Mavzu: O`zbekistonda parlamentarizim (Oliy Majlis ) asoslarning shakllanishi va rivojlanishi. Oliy majlisning konstitutsiyaviy maqomi. Reja
Download 51.12 Kb.
|
Oliy majlis parlament
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan
birinchidan, ming yillar davomida yashab kelgan davlat hokimiyatini bir kishi (monarx) qo‘lida to‘planishiga barham berdi. Ikkinchidan, yakka hukmronlikni chegaraladi. Uchinchidan, davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirishi imkoniyatini vujudga keltirdi. To‘rtinchidan, hokimiyat ishlarida mamlakat aholisini (fuqarolarini) ishtirok etishining samarali vositasi vujudga keldi. Beshinchidan, davlat, jamiyat faoliyatida vakillik nazoarti vujudga keldi. Oltinchidan, qonun ishlab chiqish, qabul qilish professionalizm asosida olib boriladigan bo‘ldi.
Parlamentizm vujudga kelishi keyinchalik davlat boshqaruvini eng demokratik, davlat boshqaruvida ko‘pchilikni ishtirokini ta'minlaydigan respublika shaklini paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta'sir qildi. Parlamentizm vujudga kelishi va rivojlanishi inson huquqlarini himoya qilishda yangi bosqich bo‘ldi. Shularni hisobga olgan holda har bir demokratik yo‘ldan borayotgan mamlakatlar o‘z parlamentini shakllantirish, rivojlantirishiga alohida e'tibor beradi. Parlament tashkil qilinishida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi” qoidasiga to‘la amal qilishga va Oliy Majlisning faoliyatini Konstitutsiyaviy asosda tartibga solishda alohida e'tibor berildi. Oliy Majlis – O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti bo‘lib, qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga u oliy davlat vakillik organidir. Oliy Majlisning palatalarini tashkil bo‘lishi, ularning a'zolarini tarkibini ko‘radigan bo‘lsak ular aholining keng qatlamlarini vakili ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Oliy Majlis palatalarining deputat va senatorlari orasida erkaklar va ayollar, turli yoshdagi kishilar, turli kasb egalari, olimlar, turli partiya vakillari borligini ko‘ramiz. Ular halqning ishonch bildirgan va halqdan vakolat olgan kishilardir. Ular Oliy Majlis palatalarida halq nomidan ish ko‘radi. Shuning uchun Oliy Majlisni davlatning vakillik organi deb qonunda belgilab qo‘yilgan. Oliy Majlisning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini, vakolatlarini belgilash. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, a'zolarini tayinlash, saylashda ishtirok etish. Mamlakat tarkibiga yangi tuzilmalarni qabul qilish, ularni respublika tarkibidan chiqarish haqidagi masalalar, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilish. Qabul qilingan qonunlar ijrosini nazorat qilish, ijro hokimiyatini (hukumat) faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarni rivojlanib borishi ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati, ya'ni parlament nazoratini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Konstitutsiyamizning XXII bobi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi”- deb nomlanadi va unda Oliy Majlisning maqomi, tuzilish tarkibi, tashkil etish tartibi, vakolatlari, palatalarning bir-biri bilan munosabati, rahbar va yordamchi organlari, qonunchilik jarayoni konstitutsiyaviy normalar asosida tartibga solingan. Konstitutsiyaning 76-moddasiga asosan: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston .respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil” Oliy majlis yuqori va quyi – ikki palatadan tarkib topgan. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasining ham, Senatnig ham vakolat muddati besh yil – bu esa Oliy Majlisning vakolati ham besh yil ekanligini bildiradi. Konstitutsiyaning 77-moddasi Oliy Majlis palatalarining tashkil etish tartibini belgilagan. Unga asosan Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yuli bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylandi. Shunda Qonunchilik palatasi deputatlarining umumiy oni 150 kishidan iborat bo‘ladi. Konstitutsiyaning bu normasi Qonunchilik palatasini faqat saylov yuli bilan tashkil qilish tartibini o‘rnatadi, shu bilan birga saylovni ham ikki usulini umuhalq saylovi va alohida harakat tomonidan saylov o‘tkazilishini belgiladi. Qonunchilik palatasiga saylovlar haqida darslikning yuqoridagi boblarida batafsil to’xtalib o’tildi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunining II bo‘limi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi” deb nomlangan va unda Senatni shakllantirish keng tartibga solingan. Oliy Majlisning yuqori palatasi Senat ham saylov ham tayinlash yuli bilan shakllantiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organing saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a'zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisi, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, Senat a'zoligiga nomzod ko‘rsatish, shuningdek ovoz berishni o‘tkazish qonun hujjutlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida Senat a'zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizom Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat a'zoligiga nomzodlar, nomzodlar, basharti davlat hokimiyati vakillik organlarining majlisda hozir bo‘lgan deputatlarning ellik foizidan ortig‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi. Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a'zolari saylanmagan bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha davlat hokimiyati vakillik organinlarining ana shu qo‘shma majlisining o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqishda, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlashda ushbu Qonun talablari saylov natijalariga ta'sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a'zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining Senat a'zolarining saylovi to‘g‘risidagi qarorlari ustidan qaror qabul qilingan kundan e'tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin. Download 51.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling