Mavzu: O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi tahlili. Mundarija
Paxtani rivojlantirish va undan foydalanishning sanoat zanjiri
Download 253.66 Kb.
|
O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi tahlili
4.2.2 Paxtani rivojlantirish va undan foydalanishning sanoat zanjiri
Paxtaning navi, sinfi uning narxiga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qilsa, iflosligi va namligining meʼyordan yuqori boʻlishi uning vaznining chegirmalar hisobidan kamayishiga sabab boʻladi. OʼzDst 615 davlat standartiga muvofiq ushbu chegirmalar paxtaning iflosligi 2 foizdan, namligi 9 foiz meʼyorlardan oshganda hisoblanadi. Paxtani qabul qilish-topshirish jarayonida paxtaning sifati boʻyicha vujudga kelgan nizoli holatlarni xolis koʻrib chiqish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “2020-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-sentyabrdagi 545-sonli qaroriga asosan, «Oʻzagroinspeksiya» Qishloq xoʻjalik vazirligi, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi, «Oʻzstandart» agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer kengashi bilan birgalikda Respublikaning har bir hududida, shuningdek har bir paxta yetishtiruvchi tumanda arbitraj guruhlari tashkil etildi. Paxtadan namunalar olish, uning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash tartibi bir nechta davlat standartlarida belgilangani sababli, mutaxassis boʻlmagan shaxslarga bu standartlardan kerakli maʼlumotlarni olish qiyinchiliklar tugʻdirishi tabiiy hol. Paxtani qabul qilishda laboratoriya sinovlarini oʻtkazishni shaffofligini taʼminlash maqsadida, «Oʻzagroinspeksiya» tomonidan ushbu standartlarning eng asosiy talab va tartiblari tanlab olinib, tizimli holatga keltirildi va “2020-yil paxta hosilini qabul qilish mavsumida paxta xom-ashyosining sifat koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha metodik qoʻllanma” ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu nazorat tadbirini sifatli oʻtkazish maqsadida «Oʻzagroinspeksiya» xodimlari uchun onlayn koʻrinishda oʻquv seminari tashkil etilib, tegishli koʻrsatmalar berildi, shu bilan birga «Oʻzagroinspeksiya»ning hududiy boshqarmalari tomonidan arbitraj guruhlari va manfaatdor tomonlar ishtirokida paxtani qabul qilishda laboratoriya sinovlarini oʻtkazish va nizoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda. Paxta xom ashyosini qabul qilishda sof va konditsion vaznlardagi farqi notoʻgʻri belgilanganda yoki asossiz chegirmalar qoʻllanilganda «Oʻzagroinspeksiya»ning (71) 202-12-11-raqamli Respublikadagi ishonch telefoniga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat hududiy boshqarmalari tomonidan bir viloyat hamda tumanlarda tashkil etilgan ishonch telefonlariga murojaat etishingiz mumkin. Har bir murojaat arbitraj guruhi tomonidan xolis va tezkor koʻrib chiqilishi taʼminlanadi.. Download 253.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling