Samarqandnoma» simfoniyasi, To‘lqin Qurbonovning simfonik kuylari, Mirsodiq Tojiyevning «Shoir sevgisi» poemasi va 19 ta muhtasham simfoniyalari, Mirxalil Mahmudovning 3 ta simfoniyasi, Nurilla Zokirov, Mustafo Bafoyev, Rustam Abdullayev, Habibullo Rahimov, Bahrullo Lutfullayev va boshqa ijodkorlarning yutuqlari musiqiy madaniyatimiz ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. 4.An’anaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari. Zaminimizdagi musiqa san'atining rivoji uch ming yilga borib taqaladi. O‘tgan bu zalvorli davrlar mobaynida musiqiy madaniyatimiz juda ko‘p marta o‘zining uzoq rivojlanish davrini bosib o‘tdi va xalqimiz ma'naviy boyligining negizi sifatida ezgulik va taraqqiyot uchun xizmat qildi. Shuning uchun ham biz juda boy, rang-barang, ko‘lami keng, usluban xilma xil, qiymati chin ma’noda bebaho darajali ulug‘vor musiqiy merosga egamiz. O‘rta asrlarda faqat mumtoz ijodkorlik qatlamida «O‘n ikki maqom»dek muhtasham tizim, uning negizida shakllanib bizgacha yetib kelgan Buxoro va Xorazm maqom turkumlari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari, an'anaviy ijrochilik va surnay yo‘llari, xalq bastakorlik ijodkorligi, musiqiy dostonchilik san'ati musiqiy madaniyatimizning sarchashmalari sifatida bahramand qilib kelmoqda. Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko‘pligi, turfa yakka va jo‘rnavozlik ijro an'analarining o‘ziga xosligi bo‘yicha milliy musiqa san'atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qisqa muddatlarda O‘zbekistonda yanada yangicha, ko‘p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti uzil - kesil shakllandi, o‘z qiyofasiga ega bo‘ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an'analari faqat hayotbaxshlikni ta'minlabgina qolmay, balki mahsuldor zamin bo‘lib xizmat qildi. Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo‘ldi. Shu bilan birga, u ko‘hna mumtoz an'analarimizning to‘la tiklanishiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma'naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko‘rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko‘hna maqom ijrochiligi va an'anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy salohiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo‘lmoqdamiz. Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g‘ayri tabiiy tuyulsa ham, bu yo‘nalishga to‘siq bo‘lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo‘lsa kerak. Chunki mumtoz sharq shehriyatida bitilgan ilohiy, tasavvufona mavzular o‘tmish musiqamizda o‘zining ohanrabo, ta'sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o‘z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muxlislari bor. Buni albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi.m Kezi kelganda shuni ham e'tirof etish kerakki, Ovro‘paga turdosh zamonaviy musiqa ijrochiligi bo‘yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholg‘ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko‘plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmoqda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritishayotgani quvonarli holdir. Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma'naviy hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo‘lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o‘zining ma'naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda.Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Aytishlaricha, u yoki bu madaniyatni tushunish, xalqning hayoti va turmush tarzini his qilish uchun uning milliy ohanglarini tinglash kerak ekan. O‘zbekistonning ba’zi hududlarida xalq musiqasining Farg‘ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm mahalliy uslublari afzal ko‘riladi. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida katta ashula yoki patnis ashula (patnis bilan ijro etilgan qo‘shiqlar) janrlari juda mashhur bo‘lib, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ko‘proq maqomlar ijro etiladi, Surxondaryo va Qashqadaryo aholisi uchun esa do‘mbira bilan ijro etiladigan dostonlar va pyesalar xosdir. Aksariyat o‘zbek ohanglari va qo‘shiqlari marosimlar, bayramlar, turli tadbirlar, urf-odatlar, an’analar va xalqning kundalik hayoti bilan bog‘liq. Eng mashhur qo‘shiqlari: "Kelin salom", "Yor-yor" to‘y qo‘shig‘i, "O‘lan", "Alla" qo‘shiqlari va boshqalar. Xalq professional musiqachilari Ahmadjon Umurzoqov, Imomjon Ikromov, Muhitdin Qori-Yoqubov, Matyusuf Xarratov, Nabijon Hasanov, To‘xtasin Jalilov, Usta Olim Komilov, Faxriddin Sodiqov, Shorahim Shoumarov, Yunus Rajabiy va boshqalar o‘zbek musiqiy merosining durdonalari hamda musiqiy asarlarning yaratuvchilari, zamonaviy mavzular bo‘yicha XX asr xalq cholg‘ulari ansambllarining (bir ovozlilik sohasida) rahbarlari sanalishadi. O`rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida muhim o`rin tutgan jadidchilik harakati, adabiyoti va san’atining yirik namoyondalaridan biri bo`lmish Abdulla Avloniy milliy teatr va musiqa san’ati ravnaqi, xalqimizni ma’naviy qashshoqlikdan qutqarish, umumxalq madaniyatini yuksaltirih yo`lida faol ish olib borgan siymolardandir. Abdulla Avloniy (1878-1934) o`tgan asrning boshlarida uyg`onish davri arboblari singari shoir, dramaturg, aktyor, tarjimon, musiqa yig`uvchi, jurnalist, Evropa ilg`or fan-texnikasi, madaniyati tarafdori sifatida bo`y ko`rsatdi. Uning yozma dramaturgiya va teatr san’atiga qo`shgan hissasi ho`qida talaygina ilmiy-ommabop maqola va asarlar e’lon qilingan bo`lsa-da, ammo ijodkorning musika san’atiga munosabati to`g`risida juda kam yozilgan. Holbuki, u barcha jadid ziyolilari kabi bu sohaga ham munosib ulush qo`shgan.Uning ikki jildlik «Tanlangan asarlar»iga kiritilgan she’rlari, maqolalari, pesalari shunday demoqqa asos beradi. Adib asarlari uning badiiy-estetik qarashlari nihoyatda yuksak bo`lganini, xususan, yoshlikdan musiqa san’atiga ixlos qo`yganini va bu ixlos ilk bor teatrchilik harakatiga aralasha boshlagan kezlarida avj olganini, ayniqsa, «Turon» truppasida faoliyat ko`rsatgan davrida kuchayganini ko`rsatadi. Ma’lumki, XX asrning boshida Turkistonning katta shaharlariga turli millat teatr truppalari, xususan, tatar, arman, ozarbayjon, rus san’atkorlari ijodiy safarga kelishgan (bu o`sha davr matbuotida keng yoritilgan). Ularning ta’sirida Abdulla Avloniy o`zbek teatr san’atining poydevori bo`lgan Evropa tipidagi «Turon» truppasining (1914 yil) rahnamolaridan biriga aylandi. U teatr san’atining xalq ongiga ta’siri haqida «Teatr xususida munozara» maqolasida «Tiyotr har bir millatning yamon urf va odatlarini yo`q qilmak uchun, o`zini ahvolini tuzatmak uchun boqadurg`on oyinasidir» (Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2-jildlik. 2 jild. T.: Ma’naviyat,1998 .221-bet.), - deydi. Avloniy ilg`or turk va ozarbayjon, tatar dramaturgiyasi bilan tanishib, eng yaxshi asarlarni, jumladan Jalil Mamadqulizodaning «O`liklar», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Jaholat» dramalarini o`zbekchaga tarjima qildi, rejissyor va aktyor sifatida truppa faoliyatida fidokorona qatnashdi. 1914-1916 yillarda Toshkent va Farg`onada, chiqib turgan gazeta va jurnallarni varaqlab ko`rsangiz, truppa faoliyati, Avloniyning rejissyorlik va aktyorlik mahorati haqida yozilgan maroqli maqolalarni ko`plab uchratasiz. «Turon» truppasining ilk qadamlarida so`zsiz Avloniyning o`rni katta.Truppa repertuarining shakllanishida, musiqiy bezagida uning qo`li borligi yaqqol seziladi.Teatrning birinchi «qadamlaridan boshlab musiqa san’atiga katta o`rin berilgan.Truppaning matbuotda bosilgan e’lonlari bu fikrni tasdiqlaydi.Hatto e’lonlardan birida tanaffus paytlarida Sultonxon tanburchi (ushbu davrning eng nufuzli tamburchisi.) turli mashqlarni ijro etishi ma’lum qilingani kishini hayratga soladi. Avloniy ana shu jarayonga qizg`in aralashgani sababli musiqaning inson, jamiyat va teatr san’atidagi o`rni va rolini chuqur anglab etdi. Bu xususiyat uning Sidqiy Ruhullo (Mashhur Ozarbayjon xonadasi. Turkiston sanatkorlari bilan yaqin aloqada bo`lgan.) bilan hamkorlikda U.Hojibekovning «Layli va Majnun» operasini sahnalashtirishda ham aktyor, ham xormeyster sifatida ishtirok etishi chog`ida yanada taraqqiy etdi. Shuningdek, talaygina hofizu sozandalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar chog`ida milliy musiqa janrlari, yo`llarini o`rgandi, ma’naviy xazinasini milliy kuy nomlari va ohanglari bilan boyitdi, Bu bilan kifoyalanmay san’at haqida tanqidiy mushohada yuritishga odatlandi. Musiqa san’atining inson tarbiyasida muhim o`rin tutishini, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda imkoniyati keng ekanligini barcha jadid ziyolilari kabi teran ilg`adi.Uning 1922 yilda «Inqilob» jurnalining birinchi sonida bosilgan «Sanoyi’ nafisa» maqolasi fikrimizni har jihatdan dalillaydi. Avloniy ommabop tarzda fikr yuritib, odamlar qadim zamonlarda "dunyo yuzida inson bolalarining sanoyi’ nafisaga qo`ygan birinchi odimlar"ini, «dillaridagi ta’sir va hissiyotni to`xtata olmaganlar va erishilgandan qanoatlanmasdan tinch yotmaganlar, jim turmaganlar», «tabiatning yasagan va o`sdirgan, vujudga chiqargan jonlik va jonsiz narsalarini sinchiklab tekshirib qaray boshlaganlar»ini tushuntiradi.Ya’ni, daraxtlarning har bir yashil, bargi, xushyor (kishilarning) nazarida bu turfa olamning varaqlaridir deydi (Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2-jildlik. 2 jild. T.: Ma’naviyat,1998 . 235-bet.).Adib bu bilan musiqa san’atining tug`ilishida tabiatga nisbatan qilingan oddiy taqlid yotishini ta’kidlaydi. Ma’lumki, odamlar qadim-qadimda hayot va tabiat voqea-hodisalarini, atrof muhitda kechayotgan o`zgarishlar hamda jarayonlarni doimo o`zlarining hayotlariga qiyoslashgan. Tabiat go`zalligini asl holicha soddadillik bilan qabul qilishgan. Avloniy ilmiy adabiyotda «taqlidchilik davri», «xalq og`zaki ijodi davri» deb atalgan paytlarni tahlil etishda asosan to`g`ri yondashadi. U taqlid davrini quyidagicha ifodalaydi: «bahor mavsumlarida chechaklarning hajrida mast bo`lib sayragan qushlarning yoqimli tovushlari hushlariga o`tirdida, onlar ham ixtiyorsiz ravishda shul qushlarga tovushlarini o`xshatmoq, go`yo qush kabi sayramoqchi bo`ldilar». SHoir bu misol bilan inson qalbida paydo bo`lgan go`zallikka, musiqaga intilish, ijod qilish, o`ziga xos ohang yaratish mayini va bu mayilni tug`diruvchi musiqa va uning uyg`otuvchisi, fasllar kelinchagi bahor ekanini uqtiradi. Davrga ta’rif berib: «Ular ham nag`ma, ashula qila boshladilar. Mana shu davrni sanoyi nafisaning adabiyot davrideyilur»,-deydi. Avloniy taqlidchilikdan asta-sekin haqiqiy ijod davriga o`tishni to`g`ri ta’kidlab, «avvalgi san’atlariga qaraganda so`nggi san’atlar (avvalgidan) muhimroq va yaxshiroq bo`lib, mutaassir bo`lmoq har kimga nasib bo`lmas edi», -deydi. Binobarin, u haqiqiy san’atkorlik har kimning qo`lidan kelmasligini, buning uchun insonga chin ma’nodagi iste’dod lozimligini aytadi. Taqliddan og`zaki ijodga, so`ng haqiqiy san’atkorlikka o`tish zamonini, ya’ni adabiyot davri haqida fikr yuritar ekan, har ikki holatda musiqaning vazifasini asosan to`g`pi belgilaydi. U «shodlik kunlarin(i) shodlik qo`shiq bilan tasvir qilsalar, g`amlik kunlarin(i) qayg`ulik ashulalari bilan izhor qilar edilar», -deydi. Ya’ni, musiqaning faqat maishiy tomonini emas, balki falsafiy jihatini ham unutmaydi. Avloniy inson ovozi - eng birinchi musiqa asbobi ekanligini va kadimgi kishilar «go`zallaridan, mahbubalaridan, borlaridan ajralganliklarin(i) boshqa o`rtoqlariga ham ma’lum qilar edilar», deb qadim zamonlarda ishq-muhabbat, his-tuyg`ular bilan bog`liqligini aytib, lirik musiqaning paydo bo`lish sabablarini ochadi. Shuningdek u jo`ngina bo`lsa-da, ilk musiqa cholg`u asboblarining yaratilishi haqida ham taxminlar qiladi: «Daraxtlarning shoxlariga ilinib qolgon hayvonlarning ichaklarin havoning ta’siri bilan ko`rib, shamolning ta’siri bilan «ting`ir-ting`ir» qilgan tovushi ko`ngillariga o`turdi, xush keldi. O`zlarining ashula va qo`shiqlariga jo`r-jo`ravozlik qilmoq uchun hayvon ichaklaridan «tor» yasab, musiqiy asboblarin yuzaga chiqardilar», deb musiqa san’ati o`z taraqqiyotida yangi bir bosqichiga o`tganini ta’kidlaydi. «Bu san’atlari avvallariga qaraganda eng nafis, eng muhim, eng ruhlik bir san’at bo`lib chiqdi. Lekin onlar bu san’atlarni tekshiruv va qayg`iruv orqasida chiqordilarda, bizlarga yodgor o`laroq qoldirib, o`zlari ko`zdan nihon o`ldilar» deb, musiqani oddiy taqliddan ijod va chin badiiyot hosilasi darajasiga ko`tarilishini «nafis san’at» deb, uning yaratuvchilari-bastakorlar nom-nishonsiz o`tib ketganlarini uqtirmoqda. U davrni aniq ko`rsatishdan tiyilib, o`rta asrlar nafis san’atiga ishora qilar ekan, milliy musiqa bisotimizdagi o`adimiy «Sayra bulbul, sayra chinorni shoxi sinsun, yor ayrilaman dedi, ayrilib ko`ngli tinsun» deb boshlanuvchi xalq qo`shig`ini tilga oladi. Avloniy musiqa san’atining paydo bo`lishiga oid qisqagina maqolasida ko`pgina qiziqarli kuzatuvlarni keltiradi va asosan to`g`ri xulosalar chiqaradi. Musiqa ilk bor tabiatga oddiy taqliddan boshlanganligini, musiqa san’atining asosiy janrlarini, ya’ni mavsumiy, maishiy va lirik qo`shiqlarning kelib chiqishini eslatib qo`yadi. Musiqaga yurakdan berilgani bois yozgan «Musiqiy» sarlavhali she’rida musiqaning ta’sir kuch-qudratini batafsil ifodalaydi. Nag`ma sozingdir madori jism, qudsiy so`zlaring, ruxbaxshodur sado qilganda, hijron ko`zlaring. Avloniy musiqani o`lik vujudga jon kirituvchi go`zal qiyofada tasvirlaydi. Musiqa sadosi insonning ruhini bo`ysundirib o`ziga muxlis qiladi, ming jonlarni o`ynatadi. Kimki umrida bir marotaba musiqa sadosini eshitsa, unga abadiy shaydo bo`lib qoladi. San’at inson qalbiga shodlik bag`ishlab, o`ziga asir qilib oladi.Musiqa bulog`idan minglab jonlar ta’sirlangan, maftun bo`lgan, «murda dillar», ya’ni o`lik dillar ham uning ta’siridan darmon oladi va tiriladi, harakatga keladi. San’atni anglagan, undan bahramand insonning ruxiyati pok bo`lib, yomonlik tomoniga o`zgarmaydi, buzilmaydi deb hisoblaydi Avloniy. Shu bilan shoir musiqa inson ruhini, ma’naviyatini poklaydigan, tarbiyalaydigan kuchga egaligini ta’kidlab, qadimgi yunon faylasuflarining «poklanish» («katarsis») tushunchasiga hamfikrlik bildiradi. So`ylagan kimdur dahoningdan azal asrorini, Nag`mang ochgay elni afkorik tuzar jontorini. Ya’ni musiqa ilohiyat bilan bevosita bog`liq bo`lgan mo`’jiza. Insonga yaratguchining sirini so`zlagan kim? Albatta, nag`ma. Chunki nag`ma – xalqning tafakkurini ochadi, jonlarning-jamiyatning bemor vujudini davolaydi, jon tomirini tuzatadi. Sababi, nag`masoz (sozanda, bastakor) qudsiy-ilohiy poklik so`zini aytib, inson va jamiyat vujudiga quvvat beradi, chunki, Hijron so`zlari (shoirning taxalluslaridan biri) xasta xalq ruhini davolovchi ohang-sado-kuydir. Avloniy she’rda musiqaning ilohiyona ta’sir quvvatini ta’riflash bilan kifoyalanmay turli musiqiy atamalarni keltiradi: «some’» - tinglovchi, eshituvchi manosini bildiradi; «tarannum» - ohang, kuy; «takallum» - qo`shiq, ashula; «nag`masoz» - kuy yozuvchi, bastakor. Adib musiqani nafaqat san’at, balki falsafa, din, tibbiyot va umuman koinot bilan bog`liq bo`lgan yaxlit bir hodisa sifatida o`zaro mutanosiblikda idrok etadi. Uning musiqa inson ruhiga, ma’naviyatiga qanchalik kuchli ta’sir ko`rsatishi, ta’lim-tarbiyada muhim rol o`ynashi haqidagi fikr va tushunchalari barcha jadid ziyolilariga xos bo`lib, qadimiy Sharq musiqashunoslarining fikrlariga monand keladi. Abdulla Avloniyning ko`p qirrali faoliyatida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalasi muhim ahamiyat kasb etgani to`g`risida ko`pgina qiziqarli ma’lumotlar bor. Millatimizning ilg`or kishilari qatori Avloniy Vatanning kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog`liq ekanini, ularning ma’naviy barkamolligi yangi jamiyatning madaniy darajasini belgilashini chuqur anglagan. 1904 yilda u Mirobod mahallasida ko`pgina ma’rifatparvar ziyolilar qatori yangi usuldagi maktab ochadi. 1916 yildan boshlab o`z maktabida musiqa darslariga o`rin beradi. Avloniy maktab programmasiga kiritgan «..musiqa darslari o`sha zamonning oxirgi kashfiyoti grammofonsiz o`tmagan» deb eslaydi maktabning sobiq o`kuvchisi Yu.Tohiriy (Avloniy A. Toshkent tongi. T.: 1979. 10-bet). O`sha zamon Turkiston bolalari qanday kuy va qo`shiqlarni tinglaganlari va bunday «ko`rgazmali qurol» ularga qanchalik katta ta’sir ko`rsatganligini tasavvur qilish mumkin. Avloniy musiqa san’atini qanchalik chuqur idrok etganligini o`zining ko`pgina she’rlarini ommabop xalq qo`shiqlariga, maqom yo`llaridagi kuylarga, o`z davrida mashhur bo`lgan ozarbayjon operalaridagi ariyalarning kuylariga moslab yozganligidan bilishimiz mumkin. Masalan uning «Maktabga targ`ib» she’ri «Latifa» kuyi ohangida yozilgan. U ijrochilar qiynalmasligi uchun «Milliy kuylarimizdan biri «Og`ajon latifa, guliston latifa», «Shoxida o`ynang, bargida sayrang, bog` latifa»dur, deb matndan parcha keltiradi va «teatr va adabiyot kechalarinda sahnada yozilmish milliy she’rlardan bir bayt, bir yoki ikki kishi tarafidan o`qilub, so`ngidan ko`b kishilar tarafidan hur, sozlar ila jo`r qilub ikkinchi bayt o`qilur», deb ogohlantiradi hamda naqorat lozimligini uqtiradi. Shuningdek, «Saodatshundadir» she’ri milliy kuylarimizdan «+oshg`archa», «Anorxon yorima» kuyiga solinub yozilganini eslatib o`tadi. Xullas shoir talaygina she’rlarni tayyor kuylarga solib yozgani haqida ma’lumotlar berib, uning ijro yo`llarini tushuntiradi: «Milliy nag`ma» she’ri «Shoh Abbos» operasindagi sharqiy kuylardan biri - «Tasnif»ga, «Hofizdan» - «Bayoti sheroz» kuyiga, «Jahldan nafrat» - «Dugoh» kuyiga, «Oh, bag`ri qonim» - "Rost" kuyiga, «Munojot» - milliy kuylardan "Segoh" kuyiga, «Oqma ko`z yoshim» - «Usqudor» kuyiga, «Ilma targ`ib» - «Layli va Majnun» operasindagi kuylardan sharqiy «Ey, bekasu bechora» kuyiga solinub yozildi». «To`y haqinda» she’riga «Reza» kuyi asos qilib olingan bo`lsa, boshqalari xalq kuylaridan «Yor-yor»ga solingan. Ma’lumki, O`zbekistonning turli viloyatlarida xalqimizning marosim qo`shiqlari orasida «Yor-yor»lar juda keng tarqalgan bo`lib, o`ziga xos usulda ijro etiladi. Aslida to`y marosimi bilan bog`lig` bo`lgan, «Yor-yor» qo`shiqlarining kuyi lirik ohangga ega bo`lib, xalqning kundalik turmushidagi har xil dolzarb mavzularni qiyoslash usulida qamrab oladi. Biz buni hozirgi kunda ham kuzatishimiz mumkin.«Yor-yor» qo`shiqlarining o`ziga xos ijro uslublari mavjud. Avloniy «Yor-yor»ning qiyoslash, taqqoslash usulidan va ohangidan ham ustalik bilan foydalangan. Shu sababli uning bu janrda yozilgan ijtimoiy she’rlari zamondoshlari qalbi va ongiga musiqiy ohanglar vositasida etib borgan. Binobarin o`quvchi va tinglovchini ma’naviy tarbiyalashda muhim tarbiyaviy vazifani bajargan, desak sira mubolag`a bo`lmaydi. Ijodkor o`zining ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy fikrlarini o`quvchi qalbiga joylashda nomlari yuqorida zikr etilgan milliy kuylar bilan bir qatorda «Na’t», «Munojot» va «Hamd» kabi an’anaviy diniy qo`shiq janrlaridan ham foydalangan. Sharq xalqlari va xususan o`zbek, tojik va fors adabiyotida Olloh va uning so`nggi payg`ambarini sharaflovchi «Na’t» va «Hamd» janrlari juda katta o`rin egallagan. Har bir yirik badiiy asarning boshida tangrini madh ztuvchi parchalar (boblar) bo`lishi odat tusiga kirgan. «Na’t» va «Hamd»lar aruz vaznida yoziladigan diniy musiqiy janrlar hisoblanadi. Bu asarlar qasida janriga hamohang bo`lib, to`ylarda va bazmlarda (konsertlarda) ijro etilgan. «Na’t» va «Hamd»larning ohanglari bir tekisda ketib, qo`shiq va deklamatsiya o`rtasidagi usulda tanbur jo`rligida ijro etilgan. Asosiy urg`u so`zning mazmuniga qaratilgan bo`lib, tinglovchining his-tuyg`ulariga ta’sir qiladi. Avloniy bu holatni e’tiborga olgani uchun o`z she’riy to`plamlarida ulardan keng foydalangan. Shu sababli uning «Adabiyot yohud milliy she’rlar» to`plamining har bir ju’zi «Hamd» va «Na’t»lar bilan boshlanadi. Avloniyning bir necha she’rlari «Na’ti Hazrati Rasuli Akram», «Hamd», «Na’ti sarvari olam», «Mustahzod» deb ataladi. Garchi bu she’rlar Olloh taolo va uning oxirgi paygambari Rasuli Akramga bag`ishlangan ta’rif, madhiya va iltijodan iborat bo`lsada, ammo shoir ularga zamonasiga oid ijtimoiy vazifalarni ham yuklaydi. Shu sababli ijroda xorni ham nazarda tutadi. Musiqa jo`rligida xor jamoasida kuylash usulining o`ziga xos tarbiyaviy va tibbiy xususiyatlari mavjud: jamoa bo`lib kuylaganda odam musiqani butun vujudi bilan his etadi va o`zi beixtiyor ijodiy jarayonga kirishadi, uning ruhiyati har qanday shartlilikdan xoli bo`lib, ichki ko`tarinkilikka, erkinlikka erishadi. Aynan ijroning shu turi musiqa san’atini o`zlashtirishda, unga bevosita kirib borishda, musiqiy ta’lim sohasida juda foydali va unumli yo`ldir. Ma’lumki o`sha davrda ko`pgina yangi usuldagi maktablarda, o`quv kurslarida, musiqa darslari o`qitilgan va teatr badiiy havaskorligi rivojlantirilgan. Bunday muassasalarda Tavallo, Hoji Mu’in va Avloniyning axloq va odob, Vatanga muhabbat haqidagi she’rlari deklamatsiya qilingan hamda ashula sifatida aytilgan. «Sadoi Turkiston» gazetasining 1914 yil 20 iyun sonida bosilgan «Andijonda musulmoncha teatr» maqolasi fikrimizni tasdiqlaydi. Maqolada jumladan shunday deyiladi: «Teatrdan so`ng erli musiqa bilan hamma o`ynovchilar sahnada hur ila Abdulla Avloniyning «O`qisin yoshlarimiz» asarini o`qib, xalqning olqishi va ofarinlariga musahhar bo`ldilar». Shunga o`xshash xabarlarni 1914-1916 yillardagi Toshkent va Farg`ona matbuotida juda ko`p uchratish mumkin. Umuman yangi mazmundagi she’riy asarlarni ma’lum kuylarga solib ijro etish o`sha davr madaniy hayotida keng miqyosda avj olgani kuzatiladi. Jadidchilik g`oyalari bilan sug`orilgan, yangi mazmundagi, ma’rifat, axloq, odob, millatparvarlikka chorlovchi mavzular xalq orasida ommalashgan bo`lib, asosan xalq qo`shiq va laparlari, maqom yo`lidagi uforlar, turkcha marshlar, tatarcha kuylar jo`rligida ijro etilishi odat tusiga kirgan. «Sahnaga chiqqan yoshlar hur ila ham yolg`uz-yolg`uz (yakkaxon usulda-B.M.) bo`lib mashhur shoirTukoev va Sayd Ramievning eng ma’noli she’rlarini o`qidilar. Orada etti kishidan murakkab milliy musiqa uynab turdi (ya’ni kichik orkestr - B.M.)» deb yozilgan «Sadoiy Turkiston» gazetasining 1915 yilning 15 yanvar sonida. Tariximizning fojeali hodisalaridan biri 1916 yilning yozida rus podshosining Sibirga mardikorlikka olish haqidagi farmonining chiqishi bo`lgan. Ma’lumki bu tadbir o`lkamizning barcha hududlarida xalqning g`azabini, noroziligini qo`zg`ab, qo`zg`olonlarga olib keldi. Xalq orasida sodda va ommabop kuylarga solinib mardikorlikka, oq podshoga qarshi qaratilgan qo`shiqlar keng tarqalib ketdi. Jadid ziyolilari mustamlakachilar uyushtirgan beayov qirg`inlarni katta norozilik bilan qarshi oldilar.A.Avloniy ham «Mardikorlar ashuvlasi» (bu asar Toshkentda G`ulom Hasan Orifjonov litografiyasida 1917 yilda bosilgan.) turkumini yaratib, mardikorlik poeziyasiga o`z hissasini qo`shdi. To`plamga «Bir mardikorning otasi o`g`liga aytgan so`zlari», «Onasining o`g`liga aytgan so`zlari», «O`g`lining onasiga aytgan so`zlari», «Xotuniga aytgan so`zi» kabi ta’sirli, dardga to`la she’rlari kiritilgan bo`lib, ular ohangdor va ashulabop qilib yozilgan. Muallifning o`zi uni «Bir necha yangi kuylarga solinub yozilmish «Adabiyot» majmuasining 6-juz’i» deb atasada, ammo qaysi yangi kuylar haqida ran borayotganligi haqida xech narsa demaydi. Kitob so`zboshisida undagi she’rlarning 1916 yilgi mardikorlik voqeasi munosabati bilan ezilganligi va «Turon» to`dasi tomonidan aytilganligi ma’lum qilingan, xolos (O`sha joyda. 375-bet). Yangi nashrda esa: «Birinchi to’da mardikorlarni jo’natmoq uchun chiqishda yasalgan namoyishda Toshkentdagi teatrda maxsus «Turon» to`dasi tarafidan turli latif kuylarda o`qilgan edi. Ko’p kishilar iltimos qiluvi sababli ja’m qilinib, nashr qilindi. Va boshqa bir necha shoirlarning yozgan she’rlari o`zlarining ruxsatlari ila ushbu adabiyotga ilova qilindi» deyilgan (Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2-jildlik. 1-jild. T.: Ma’naviyat, 1998.248-bet.). Demak, Abdulla Avloniy «Turon» truppasi tashkil topganidan boshlab, unga atab, ma’lum kuylarga moslab ko`pgina she’rlarni yozgan. Ashulalarning hammasiga Avloniyning o`zi kuylar tanlagan. Bu she’rlar o`sha kezlarda xalq orasida yoyilgan «Poezdingni jildirgan», «Nikolay qon jallob», «Mardikorlar voqeasi» kabi xalq qo`shiqlari yo`lida aytilgan bo`lishi mumkin. Abdulla Avloniy «Adabiyot yohud milliy she’rlar», «Mardikorlar ashuvlasi» to`plamlarida o`zbek she’riyatining an’anaviy janrlarini mazmunan va shaklan boyitdi. Ularga yangi ma’no va aniqrog`i minbar ohanglarini olib kirdi. Bu she’rlar o`zining ochiq ma’nosi, yorqinligi, oddiyligi, ta’sirchanligi, musiqaviyligi bilan ajralib turadi. 1914 yilda yozilgan «Millatga xitob» she’ri "Sharqiy kuylardan «So`yla bir ko`rki arab» kuyiga solinub yozildi" deb izohlangan. Sharqiy kuylar deb Avloniy vaqtida xalqimiz orasida ommabop bo`lgan turkcha marshlar nazarda tutilgan. Avloniy 1917 yil fevral inqilobini Turkiston xalqlari uchun erk va ozodlik olib keladi, degan orzular bilan kutib oldi va ko`p marshlar («sharqiyalar») yozdi. Ammo u ko`pchilik ziyolilar qatori xalqining, Vatanining «porloq kelajagiga» ishonchini juda tez yo`qotadi va «hurriyat nomin eshitdim, lek adolat ko`rmadim» deb iztirob chekadi. O`z manfaatlarini ko`zlamasdan vatanini dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlar qatorida ko`rish orzusi bilan yashagan shoir madaniyat va san’at orqali har bir odamning yuragiga yo`l topa olish zarurligini tushungan va targ`ib etgan. Avloniy «Madaniyat to`lqinlari» maqolasida shunday yozadi: «Hozir yarim asrdurki madaniyat bizni orqamizdan quviyur. Biz qirdan-qirga qochurmiz, qarshimizda maishat mashaqqatlari chiqub hujum qilur, o`ngimizdan bilimsizlik va jaholat kelub jonlarimizni siqur, so`ngimizdan musriflik, faqirlik, bid’atlar chiqub yo`limizni to`sur». Bu holdan qutilish yo`lida «faqat birgina chorasi bordurki madaniyatni qabul qilmak va haqiqiy madaniyatga kirishmak lozim». Binobarin shoir ana shu madaniyatni barpo qilishda teatr va musiqaning o`rni va roli katta ekanini chuqur anglagan va uni xalq ongiga etkazishga intilgan. Uning san’at, xususan musiqa san’ati xaqidagi fikrlari, qarashlari ana shundan dalolatdir. Avloniy badiiy-estetik qarashlarini, musiqaga munosabatini bir maqola hajmida qamrab olish nihoyatda qiyin. Ammo ushbu muxtasar yondashuvning o`ziyoq adibning milliy ananaviy musiqa bilimdonlaridan hamda xazinabonlaridan biri bo`lgan deyishimizga to`liq asos beradi. Download 230.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling